Haydovchilarning vazifasi va majburiyatlari
Belgilangan yo`nalishli transport vositasi
Download 41 Kb.
|
Haydovchilarning vazifasi va majburiyatlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yondosh hudud
- Yo`lovchi
- Yo`l harakati
Belgilangan yo`nalishli transport vositasi – belgilangan yo`nalishli va bekatlari bo`lgan, yo`lovchi tashish uchuch mo`ljallangan umumiy foydalanishdagi transport vositalari (trolleybus, avtobus, tramvay, yo`nalishli taksi).
Velosiped – odam kuchi bilan harakatlantiriladigan ikki yoki undan ortiq g`ildirakli transport vositasi (nogironlar aravachasidan tashqari). Etarli ko`rinmaslik – yomg`ir, qor yog`ishi, tuman tushishi va shunga o`xshash sharoitlarda, shuningdek, kunning g`ira-shira vaqtida yo`lning ko`rininsh masofasi 300 metrdan kam bo`lishi. Yondosh hudud – bevosita yo`lga tutashgan va transport vositalari o`tib ketishi uchun mo`ljallanmagan hudud (hovlilar, turar joy dahalari, avtomobillarning to`xtab turish joylari, yonilg`i quyish tarmoqlari, korhona va h.k.). Imtiyoz – mo`ljallangan yo`nalishda boshqa yo`l harakati qatnashchilariga nisbatan oldin harakatlanish xuquqi. Yo`l – transport vositalari qatnovi uchun qurilgan yoki moslashtirilgan va hududi shu maqsadda foydalaniladigan er mintaqasi yoxud suniy inshoot yuzasi. Yo`l o`z ichiga avtomobil yo`llarini (umumiy foydalanishdagi va idoraviy avtomobil yo`llarini) shaharlar, shaharchalar va qishloq aholi yashash joylarining ko`chalari va yo`lkalarini, shuningdek, shahar elektr transporti yo`llarini oladi. Yo`l bering – Yo`l harakati qatnashchisiga nisbatan imtiyozi bo`lgan boshqa yo`l harakati qatnashchilarining harakat yo`nalishini yoki tezligini o`zgartirishga majbur etishi mumkin bo`lgan hollarda harakatni davom ettirmasligini yoki boshlamasligini, biror bir manyovr bajarishi mumkin emasligini bildiruvchi talab. Haydovchi yo`l berishi uchun o`zi boshqarayotgan transport vositasini sekinlatishi yoki to`liq to`xtatishi lozim. Yo`lovchi – transport vositasidagi (haydovchidan tashqari) shaxs. Yo`l - transport xodisasi – transport vositasining yo`ldagi qatnov jarayonida sodir bo`lib, odamlarning o`limi yoki ularning sog`lig`iga zarar etishiga, transport vositalari, inshootlar, yuklar shikastlanishiga yoki boshqa tarzda moddiy zarar etkazilishiga sabab bo`ladigan hodisa. Maxsus transport vositalarining (avtogidroko`targich, avtokran kabilar) ishchi holatida sodir bo`lgan hodisa yo`lning transport hodisasi hisoblanmaydi, balki texnikxavfsizlikka rioya qilmaslik hisoblanadi. Yo`l harakati – odamlar va yuklarning transport vositalari yordamida yoki bunday vositalarsiz yo`llarda harakatlanishi jarayonida yuzaga keluvchi munosabatlar majmui. Download 41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling