Haydash va rektifikatsiya jarayonlarining nazariy asoslari


Uzluksiz ishlaydigan rektifikatsiyalash apparatini hisoblash. G=800 kg/soat


Download 0.96 Mb.
bet13/14
Sana10.11.2023
Hajmi0.96 Mb.
#1760548
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Haydash va rektifikatsiya jarayonlarining nazariy asoslari (1)

Uzluksiz ishlaydigan rektifikatsiyalash apparatini hisoblash. G=800 kg/soat
Reja:

  1. Kirish

  2. Asosiy qism

  1. Haydash va rektifikatsiya jarayonlarining nazariy asoslari.

  2. Rektifikatsiya jarayonining moddiy va issiqlik balanslari

  3. Uzluksiz ishlaydigan rektifikatsion kolonnaning issiqlik balansi

  1. Xulosa

  1. Rektifikatsion kolonna ishchi balandligi va tarelkalar sonini hisoblash

  2. Rektifikatsion kolonnalarni hisoblash

  1. Foydalanilgan adabiyotlar

Kirish
Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev O‘zbekistondagi neft-gazni qayta ishlash sanoati yaxshi rivojlanayotgan tarmoqlardan biri bo‘lib, uning xalq xo‘jaligidagi salmog‘i mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan so‘ng yildan-yilga ortib borayotganligi haqida o‘z ma’ruzalarida aytib o‘tadi. Ushbu sohaga tegishli sanoat korxonalari zamonaviy asbob-uskuna va qurilmalar bilan jihozlangan bo‘lib, ularda eng ilg‘or texnologiyalar asosida mahalliy xomashyolar qayta ishlanib, tayyor mahsulotlar (benzin, aviakerosin, aviabenzin, dizel yonilg‘isi, neft moylari suyultirilgan gaz, polietilen granulalari, oltingugurt va boshqalar) olinmoqda.
Respublikamiz kimyogar olimlari va mutaxassislari oldida hali O‘z yechimini kutayotgan ulkan muammolar turibdi. Bu muammolar jumlasiga qovushoqligi katta bo‘lgan neftlarning oquvchanligini ko‘paytirish, suv-neft emulsiyalarini parchalash uchun samarali deemulgatorlarni sintez qilish. neft xomashyosini birlamchi tozalash uchun yangi usullami izlab topish. xomashyo va neft mahsulotlarini issiqlik ta’sirida qayta ishlash jarayonlarini takomillashtirish, neftni qayta ishlash darajasini oshirish, gidrogenizatsion jarayonlarni jadallashtirish uchun o‘ta faol katalizatorlarni yaratish, gaz kondensati tarkibidan har xil erituvchilarni olishni tashkil etish, texnikaning turli sohalari uchun mahalliy xomashyolar asosida moylash materiallari olishni kengaytirish, neft mahsulotlarining sifat ko‘rsatgichlarini yaxshilash maqsadida ularga oz miqdorda qo‘shiladigan moddalarni sintez qilish, ishlab chiqarishda xomashyo sifatida ishlatiladigan tabiiy gazni chuqur va kompleks tozalash. chiqindisiz va kam energiya talab qilinadigan texnologik jarayonlarni kashf etish, tabiiy gazdan suyuq yonilg‘i olish texnologiyasini yaratish, yuqori samarali texnologik qurilmalarni ishlab chiqish. asbob-uskuna va jihozlarni korroziya va yemirilishdan saqlashning samarali yo‘llarini topish, ishlab chiqarishning suyuq va gazsimon chiqindilarini yaxshi tozalaydigan zamonaviy uskunalarni taklif etish kabilarni kiritish mumkin.
Neft va gazni qayta ishlash sanoati korxonalarida uglevodorodli xomashyolarni zamonaviy texnologiyalar asosida qayta ishlab, xalq xo‘jaligi uchun muhim bo‘lgan mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarish hamda fan va texnika yutuqlaridan amaliyotda doimo foydalanib borish uchun yuqori malakali muhandis kadrlar (bakalavr va magistrlar) kerak. albatta. O‘zbekiston Respublikasining ta’lim to‘g‘risidagi qonuni va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi talablaridan kelib chiqqan holda bakalavr va magistrlar har tomonlama bilimdon. Ilg‘or davlatlar tajribalari bilan tanish, yangi ilmiy g‘oyalar va texnucaviy yechimlarni yaratish qobiliyatiga ega bo‘lishlari zarur. Kadrlar o‘ziga xos zamonaviy tafakkurli, bilimli. malakali va ayni paytda yuksak ma’naviy komillik sifatlariga ega bo‘lishi, O‘zbekistonning kelajagi, mustaqilligimiz kelajagi uchun mas’ul, jonkuyar. fidoyi insonlar bo‘lmog‘i kerak. Bakalavriat va magistratura talabalarining chuqur va mustahkam bilim olishlarida «Neft va gazni qayta ishlash jarayonlari va uskunalari» fani katta ahamiyatga molikdir.
Respublikamizning I-Prezidenti Islom Karimov o‘zining kitobida ta’kidlab o‘tganidek, O‘zbekiston o‘z yer osti boyliklari bilan haqli suratda faxrlanadi - bu yerda mashxur Mendeleyev davriy sistemasining deyarli barcha elementlari topilgan. Hozirga qadar 2,7 mingdan ziyod turli foydali qazilma konlari va ma'dan namoyon bo‘lgan istiqbolli joylar aniqlangan. Ular 100 ga yaqin mineral-xomashyo turlarini o‘z ichiga oladi. Mamlakatimizning umumiy mineral-xomashyo potensiali 3,3 trillion AQSh dollarini tashkil etadi.

Xulosa
Kurs ishim «Uzluksiz ishlaydigan rektifikatsiyalash apparitini hisoblash» mavzusida bajarildi. Kurs ishimni bajarish jarayonida quyidagi ishlar amalga oshirildi:

  1. Ushbu berilgan mavzu bo‘yicha berilgan jarayon to‘liq o‘rganildi;

  2. Jarayonni amalga oshiruvchi qurilmalar taxlil qilindi;

  3. Topshiriqda berilgan shartlar bo‘yicha qurilmaning hisob qismi bajarildi;

“Asosiy texnologik jarayonlar va kurilmalar ” bajargan kurs ishim menga fanni yanada chuqurroq o‘rganish va olgan bilimlarini mustahkamlashga ko‘maklashdi.


Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling