4
- havola bo‘lakli ergash gapli qo‘shma gaplarning
shakliy xususiyatlarini
ochib berish;
- havola bo‘lakli ergash gapli qo‘shma gap tarkibidagi sodda gaplarning
soniga ko‘ra ularni guruhlash;
- havola bo‘lakli ergash gapli qo‘shma
gap tarkibidagi gaplarning
bog‘lanishini tadqiq etish;
- havola bo‘lakli ergash gapli havola bo‘lakli ergash gapli qo‘shma
gaplarning boshqa sintaktik birliklar bilan munosabatni aniqlash.
Tadqiqot obyekti. O‘zida o‘zbek tili materiallarini aks ettirgan yozma
manbalar, matni, gap qurilishlari.
Tadqiqotning metodologik asosi. Ishda O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning ma’naviyat, ma’rifat, milliy va umumbashariy
qadriyatlar to‘g‘risidagi
fikr-mulohazalari, milliy til va madaniyatning rivojlanish
tarixi, taraqqiy etish yo‘llari haqidagi qarashlari, o‘zbek
tilshunos olimlari
G‘.Abdurahmonov, M. Asqarova va A. G‘ulomovlar, shuningdek, N.Mahmudov,
A.Nurmonovlarning gap sintaksisi haqida olib borgan ishlari,
dialektikaning
mazmun va shakl, butun va qism,
analiz va sintez, mantiqiylik kabi kategoriyalari
metodologik asos bo‘ldi. Tadqiqotda tavsifiy, qiyosiy, uzviy
va diaxron tahlil kabi
metodlardan foydalanildi.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi: Qo‘shma gaplar o‘zbek tili sintaktik
sathining oliy birligi hisoblanadi. Shu sababli havola bo‘lakli ergash gapli qo‘shma
gaplar yillar davomida o‘rganilyapti. Bizning BMIda havola bo‘lakli ergash gapli
qo‘shma gaplarning sintaktik va semantik munosabatlari tadqiq qilindi.
Do'stlaringiz bilan baham: