"Hayot davomida ta’lim olish" tamoyili asosida boshqaruv hamda pedagog kadrlarning uzluksiz malakasini oshirish


masofaviy qayta tayyorlash va malaka oshirish


Download 19.65 Kb.
bet2/3
Sana23.09.2023
Hajmi19.65 Kb.
#1685642
1   2   3
Bog'liq
MAVZU AMALIY 3.4

masofaviy qayta tayyorlash va malaka oshirish — qayta tayyorlash va malaka oshirishning onlayn (videoma’ruzalar, maslahatlar, nazorat shakl-turlarini masofadan turib real vaqt rejimida o‘tkazish) va offlayn (masofaviy ta’lim tizimidagi tegishli o‘quv-metodik resurslarni mustaqil ravishda o‘zlashtirish) shakli;
mustaqil malaka oshirish — boshqaruv hamda pedagog kadrlar tomonidan ta’lim darajasi va sifatiga qo‘yiladigan davlat ta’lim talablariga muvofiq yangi bilim, ko‘nikma va malakalarni mustaqil o‘zlashtirish, o‘z-o‘zini kasbiy rivojlantirish shakli;
muqobil malaka oshirish — individual kasbiy mahorat ko‘nikmalarini tasdiqlashning amaldagi bevosita malaka oshirish shakllariga tenglashtirilgan shakli;
qayta tayyorlash va malaka oshirish muassasalari — professional ta’lim muassasalarining boshqaruv hamda pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malaka oshirish rejasi hamda ta’lim dasturlari asosida faoliyat yuritadigan O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar ta’limi boshqaruv hamda pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti (keyingi o‘rinlarda — Institut), Institutning hududiy qayta tayyorlash va malaka oshirish fakultetlari (keyingi o‘rinlarda — fakultetlar) va ixtisoslashgan oliy ta’lim muassasalari;
elektron portfolio — boshqaruv va pedagog kadrlarning kasbiy faoliyati natijalarini baholashda ko‘maklashishga qaratilgan o‘quv-metodik, ilmiy-tadqiqot va ijodiy ish materiallarini qamrab oluvchi elektron resurslar majmuasi.
3. Qayta tayyorlash va malaka oshirish o‘quv rejasiga muvofiq Institut hamda fakultetlardagi amaliyot mashg‘ulotlari tegishli tashkilotlarda o‘tkazilishi mumkin.
4. Qayta tayyorlash va malaka oshirish muassasalarida qayta tayyorlash va malaka oshirish attestatsiya komissiyasi (keyingi o‘rinlarda — Attestatsiya komissiyasi) 3 — 5 kishidan iborat tarkibda tuziladi. Qayta tayyorlash va malaka oshirishning yakuniy attestatsiyasini tashkil etish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (keyingi o‘rinlarda — Vazirlik) tomonidan tasdiqlanadi.
5. Professional ta’lim muassasalarining o‘rta maxsus ma’lumotli ishlab chiqarish ta’limi ustalari Institutda pedagogik qayta tayyorlovdan o‘tadilar.
6. Institut professor-o‘qituvchilari yetakchi ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalariga, jumladan, xorijiy davlatlardagi malaka oshirish kurslari va stajirovkalarga jalb etiladi.
7. Institut professor-o‘qituvchilariga nisbatan oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari uchun belgilangan mehnatga haq to‘lash miqdorlari va shartlari tatbiq etiladi. Bunda, bir nafar o‘qituvchi hisobiga to‘g‘ri keladigan tinglovchilar nisbatining cheklangan normativlari oliy ta’lim muassasalari uchun belgilangan normativlaridan 25 foiz past etib belgilanadi.

Download 19.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling