Havoning nisbiy namligini assman psixrometri yordamida aniqlash


Download 63.45 Kb.
bet1/3
Sana30.01.2024
Hajmi63.45 Kb.
#1816849
  1   2   3
Bog'liq
7-Laboratoriya


7-Laboratoriya mashg’uloti.
Mavzu: Havoning nisbiylik namligini topish usullari.
HAVONING NISBIY NAMLIGINI ASSMAN PSIXROMETRI YORDAMIDA ANIQLASH
Ishning maqsadi:

Assman psixrometri yordamida havoning absolyut va nisbiy namligini aniqlash.

Kerakli asboblar:

Assman psixrometri, barometr, nam mato.


Asbobning tuzilishi.
Namlikni aniqlash uchun, Assman psixrometridan foydalanish mumkin. Standart psixrometrning sxemasi rasmda ko`rsatilgan. U ikkita maxsus bir xil termometrlardan va V kalit bilan yurgiziladigan prujinali ventelyatordan tuzilgan.
Termometrlardan birining simobli balonchasiga bogich o`raladi. Havo oqimlarining yo`li rasmda strelkalar bilan ko`rsatilgan. Bu ikkala oqim termometrlarning balonchalaridan o`tgandan keyin qo`shilib ketadi. Asbob qizib ketishining oldini olish uchun uning metall qismlari nikellab qo`yilgan.

Asosiy nazariy ma’lumotlar.


Havoning namligini xarakterlash uchun absolyut va nisbiy namlik tushunchalari kiritilgan. Muayyan temperaturada havoning hajm birligidagi suv bug`larining miqdori absolyut namlik deyiladi. Absolyut namlik 3 havodagi suv bug`ining grammlar bilan hisoblangan miqdorini yoki shu bug`ning 1mm. simob ustinida o`lchanadigan bosimini ifodalaydi. Nisbiy namlik f havoning suv bug`i bilan qay darajada to`yinganligini xarakterlaydi va protsentlarda o`lchanadi. Nisbiy namlik havodagi mavjud bo’lgan Р bug` bosimining shu temperaturadagi to`yintiruvchi bug’ bosimi Ро ga nisbati bilan aniqlanadi.
(7.1)
Absolyut namlik uchun psixrometrik formula topamiz. Buning uchun ikki bir xil termometrdan iborat bo`lgan, Assman psixrometridan foydalanamiz. Ikkala termometrning balonchalari quruq bo`lsa, ularning ko`rsatishi bir xil bo`ladi. Termometrlardan bittasining sharchasiga doka o`raladi, ikkinchisiga sharchada quruq havoda turadi. Bundan doka suvga tegib turadi, dokadagi suvning bug`lanishi natijasida doka o`ralgan sharchadagi simobning temperaturasi past bo`ladi ya'ni xo’l termometr pastroq temperaturani ko`rsatadi. Suv qanchalik tez bug`lansa, bundagi termometr ko`rsatishlari farqi shuncha katta bo`ladi.
Asbob suvning havoda bug`lanish tezligiga asoslanib ishlaydi.
Xo`l termometr ko`rsatishini muhitning temperaturasidan past bo`ladi. Xo`l termometrdan bug`lanayotgan suvning miqdori /m/ havoning namligiga, temperaturaga , barometrik bosimga /Н/ va havoning harakat tezligiga bog`liq bo`ladi;
(7.2)
bu yerda; S termometr sharchasining yuzasi, P0 – to`yingan bug`ning xo`l termometr temperaturasiga teng bo`lgan temperaturasiga teng bo`lgan temperaturadagi bosim, P – absalyut namlik, Г()– havo harakatining tezligiga
bog`liq bo’lgan funksiya, m-miqdordagi suvni bug`lantirish uchun, Q– kaloriya issiqlik sarf bo`ladi. Agar bug`lanish issiqligini L –deb belgilasak, u holda:
Q=mL bo`ladi, yoki
( 7.3)
Issiqlik muvozanati paytida xo`l termometrning sharchasiga tashqaridan kelayotgan issiqlik miqdori Q1 quyidagicha topiladi.
Q1= S(t2 –t1) () (7.4)
()– proportsionallik koeffitsiyenti: t1 quruq va t2 xo`l termometrlar ko`rsatgan temperaturalar Q=Q1 bo`lgani uchun:
(7.5)
bunda,
(7.6)
Bu yerda: - kattalik psixrometrning doimiysi deyiladi.
 - ning qiymati asosan oqimning tezligiga bog`liq bo`lib, laboratoriyadan topiladi. U holda absolyut namlik uchun psixrometrik formulani quyidagicha yozish mumkin.
Р=Ро-Н(t2-t1) (7.7)
Bu ishda absolyut namlikni mm. simob ustunda , nisbiy namlikni esa protsentlarda topish kerak.
Absolyut namlikni grammlarda ifodalangan formulasini xam topish mumkin. Buning uchun 0оС temperatura va 760 mm. simob ustuni bosimida 1m3havoning massasi 1293 g –ga teng bo`lishidan foydalaniladi. Havo ana shu sharoitda va t temperaturada 1293/I+t g. massaga ega bo`ladi, bu yerda = 0,00366 havoning kengayish koeffitsiyenti deyiladi. Suv bug`i zichligining havo zichligiga nisbati 0,622 teng bo`lgani uchun 760 mm. simob ustuni bosimida va t temperaturada 1m3 dagi suv bug`ining massasini quyidagicha topish mumkin:
g\m3
Ixtiyoriy P bosimdagi suv bug`ining massasi quyidagicha topiladi:
g/m3
Laboratoriyadan olingan natijalarning to`g`riligini quyidagi formula yordamida tekshirish mumkin.
bu yerda, F-quruq termometr temperaturasida to`yingan bug`ning 1m3 dagi miqdori. M –grammlarda hisoblangan absolyut namlik.


Download 63.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling