Haykaltaroshlik va kulolchilik


Download 459.63 Kb.
Sana02.05.2023
Hajmi459.63 Kb.
#1421564
Bog'liq
Haykaltaroshlik va kulolchilik

Haykaltaroshlik va kulolchilik

Toup-32u talabasi shomurodova iroda

Haykaltaroshlik

Haykaltaroshlik - asviriy sanat turi; borliqni hajmli shakllarda, makonda uch oʻlchamda tasvirlashga asoslanadi. Tasvir obʼyekti, asosan, inson; shuningdek, hayvonlar (anima-listika), tabiat (manzara) va narsalar (natyurmort). H.ning 2 asosiy koʻrinishi — aylanib kuzatish imkonini beruvchi dumaloq haykal hamda faqat bir tomondan koʻrishga moʻljallangan boʻrtma (qabariq) tasvir relyef turi farqlanadi. Relyef, oʻz navbatida, yuzaga nisbatan bir oz boʻrttirib ishlanadigan barelyef hamda tasvir yuzaga nisbatan ancha boʻrttirib ishlanadigan gorelyefta boʻlinadi; shuningdek nursoya oʻyini hisobiga tasvir koʻzga tashlanadigan tekis yuzaga ishlanadigan yana oʻyma koʻrinish mavjud.


H. qadimdan — ibtidoiy jamiyatda insonning mehnat faoliyati va diniy tushunchalarning paydo boʻlishi bilan shakllanib, yasash jarayonida H.ga xos uslub (yoʻnish, ishlov berish, yumshoq loydan shakllar yasash) bilan oʻz hissiyoti, kechinmalarini tasvirlay boshlagan. Hayvonlarning dumaloq, gʻor yoki tosh yuzasiga ishlangan boʻrtma haykallari ibtidoiy kishilar qarashlarining ifodasidir. Boʻrtma tasvirlar yumshoq tosh, suyak va yogʻoch yuzasiga ishlangan, mehnat va ov qurollarini bezashda hamda tumor sifatida ham foydalanilgan. Oltin va boshqa qimmatbaho materiallardan boʻrtma tasvirli amaliy sanʼat buyumlari, loydan haykalchalar yasashda katta muvaffaqiyatlarga erishildi (skifyaar madaniyati, Afrika qitʼasining Nok manzilidagi sopol haykallar va boshqalar).
Download 459.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling