Havo muhitining gigiyenik


ATMOSFERA HAVOSINING IFLOSLANISHIGA


Download 41.03 Kb.
bet4/6
Sana10.11.2023
Hajmi41.03 Kb.
#1765055
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
havo gigienasi maruza (2)

ATMOSFERA HAVOSINING IFLOSLANISHIGA
QARSHI KURASHDA YASHIL
O‘SIMLIKLARNING ROLI
Yashil daraxtlar chang va gazlarni sorbsiya qilish qobiliyatiga ega bo‘lib, atmosfera havosining ifloslanishiga qarshi kurashda katta rol o‘ynaydi. Havodagi chang yashil massiv orqali o‘t- gandan so‘ng, havo harakatining tezligi kamayishi sababli, birmuncha o‘tirib qoladi. Bundan tashqari, uning bir qismi daraxt barglari, tanasi va shoxlariga yopishadi.
O‘simliklar ayrim gazlar uchun faqat mexanik to‘siq emas, balki kimyoviy filtr rolini ham o‘taydi. Masalan, yashil da- raxtlarning atmosfera havosidan sulfid angidridni tutib qolishi va uni o‘z to‘qimalarida sulfatlar holida to‘plashi ma’lum.
Sanoat chiqindilarining changi va gazlar ko‘kalamzor qilingan zona orqali o‘tganida konsentratsiyasining ko‘kalamzor qilin- magan shunday kenglikdagi zonadan o‘tayotgan chang va gaz konsentratsiyasiga nisbatan ikki baravar kamayishini olimlar isbotlab bergan.
Demak, daraxtlarning chang va gazlarni tutib qolishi aniq. Sanoat korxonalari atrofidagi sanitariya-himoya zonalarinigina emas, balki korxonalar territoriyasini ham ko‘kalamzor qilishga erishish zarur, bu, havo basseynini sog'loinlashtirishga va qulay sanitariya-gigiyena sharoitlarini barpo etishga imkon beradi.
Hozirgi vaqtda yangi xatar — oziq-ovqat mahsulotlarining kimyoviy zararlanishi xavfi paydo bo‘ldi. O‘simliklar o‘zida deyarli barcha zararli moddalarni to‘plashga qodir. Shuning uchun yirik sanoat korxonalari va serqatnov yo‘l yoqalarida yetishtiriladigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini iste’mol qilish xavfli sanaladi.
Odamzod hamisha keng dala, o‘tloq-chamanzor, tog‘lar, daryo qirg‘oqlari yoki ko‘l bo‘ylariga intiladi. Bunday orombaxsh joylarda inson o‘zini ruhan tetik his qiladi, kuch-quvvat oladi. Umuman, tabiat manzarasi, atrof-muhit holati kishining ruhiy- hissiy holatiga ta’sir ko'rsatadi
ATMOSFERA HAVOSINING SANITARIYA
MUHOFAZASI BO‘YICHA TADBIRLAR
Respublikamizda aholi yashash joylarining sanitariya muho- fazasiga davlat miqyosida ahamiyat beriladi. 1995-yil 14-dekabr kuni «O‘zbekiston Respublikasi hududidagi aholi yashash joylarida atmosfera havosini ifloslantiruvchi moddalarning ruxsat etilgan miqdori (konsentratsiyasi)ni qo‘shimcha gigiyenik normativlari» O‘zbekiston Respublikasi hududida aholijoylari atmosfera havo¬sini ifloslantiruvchi moddalardan muhofaza qilishga qaratilgan. «Sanoat korxonalarini loyihalashning sanitariya normalari»da ko‘zda tutilgan obyektlarni loyihalash,joylashtirish va qurishdagi ehtiyot sanitariya nazorati atrof-muhitni sog‘lomlashtirishning asosi hisoblanadi. Shaharlarda atmosfera havosining ifloslanishiga qarshi kurash bo‘yicha qator hukumat qarorlari qabul qilingan. «Atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risida»gi qonun muhim ijtimoiy va xalq xo‘jalik ahamiyatiga ega.
Atmosfera havosi ifloslanishiga qarshi kurash chora-tadbirlari shartli ravishda texnologik, rejalashtiruvchi va sanitariya-texnik guruhlarga bo'linishi mumkin.
Texnologik chora-tadbirlar texnologik jarayonni almashtirish yo‘li bilan zararli moddalarni atmosferaga chiqarib tashlashni kamaytirish yoki yo‘q qilishni nazarda tutadi. Bu chora- tadbirlarga zararli moddalarni kamroq zararlilariga almashtirish, xomashyoni zararli aralashmalardan tozalash, quruq qayta ishlashni ho‘l qayta ishlash bilan almashtirish, ishlab chiqarish jarayonlarini germetizatsiyalash va avtomatlashtirish, chiqindisiz ishlab chiqarishnijoriy qilish va boshqalar ham kiradi. Yuqorida ko‘rsatilgan chora-tadbirlar majmuyidan foydalanish ko‘proq samaralidir.
Rejalashtiruvchi chora-tadbirlar, asosan, shahar hududini shamollar yo‘nalishini hisobga olgan holda (odatda, sanoat zonalari yashash massivlariga nisbatan shamol yo‘nalishida joylashtiriladi), ishlab chiqarish va yashash zonalariga to‘g‘ri taqsimlashni, ishlab chiqarish korxonalarini yashash binolaridan ajratib turadigan sanitariya-himoya zonalarini yaratishni o‘z ichiga oladi. Sanitariya-himoya zonalari uchun quyidagi o‘lchamlar belgilangan:
I klass sanitariya-himoya zonasining kengligi 1000 m.
II klass sanitariya-himoya zonasining kengligi 500 m.
III klass sanitariya-himoya zonasining kengligi 300 m.
IV klass sanitariya-himoya zonasining kengligi 100 m.
V klass sanitariya-himoya zonasining kengligi 50 m.
Sanitariya-himoya zonalari gazlar ta’siriga chidamli o‘simliklar bilan ko‘kalamzorlashtirilishi lozim.
Sanitariya-texnik chora-tadbirlar sanoat chiqindilarini ishlash prinsipi hamda chang va gazlarni ushlab qolish xususiyatlari bilan farq qiluvchi tozalash inshootlari yordamida tozalashni ko‘zda tutadi.
Ularga quruq mexanik chang ushlagichlar, filtrlar, elektrostatik filtrlar va ho‘l usulda tozalash apparatlari kiradi. Oddiy chang ushlovchi qurilma siklon bo‘lib, unda havo aylanma harakat qiladi va markazdan qochma kuch ta’siri tufayli chang zarrachalari kamera devorlariga uriladi va cho‘kadi. Havoni tozalash uchun turli filtrlardan foydalaniladi. Ulardagi filtrlovchi yuza esa turli gazlamalar va gaz bilan ho‘l tozalash hisoblanadi.
Bu turdagi juda oddiy qurilmalarda havo kameraga beriladi va u ho‘l shag‘alli to‘rdan ohayotganda tozalanadi. Sanoat chiqindilarini gazsimon moddalardan tozalashning maxsus usullari bor.
Atmosfera havosining transport vositalaridan ifloslanishiga qarshi kurash chora-tadbirlari shaharlarni to‘g‘ri rejalashtirishni va obodonlashtirishni, temiryo‘llarni elektrlashtirishni va shu kabilarni ko‘zda tutadi.

HAVONING FIZIK XOSSALARI VA


ULARNING GIGIYENIK XARAKTERISTIKASI
Tashqi muhitning odamga doimiy ta’sir ko‘rsatadigan omillariga havoning temperaturasi, namligi, harakati, atmosfera bosimi va havo ionizatsiyasi kiradi. Shuni ta’kidlash kerakki, bu omillar atmosfera havosi kimyoviy tarkibining barqarorligidan farqli ravishda dinamik (o‘zgaruvchan) bo‘ladi va ularning ko‘pchiligi organizmga kompleks holda ta’sir ko‘rsatadi.
Temperatura. Quyosh nuri atmosferadan o‘tayotganda uni amalda qizdirmaydi. Havoning isishi quyosh radiatsiyasini yutuvchi va bir shakldan ikkinchisiga aylantiruvchi (transfor- matsiya qiluvchi) tuproqning issiqlikni qaytarishi hisobiga yuz beradi. Iligan havo sovuqroq havo qatlamlariga o‘rnini bo‘shatib, yuqoriga ko‘tariladi. Bu havo massalarining aralashishi (konvek- siyasi)ni keltirib chiqaradi va yer yuzasidagi atmosfera qatla- mining bir tekis qizishiga imkon yaratadi. Atmosfera sharoitida havoning temperaturasi iqlim zonasi, mavsum, kun vaqti, quyosh radiatsiyasining intensivligi va boshqalarga bog‘liq holda o‘zga- radi. Havo temperaturasining gigiyenik ahamiyati uning orga- nizmdagi issiqlik almashinuviga ta’siri bilan belgilanadi. Tashqi muhitga issiqlik berilishining uch asosiy yo‘li bor: teri yuzasidan ter bug‘lanishi (l g ter bug‘langanda organizm 2,5 kJ atrofida yo‘qotadi); issiqlikning nurlanish yo‘li bilan sovuqroq pred- metlar tomoniga uzatilishi; teriga yondashib turadigan havo qatlamlarining bevosita qizishi hisobiga bo‘ladigan konveksiya. Oz miqdordagi issiqlik nafas olishda (nafas chiqarilganda havo deyarli gavda temperaturasiga qadar qizigan bo‘ladi) va ajratuv a’zolari orqali beriladi.
Uy temperaturasida organizm tinch holatdagi sharoitda nurlanish hisobiga 45%, konveksiya hisobiga 30% va ter bugdanishi hisobiga 25% issiqlik yo‘qotadi.
Havo, devorlar va tevarak-atrofdagi predmetlar temperaturasi oshganda konveksiya va nurlanish yo‘li bilan issiqlik berish kamayib, bug‘lanish yo‘li bilan issiqlik berish ortadi. Yuqori temperaturada og‘ir jismoniy ish qilinganda ajratiladigan ter miqdori kuniga 6—10 1 ga yetishi mumkin. Havoning juda past temperaturasi ta’sir qilganda nurlanish va konveksiya yo‘li bilan issiqlik berish ancha ortib, bug‘lanish yo‘li bilan issiqlik yo‘qotish kamayadi.
Temperatura keskin va uzoq vaqt o‘zgaraveradigan bo‘lsa, qizib ketish (havo temperaturasi yuqori bo‘lganda) yoki sovib ketish (havo temperaturasi past bo‘lganda) hollarini keltirib chiqaradi.
Namlik. Suv bug‘lari atmosferaga dengiz, okean, ko‘l va daryolardan suvning bug‘lanishi natijasida tushadi. Yashash joylarida namlikning o‘pka va teri yuzasidan ovqat tayyor- langanda, kir yuvganda, quritganda va boshqalarda bug‘lanishi qo‘shimcha namlik manbayi bo‘lib xizmat qiladi. Namlik deganda havoda mavjud suv bug‘lari miqdori tushuniladi. Havo temperaturasiga o‘xshab namlik ham iqlim zonasi va mavsumga qarab o‘zgaradi.
Havoda suv bug‘larining miqdori ularning elastikligi bilan o‘lchanadi (simob ustuni hisobidagi millimetrlarda) yoki l m3 havodagi suv bug‘larining gramm miqdorida ifodalanadi. Havoning namlik darajasi absolut, maksimal va nisbiy namlik tushun- chalari bilan belgilanadi.
Absolut namlik — havodagi suv bug‘larini tekshirish paytida simob ustuni hisobidagi millimetrlarda o‘lchangan elastikligi yoki 1 1 havodagi suv bug‘larining grammlardagi miqdori.
Maksimal namlik — suv bug‘larining muayyan temperaturada havo to‘liq to‘yinganda simob ustuni hisobidagi millimetrlarda o‘lchangan elastikligi yoki muayyan temperaturada 1 1 havoning suv bug‘lari bilan to‘liq to‘yinishi uchun zarur bo‘lgan suv bug‘ining grammlardagi miqdori.
Nisbiy namlik — absolut namlikning foizlarda ifodalangan maksimal namlikka nisbati, ya’ni havoning suv bug‘lari bilan to‘yinishining foiz miqdori.
Havoning namligi uning temperaturasi kabi organizm bilan tashqi muhit o‘rtasidagi issiqlik almashinuvi jarayonlariga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Havoning katta namligi uning temperaturasi yuqori bo‘lganda odamning terisi yuzasidan ter bug‘lanishining kamayishi tufayli issiqlik ajratib chiqarishini susaytiradi va gavdaning qizib ketishiga olib keladi. Past temperaturalarda yuqori namlik issiqlik chiqarishni oshiradi (kiyimlar va tashqi muhit havosining issiqlik o‘tkazuvchanligi hamda issiqlikning tashqi muhit predmetlari tomonidan yutilishi oshadi) va organizmning sovib ketishini tezlashtiradi. Odatdagi meteorologik sharoitlarda 40—60 % orasidagi nisbiy namlik eng qulay hisoblanadi.

Havoning harakati. Sanitariya amaliyotida havo harakatining tezligi va shamolning yo‘nalishi aniqlanadi. Havo harakatining tezligi sekundiga metrlarda (m/s) ifodalanadi. Havoning harakati konveksiya hisobiga issiqlik chiqarilishini oshiradi, chunki kiyim ostidagi qizigan havo qatlami harakatlanayotgan havo tomonidan olib ketiladi, uning o‘rniga esa sovuqroq qatlamlar keladi. Havo temperaturasi yuqori bo‘lganda shamol ortiqcha issiqlikning chiqarilishiga olib kelib, foydali ta’sir ko‘rsatadi. Past temperatura sharoitlarida shamol organizmga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, chunki issiqlikning ko‘p miqdorda chiqarilishiga olib kelib, sovib ketish xavfini oshiradi. Kuchli shamol odamning kayfiyatini yomon- lashtirishi va qator xronik kasalliklarning qo‘zishini, nafas olishning qiyinlashuvini keltirib chiqarishi mumkin.


Havo harakati tezligining normalari havoning tipiga qarab belgilanadi. Turarjoy xonalarida tezlik 0,l—0,3 m/s, sport zallarida 0,5 m/s gacha, ishlab chiqarishda va issiq sexlarda esa l — l,5 m/s gacha normal hisoblanadi. Havo harakatining gigiyenik ahamiyati shundaki, u turarjoy mavzelari va binolar ventilatsiyasini atmosferaning ifloslanishlardan o‘z-o‘zidan tozalanishini yaxshilaydi.
Shamolning yo‘nalishi u harakatlanayotgan dunyo tomoni bilan aniqlanadi va rumbalar bilan belgilanadi. Mazkur joyda shamol takrorlanishining grafik tasviri shamollar guli deyiladi (l-rasm).
Berilgan rasmda shimoli-g‘arbiy shamollar ustunlik qiladi. Shamollar gulini shaharlarni rejalashtirishda hisobga olish lozim, chunki turarjoy rayonlari va sanoat korxonalari shamollar hukmron yo‘nalishiga nisbatan noto‘g‘ri joylashtirilsa, yashash3 - M.A. Azizov mavzelaridagi atmosfera havosi ifloslanishi mumkin. Turarjoy mavzelarini sanoat korxonalariga nisbatan shamol esadigan tarafda joylashtirish kerak.

Download 41.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling