Hayallash vaqtiga EGA bo‘lgan tok otsechkasining ishlash toki
Hayallash vaqtiga ega bo‘lgan tok otsechkasi
Download 105.84 Kb.
|
1 2
Bog'liqrele himoyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.TO ning ishlash toki
- Foydalanilgan adabiyotlar .
.2 Hayallash vaqtiga ega bo‘lgan tok otsechkasi
TO ishlamasligi mumkin bo‘lgan zonani kamaytirish uchun himoyalanayotgan liniyaga hayallash vaqtiga ega bo‘lgan TO (2.6-rasm) A1 o‘rnatiladi va uning himoya zonasi keyingi liniyaning ham bir qismini o‘z ichiga oladigan qilib bajariladi. Keyingi liniyaga esa darhol ishlaydigan A2 tok otsechkasi o‘rnatiladi. Hatijada A1 himoya W1 liniyani to‘liq himoya qiladi. Keyingi W2 liniyaning boshlanish qismida qisqa tutashuv bo‘lganda avval A2 himoya ishlab, A1 himoyaning noto‘g’ri ishlashiga yul qo‘ymaydi. 2.6-rasm. Hayallash vaqtiga ega bo‘lgan TO Darhol ishlaydigan A2 tok otsechkasining ishlash toki qo‘yidagicha IA2hi= Kz IK2.max bu erda Kz=1,2-zahira koeffitsienti; IK2.max - himoyalangan liniya so‘ngidagi maksimal qisqa tutashuv toki. Hayallash vaqtiga ega bo‘lgan TO ning ishga tushishi IA1hi= Kz IA2hi bu erda Kz = 1,2-1,3 - zahira koeffitsienti. Uning hayallash vaqti tA1= tA2 +t bu erda Dt=0,3…0,6 tanlash pog‘onasi. Darhol ishlaydigan tok otsechkasining hayallash vaqti tA2=0,06…0,08 s. Hayallash vaqtiga ega bo‘lgan TO ning sxemasi MTH ning sxemasi bilan bir xil. 3.TO ning ishlash toki Ihi= Kz Ik.max bu erda Ikmax-himoya qilinayotgan oboektning manba tamonidan hisoblaganda so‘nggida qisqa tutashuv. bo‘lganda hosil bo‘ladigan eng katta tok; Kz - zahira koeffitsienti, RT-40 rele qo‘llanilgan bo‘lsa,Kz=1,2...1,3. TO ning sxemasi MTH ning sxemasidan faqat vaqt relesining yo‘qligi bilan farq qiladi. TO ning ishlash vaqti tok va oraliq relelarining ishlash vaqtlari yigindisiga teng bo‘lib odatda t = 0,04 - 0,06 s ni tashkil qiladi. O‘ta kuchlanishlardan naysimon razryadniklar yordamida himoyalangan liniyalarda TO uchun ishlash vaqti 0,06 - 0,08 s ga teng bo‘lgan oraliq relelar olinishi kerak. TO maksimal qisqa tutashiv toklaridan chetlashtirilganligi sababli minimal iqisqa tutashuv rejimida uning ishlash zonasi qisqaradi. Agar TO liniyaning 20% dan ortiq qismini himoya qilsa, uni ishlatish maqsadga muvofiq hisoblanadi. TO liniyani to‘liq himoya qila olmasligi sababli uni asosiy himoya sifatida shlatish mumkin emas.TO faqat MTH bilan birgalikda ishlatiladi. Tok otsechkasining ishga tushish toki quyidagi shartlarga asosan olinadi: a/ transformatordan keyingi nuqtada qisqa tutashuv bo‘lganda ishlamasligi kerak Ihi=K3 Ik.max , /2.1/ bu erda, K3=1,21,3-zahira koeffitsenti, Ik.max-transformatordan keyingi nuqtadagi eng katta qisqa tutashuv toki. b/ transformator ulanayotganda hosil bo‘ladigan magnitlash tokining sakrashi vaqtida ishlamasligi kerak . Ihi=K3 Itr.nom, /2.2/ bu erda, K3=35; Itr.nom – transformatorning nominal toki, tok otsechkasi o‘rnatiladigan tomon uchun hisoblanadi. Xulosa. Tok otsechkasi (TO) qisqa tutashuvni tezlik bilan uzishni taominlovchi tok himoyasining bir turidir. TO asosan manbaga yaqin bo‘lgan liniyalarda qo‘llaniladi. CHunki bunday liniyalardan katta qisqa tutashuv toklarining uzoq vaqt davomida o‘tishi xavfli. MTH bilan TO orasidagi farq ularning tanlash xususiyatini taominlash usulidadir. TO ning tanlash xususiyati uning ishlash zonasini cheklash yo‘li bilan amalga oshiriladi, yaoni u keyingi liniyada qisqa tutashuv bo‘lganda igshlamasligi kerak. Buning uchun TO ning ishlash toki himoyalanayotgan liniyaning so‘nggi nuqtasida qisqa tutashuv bo‘lganda himoyadan o‘tadigan maksimal tokdan katta bo‘lishi kerak. Foydalanilgan adabiyotlar . 1. Andreev V. A. Releynaya zao‘ita i avtomatika sistem elektrosnabjeniya : M : Vqsshaya shkola , 1991.-496s.,il. 2. Berkovich M.A. i dr, Osnovq avtomatiki energosistem. - M: Energoizdat, 1984.-432s.,il. 3. SHabad M.A. Raschetq releynoy zao‘itq i avtomatiki raspredelitelg’nqx setey –L.: Energoatomizdat, 1985.-295s.,il 4. Rele himoyasi va avtomatika fanidan kurs ishi uchun metodik qo‘llanma va topshiriqlar. Farg’ona. : FarPI, 1992.-36b. Download 105.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling