Javobgarlik turlari - Javobgarlik turlari
- Aerodrom hududida aerodromlarni tanib olish uchun qabul qilingan markirovka belgilariga va qurilmalarga o‘xshash biror-bir belgi va qurilma o‘rnatilsa yoki aerodrom hududida parvozlar xavfsizligiga tahdid solishi mumkin bo‘lgan faoliyatni belgilangan tartibda kelishilmagan holda amalga oshirilsa:
- fuqarolarga – 810 000,00 so‘mdan 1 350 000,00 so‘mgacha;
- mansabdor shaxslarga – 1 350 000,00 so‘mdan 2 700 000,00 so‘mgacha jarima solinadi.
- Aerodrom uskunalari, aerodrom belgilari, havo kemalari va ularning uskunalari shikastlantirilsa 810 000,00 so‘mdan 1 350 000,00 so‘mgacha jarima solinadi.
- Tegishli ruxsati bo‘lmay turib aeroportlar (aerovokzallardan tashqari), aerodromlar, uchishni radio va yorug‘lik bilan ta’minlab turuvchi ob’ektlar hududida piyoda yoki transportda yurilsa 270 000,00 so‘mdan 810 000,00 so‘mgacha jarima solinadi.
Havo kemalarining oynalari va ichki jihozlariga shikast etkazilsa 2 700 000,00 so‘mdan 4 050 000,00 so‘mgacha jarima solinadi. - Havo kemalarining oynalari va ichki jihozlariga shikast etkazilsa 2 700 000,00 so‘mdan 4 050 000,00 so‘mgacha jarima solinadi.
- Havo kemalarida tamaki mahsuloti iste’mol qilinsa 540 000,00 so‘m jarima solinadi.
Baxtsiz aviatsiya hodisa, u haqidagi ma’lumotlar qasddan yashirilsa, ular to‘g‘risidagi axborot qasddan buzib ko‘rsatilsa, bortdagi va erdagi ob’ektiv nazorat vositalarining ma’lumotlariga hamda baxtsiz aviatsiya hodisasi bilan bog‘liq boshqa daliliy materiallarga qasddan shikast etkazilsa yoki ular qasddan yo‘q qilinsa 13 500 000,00 so‘mdan 2 700 000,00 so‘mgacha jarima solinadi. - Baxtsiz aviatsiya hodisa, u haqidagi ma’lumotlar qasddan yashirilsa, ular to‘g‘risidagi axborot qasddan buzib ko‘rsatilsa, bortdagi va erdagi ob’ektiv nazorat vositalarining ma’lumotlariga hamda baxtsiz aviatsiya hodisasi bilan bog‘liq boshqa daliliy materiallarga qasddan shikast etkazilsa yoki ular qasddan yo‘q qilinsa 13 500 000,00 so‘mdan 2 700 000,00 so‘mgacha jarima solinadi.
- Havo kemasidan foydalanish vaqtida unga lazer nurini yo‘naltirilsa (lazer tushirilsa) ashyolar musodara qilinib, 27 000 000,00 so‘mdan 54 000 000,00 so‘mgacha jarima solinadi yoki 15 sutkagacha ma’muriy qamoqqa olinadi.
- Aviatsiya xavfsizligi bo‘yicha tekshiruvdan o‘tmagan shaxslarni, qo‘l yukini yoki bagajni, yukni, pochtani, bort zaxiralarini yoxud havo kemalarida tashish taqiqlangan moddalarni yoki predmetlarni havo kemasi bortiga etkazib berilsa yoki etkazib berishga ko‘maklashilsa:
- fuqarolarga – 1 350 000,00 so‘mdan 2 700 000,00 so‘mgacha;
- mansabdor shaxslarga – 2 700 000,00 so‘mdan 5 400 000,00 so‘mgacha jarima solinadi.
- Havo kemasida bo‘lgan shaxslarning havo kemasi komandirining yoki havo kemasi komandiri nomidan ekipaj a’zosining farmoyishlarini bajarmasa 1 350 000,00 so‘mdan 2 700 000,00 so‘mgacha jarima solinadi.
- Havo kemasi bortida turib fotosuratga, kinoga, videoga olish, shuningdek radioaloqa vositalaridan foydalanish qoidalari buzilsa foto-kinoplyonka yoki videokassetalar musodara qilinadi, 810 000,00 so‘mdan 1 350 000,00 so‘mgacha jarima solinadi
Do'stlaringiz bilan baham: |