Havoni konditsiyalash. Havoni konditsiyalash tizimlarining prinsipial chizmalari
Download 0.53 Mb.
|
Havoni konditsiyalash (2)
Mahalliy-markaziy HKTda yuqorida keltirilgan tizimlarga nisbatan enyergiya yo'qolishini prinsipial kamaytirish imkoniyati bor, chunki xonalarga tashqaridan faqat sanitariya-gigiyenik talablarga ko'ra aniqlangan minimal havo miqdori uzatiladi (3-rasm). Xonaga uzatiladigan havoning parametrlarini unda oqib o'tayotgan issiqlik namlik jarayoniga muvofiqlashtirish uchun har bir zonada yetkazgich agregatlari o’rnatilgan. Ular orqali ichki havo resyerkulatsiyalanib (qayta aylanib) talab etilgan parametrlarga ega bo'ladi.
3-rasm. Mahalliy-markaziy HKT: 1+9 belgilar - 1-rasm bo'yicha; 10-ichki resirkulatsiyali havoga issiqlik ishlov berish uchun mahalliy yetkazgich agregati. Mahalliy HKT.odatda, alohida olingan xonalarga xizmat ko'rsatish uchun ishlatiladi. Bunday tizimlar, asosan, turar-joy va jamoat (ofislar) binolarida qo'llaniladi. Mahalliy HKTlarga hozirgi vaqtda keng tarqalgan split-tizim konditsionyerlari tizimlarini misol qilib keltirish mumkin. Split-tizim konditsionerlari tashqi va ichki bo'limlaridan iborat. Tashqj bo'limda kompressor, kondensator va ventilyator joylashgan bo’lib u binoning devorida, tomida yoki chordog'ida o'rnatilishi mumkin. Ichki bo'limi havo konditsiyalanayotgan xonaga bevosita o'rnatiladi va xona ichidagi havoni isitish yoki sovutish, tozalash va havo harakatini ta'minlash uchun xizmat qiladi. Split-tizim konditsionyerlari xonaning devoriga, ship yoki poliga, ustuniga o'rnatilishi mumkin.
Download 0.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling