Havoning inson organizmiga ta`siri Havo namligini aniqlash
Namlikni aniqlash usullari
Download 56.18 Kb.
|
havo namligi
Namlikni aniqlash usullari.
Namlikni aniqlashning bir necha hil usullari mavjud bo’lib, quyida ular hqida berilgan: 1 . Havoning absolyut namligi shu havodagi bug’ni yuttirish va uning massasini o’lchash yo’li bilan bevosita aniqlanishi mumkin. Buning uchun muayyan hajmi yuqori gigroskopik modda, masalan kalsiy xlorid bilan to’ldirilgan U simon naylar sistemasi N orqali so’riladi. Bu maqsad uchun ma’lum hajmli butyl B dan foydalanish qulay, butyl B oldindan suv bilan to’ldirilib olinadi, so’ngra suv kran K orqali chiqariladi va uning o’rniga havo so’riladi. Naylar tajribadan oldin va tajriba o’tkazilgandan keyin tortib ko’rilib, moddaga shimilgan bug’ massasi va demak, havoning ayni hajmidagi bug’ massasi aniqlanadi. 2. Havoning namligi gigrometr va psixrometr degan asboblar yordami bilan ham aniqlanishi mumkin. Eng oddiy tuzilgani qilli (soch) gigrometridir (111-rasm). Bu asbob yog’sizlantirilgan qillar tutami S dan iborat. Qillar gigroskopik bo’ladi: qilning qobig’ida mikroskopik bo’shliqlar bo’lib, bu bo’shliqlarga namlik adsobsiyalanadi. Bunda qil ma’lum kattalikka uzayadi, qilning uzayish kattaligi esa atrofdagi havoning nisbiy namligiga bog’liq bo’ladi. Qilar tutami uzunligining o’zgarishi blok orqali asbobning C strelkasiga beriladi. Asbob tajriba asosida darajalarga bo’linadi. Gigrograf ham ana shu prinspda tuzilgan. Gigrograf xonadagi havo nisbiy namligining o’zgarishi egri chizig’ini harakatlantirib turuvchi lentaga uzluksiz ravishda yozib boruvchi asbobdir (112-rasm). 112-rasmdagi belgilar quyidagilarni ko’rsatadi: S-qillar tutami, R-richag, S-strelka, M-soat mexanizmli baraban. 3 . Havoning absolyut namligini kondesatsion gigrometr yordami bilan aniqlash mumkin, bu asbob yordamida havoning ayni namligida shudring nuqtasi topiladi. Kondetsatsion gigrometr (113-rasm) 1. Metal quticha (rezervuar), 2. yaltiratilgan devor, 3. Silliqlangan halqa, 4.issiqlikdan himoyalovchi qatlam, 5. Noksimon rezina va 6.Termometrdan iborat bo’lib, rezervuarga termometr joylashtiriladi va ozroq miqdor efir quyiladi. Noksimon rezina yordamida efir orqali havo oqimi o’tkaziladi. Efir bug’lanadi, natijada rezervuar dvorlarining temperaturasi pasayadi. Shudring nuqtasiga erishilgandan keyin rezervuarning oldingi devorida havodagi bug’ kondensatsiyalanadi (rezurvar devoir terlaydi). Tegishli temperatura termometrga qarab aniqlanadi. Ana shu temperaturaga to’g’ri keladigan maksimal namlik berilgan jadvaldan topiladi, maksimal namlik ayni holda atrofdagi havoning absolyut namligiga son jihatdan teng.
Download 56.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling