Havo muhitining gigiyenik
Download 41.03 Kb.
|
havo gigienasi maruza (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- METEOROLOGIK SHAROITLARNING ORGANIZMGKOMPLEKS TA’SIRI. QUYOSH RADIATSIYASI VA UNING GIGIYENIK AHAMIYATI
Havo ionizatsiyasi. Atmosferada radioaktiv elementlar, elektr zaryadlari, ultrabinafsha va kosmik nurlar ta’siri ostida hosil bo‘ladigan ionlarning doimiy almashinuvi bo‘lib turadi.
Toza havoda yengil manfiy ionlar, ifloslangan havoda esa musbat yengil va og‘ir ionlar soni ko‘p bo‘ladi. Shaharning iflos¬langan havosi qishloq joylar va kurort zonalari havosiga qaraganda kamroq ionlashgan. Turarjoylar havosining ioni¬zatsiyasi uning fizik xossalariga bog‘liq bo‘ladi. Havoda chang va karbonat angidrid gazi nechog‘li ko‘p bo‘lsa, uning tem- peraturasi va namligi qancha yuqori bo‘lsa, unda og‘ir ionlar shuncha ko‘p bo‘ladi. Shu sababdan turarjoy va jamoat bino- laridagi havoning ionizatsiya darajasi havo tozaligining ko‘rsat- kichi hisoblanadi. Hozirgi paytda yengil ionlar ustunlik qiladigan manfiy io- nizatsiyali havoning organizmga shifobaxsh ta’sir ko‘rsatishi,jis- moniy va aqliy ish qobiliyatini oshirishi aniqlangan. Yuqori da- rajada ionizatsiyalashgan havodan ayrim kasalliklarni (giper- toniya kasalligi, bronxial astma va b. lar) davolashda foydalaniladi. Ba’zi bir tadqiqotchilarning fikricha, musbat yengil ionlar orga- nizm funksional holatini yomonlashtirishi, ish qobiliyatini pa- saytirishi va arterial bosimni ko'tarilishiga sabab bo‘ladi. METEOROLOGIK SHAROITLARNING ORGANIZMGKOMPLEKS TA’SIRI. QUYOSH RADIATSIYASI VA UNING GIGIYENIK AHAMIYATI Quyosh yorug‘lik va issiqlik manbayi bo‘lib, butun Yer yuza- sidagi organik hayot quyosh tufayli mavjuddir. Fizik jihatdan olib qaraganda quyosh radiatsiyasi turli uzunlikdagi to'lqinlardan iborat bo‘lgan elektromagnit tebranishlar oqimidir. Atmosferadan o‘tish mobaynida quyosh radiatsiyasi qisman yutiladi, tarqaladi, bu esa uning sifat va miqdoriy xarakteristikasida aks etadi. Chunonchi nur energiyasining birlamchi quvvatining faqat 43 foizigina Yer yuzasiga yetib keladi. Quyosh nuri organizmga o‘z spektrining barcha qismlari bilan ta’sir ko'rsatadi. Quyosh spektrining ko'rinadigan qismi (to'lqin uzunligi 390— 760 nm) ko'rish funksiyasiga, MNS holatiga va u orqali organizmning barcha a’zo hamda sistemalariga o'ziga xos bo'lgan umumbiologik ta’sir ko'rsatadi. Spektrning ko'rinadigan qismi- dagi turli uchastkalar ta’sir etish xarakteriga ko'ra farq qiladi. Qizil nurlar qo'zg'atuvchi, sariq va yashil nurlar tinchlantiruvchi, binafsha nurlar ma’yuslik ta’sirini ko'rsatadi. Yoritilganlikning yetishmasligi ko'ruv a’zosining asosiy funksiyalariga (ko'z o'tkirligi, farqlash tezligi va boshqalar) zararli ta’sir etadi. O'tkir yorug'lik ko'zni qamashtiradi, uzoq ta’sir qilganda esa to'r pardaning yallig'lanishi (retinit)ni keltirib chiqarishi mumkin. Infraqizil radiatsiya biologik ta’siriga ko'ra uzun to'lqinli (to'lqin uzunligi 1500—25000 nm) va qisqa to'lqinli (to'lqin uzunligi 760—1400 nm) bo'ladi. Uzun to'lqinli nurlar terming yuza qavati tomonidan yutiladi va bu to'qimalarning qizishiga, terida achishish holatlari bo'lishiga olib keladi. Qisqa to'lqinli infraqizil nurlar terming chuqur qavatlariga singib, subyektiv sezgilar kamroq ifodalangan to'qimalarning bir tekisda qizishini yuzaga keltiradi. Ko'rin- maydigan infraqizil nurlar uzoq vaqt mobaynida ta’sir qilganda badanning kuyishi va umumiy qizib ketishiga sabab bo'lishi mumkin. Qisqa to'lqinli infraqizil radiatsiya ishlab chiqarish sharoitlarida ko'z shox pardasining kataraktalar ko'rinishidagi o'zgarishlarini keltirib chiqarishi mumkin. Infraqizil radiatsiya- ning issiqlik va og'riqni qoldiruvchi ta’siridan tibbiyot amaliyotida yallig'lanish jarayonlarida keng foydalaniladi. Ultrabinafsha radiatsiya ta’siri ostida kalsiferol (D vitaminni) sintez qilinadi. Bu spektr ultrabinafsha nurlarining ta’siri yetarli bo'lmasa, fosfor, kalsiy almashinuvi, qon yaratilishi, kapillar mustahkamligi buziladi. Bolalarda raxit kasalligi rivojlanadi. Katta yoshli odamlarda suyaklarning mo'rtligi kuzatiladi, singan suyaklar yomon va sekin bitadi, tishlar oson yemiriladi. Bunday holat «Yorug'lik yetishmasligi» deb ataladi. Bu hodisalar konchilarda, shamolda yashovchi odamlarda kuzatiladi. Bunday holatlarni profilaktika maqsadida aytib o'tilgan shaxslarni muntazam ravishda maxsus fotariylarda ultrabinafsha radiatsiyasining sun’iy manbalari bilan nurlantirish va ularga kalsiferol ichirish tavsiya etiladi. Ultrabinafsha radiatsiya mikroorganizmlarga halokatli ta’sir ko‘rsatadi, mikroblar bir necha minutdan bir necha soatgacha bo‘lgan vaqt mobaynida nobud bo‘ladi. Sun’iy ultrabinafsha nurlarning bakteritsid (bakteriyalar oddiruvchi) ta’siridan havo, suv, sut va boshqalarni zararsizlantirishda foydalaniladi. Deraza oynalari va ularda yig‘iladigan chang xonalarda ultrabinafsha radiatsiyasining susayishiga olib keladi, shuning uchun ham ularni yuvib turish kerak. Hozir ultrabinafsha nurlarni o‘tka- zadigan uviol oynalar ishlab chiqarilmoqda. Aytib o‘tish kerakki, intensiv ultrabinafsha radiatsiyasi ruhiy holatning yomonlashuvi, gavda temperaturasining ko‘tarilishi, shish va ekssudatsiya bilan o‘tadigan dermatitlarni keltirib chiqarishi mumkin. Ko‘zga ultrabinafsha nurlar ta’sir qilganda fotooftalmiya (konyunktiva giperemiyasi va shishishi, blefarospazm, ko‘zdan yosh oqishi, yorug'likka qaray olmaslik) rivojlanadi. Bunday zararlanishlar arktik va baland tog‘li tumanlarda va elektr payvandlash paytida kuzatiladi. Download 41.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling