Havoning inson organizmiga ta`siri Havo namligini aniqlash
Download 56.18 Kb.
|
havo namligi
4. Havoning namligini aniqlash uchun eng ko’p tarqalgan asbob Avgust psixrometridir. Bu asbob bir xil ikkita A va B termometrdan iborat; bu termometrlardan birining rezervuari gigroskopik to’qima bilan o’ralgan, to’qimaning bir uchi esa suvli idish R ga tushirilgan. T o’qima kapilliyar bo’lgani uchun suv to’qima bo’ylab ko’tariladi va termometr sharchasining sirtida bug’lanib, uni sovutadi. Nam termometrning ko’rsatishlari quruq termometrnikiga qaraganda pasayadi. Termometrning rezervuarida suvning bug’lanish tezligi qancha katta bo’lsa, bu pasayish ham shuncha kuchli bo’ladi. Bug’lanish tezligi asosan atrofdagi havo namligining to’yinishdan qanchalik uzoq ekanligiga bog’liq, ya’ni atrofdagi havoning nisbiy namligi qanchalik past bo’lsa, bug’lanish tezligi shunchalik yuqori bo’ladi. Bug’lanish tezligi asbob oldida havoning harakatlanish tezligiga, suvning temperaturasiga va barometrik bosimiga ham bog’liq. Bu faktorning hammasi Ren’oning psixrometrik formulasida hisobga olinadi, bu formuladan foydalanib, asbob atrofdagi havoda bo’lgan bug’larning partsial bosimini, ya’ni havoning absolyut namligini aniqlash mumkin: bu yerda Pn – nam termometrning temperaturasi t’ bo’lganda, to’yingan bug’ning elastikligi (ilovadagi 6-jadvaldan olinadi), k (ayrim manbalarda α deb berilgan) – havoning harakat tezligiga bog’liq bo’lgan psixrometrik koeffitsent (havosi nisbatan harakatsiz kichik xonalar uchun k=0,0013, havosi ozroq harakatlanib turadigan katta xonalar uchun k=0,001), t – quruq termometrning temperaturasi, H – barometrik bosim. Psixrometr yordamida, odatda birdaniga nisbiy namlik topiladi, bunday namlik, maxsus hisoblab qo’yilgan psixrometrik jadvaldan foydalanib, quruq va nam termometrlarning ko’rsatishlarini bir-biriga taqqoslash yo’li bilan topiladi. Psixrometrik jadval quyida keltirilgan. Bu amaliy ishda namlik Assman psixrometri bilan topiladi. Assman asbobi 2 ta nikellangan naydan iborat bo‘lib, nayning ichiga joylashtirilgan termometrlarni tashqi nurlanish energiyasi ta’sirida isitishdan saqlaydi. Termometrlardan biri quruq bo‘lib, u atrofdagi havo temperaturasini o‘lchaydi. Ikkinchisining sharchasi namlangan yupqa batist bilan o‘ralgan. Ho‘l batistli termometr joylashgan nayda havo oqimi hosil qilinsa, batistni bug‘lanish tezligi ortadi. Havo qanchalik quruq bo‘lsa, batist shunchalik ko‘p bug‘lanadi. Ma’lum tezlikdagi havoni termometrga yuborilganda, atmosferadagi havo qanchalik quruq bo‘lsa, termometrdagi nam batist shuncha ko‘p bug‘lanadi. Bug‘lanish bilan birga batist soviydi. Bunda ho‘llangan termometrning ko‘rsatishi ham pasayadi. Suvni bug‘latish uchun ketgan energiya atrofdagi havodan termometr sharchasiga keluvchi issiqlik miqdoriga teng bo‘lib qolganda termometrni pasayishi to‘xtaydi. Bug‘lanish rejimi barqaror bo‘lganda ho‘l termometrning ko‘rsatishi qaror topadi, o‘sha vaqtda tashqaridan kelayotgan Q1 issiqlik miqdori termometr sirtidan suvning bug‘lanishiga ketadigan issiqlik miqdori Q2 ga teng bo‘ladi. Q1=Q2 Download 56.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling