Hayallash vaqtiga EGA bo‘lgan tok otsechkasining ishlash toki
Download 105.84 Kb.
|
1 2
Bog'liqrele himoyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5.Foydalanilgan adabiyotlar . 4.Xulosa.
ANDIJON MASHINASOZLIK ISITUTI ELEKTROTEXNIKA FAKULTETI EEE YONALISHI 335-19 GURUH TALABASI ISMOILOV JAMSHIDBEKNING RELE XIMOYASI FANIDAN TAYYORLAGAN MUSTAQIL ISHI. Ma’ruza: Tok otsechkasi. Reja 1.Tok otsechkasining ishlash prinsipi 2. Hayallash vaqtiga ega bo‘lgan tok otsechkasi 3.Tok otsechkasining ishlash toki 5.Foydalanilgan adabiyotlar . 4.Xulosa. 1. Tok otsechkasining ishlash prinsipi Tok otsechkasi (TO) qisqa tutashuvni tezlik bilan uzishni taominlovchi tok himoyasining bir turidir. TO asosan manbaga yaqin bo‘lgan liniyalarda qo‘llaniladi. CHunki bunday liniyalardan katta qisqa tutashuv toklarining uzoq vaqt davomida o‘tishi xavfli. MTH bilan TO orasidagi farq ularning tanlash xususiyatini taominlash usulidadir. TO ning tanlash xususiyati uning ishlash zonasini cheklash yo‘li bilan amalga oshiriladi, yaoni u keyingi liniyada qisqa tutashuv bo‘lganda igshlamasligi kerak. Buning uchun TO ning ishlash toki himoyalanayotgan liniyaning so‘nggi nuqtasida qisqa tutashuv bo‘lganda himoyadan o‘tadigan maksimal tokdan katta bo‘lishi kerak. TO ning ishlash zonasi (2.5 –rasm)da ko‘rsatilgan 2.5-rasm. TO ning ishlash zonasi TO ning ishlash toki Ihi= Kz Ik.max bu erda Ikmax - himoya qilinayotgan oboektning manba tamonidan hisoblaganda so‘nggida qisqa tutashuv. bo‘lganda hosil bo‘ladigan eng katta tok; Kz - zahira koeffitsienti, RT-40 rele qo‘llanilgan bo‘lsa,Kz=1,2...1,3.2 TO ning sxemasi MTH ning sxemasidan faqat vaqt relesining yo‘qligi bilan farq qiladi. TO ning ishlash vaqti tok va oraliq relelarining ishlash vaqtlari yigindisiga teng bo‘lib odatda t = 0,04 - 0,06 s ni tashkil qiladi. O‘ta kuchlanishlardan naysimon razryadniklar yordamida himoyalangan liniyalarda TO uchun ishlash vaqti 0,06 - 0,08 s ga teng bo‘lgan oraliq relelar olinishi kerak. TO maksimal qisqa tutashiv toklaridan chetlashtirilganligi sababli minimal qisqa tutashuv rejimida uning ishlash zonasi qisqaradi. Agar TO liniyaning 20% dan ortiq qismini himoya qilsa, uni ishlatish maqsadga muvofiq hisoblanadi. TO liniyani to‘liq himoya qila olmasligi sababli uni asosiy himoya sifatida ishlatish mumkin emas. TO faqat MTH bilan birgalikda ishlatiladi. Download 105.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling