Hayot faоliyati хavfsizligi fanini maqsad va fazifalari, tarkibiy qismlari
Halqaro terrorizm va uning salbiy illatlari
Download 98.14 Kb.
|
xfxning javobi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Halqaro terrorizmga qarshi kurashda O`zbekistonning ishtiroki.
Halqaro terrorizm va uning salbiy illatlari.Halqaro terrorizm - bir davlat hududi doirasidan tashqariga chiqadigan terrorizmdir. Bu odamlarning behuda halok bo'lishiga olib keluvchi, davlatlar va ularni rasmiy vakillarining normal diplomatik faoliyatini buzuvchi hamda halqaro aloqalar va uchrashuvlarni, shuningdek, davlatlar o'rtasida transport va boshqa aloqalarni amalga oshirishni qiyinlashtiruvchi halqaro miqyosdagi ijtimoiy havfli harakat va qilmishlar yig'indisidir. Halqaro terrorizm XX asrning 60 - 70 yillariga kelib o'zini yaqqol namoyon qildi: dastlab turli davlatlardagi jinoyatchilar, o'z davlatiga nisbatan ekstremistik ruhdagi guruhlar birlashib, ijtimoiy - iqtisodiy jihatdan orqada qolayotgan va kam rivojlangan mamlakatlarda harakat ko'rsata boshladi. Halqaro terrorchilar ayrim davlatlarning rahbarlariga, halqaro miqyosda obro'ga ega bo'lgan siyasatchilarga chetdan turib suyuqasd uyushtirish, davlat, transport, aloqa va milliy havfsizlik tizimini ishdan chiqaruvchi portlashlar va harakatlar sodir etish, transport vositalari, jumladan samolyotlarni olib qochish bilan shug'ullana boshladilar. 80 yillarga kelib halqaro terrorizm yanada jiddiy tus oldi.Halqaro terrorizm o'zining yovuz niyatlarini turli terroristik harakatlari bilan amalga oshiradi. Jumladan:mustaqil davlatlar chegarasini buzish orqali amalga oshirish;diniy ekstremistik guruhlar tomonidan sodir etish;ekstremistik guruhlar tarkibida qo'poruvchilik harakatlari bo'yicha horijlik yo'rig'chilarning qatnashishi;ekstremistik guruh a'zolarining boshqa davlatlar hududida tashkil etilgan mahsus lagerlarda tayyorgarlik ko'rish;tayyorgarlik ko'rish va qo'poruvchilik sodir etishda, horijiy davlatlar va ekstremistik uyushmalar yordamida halqaro tus olgan noqonuniy qurol - yaroq savdosi va narkobisnesdan keladigan manbalardan foydalanish;
Halqaro terrorizmga qarshi kurashda O`zbekistonning ishtiroki.Mustaqillikka erishgan O'zbekiston Respublikasi halqaro terrorizmning umumbashariy miqyosdagi havfli ekanligidan jahon hamjamiyati bilan birgalikda unga qarshi kurashish lozimligini jahonning nufuzli minbarlarida e'lon qildi. Jumladan, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 1993 yil 28 sentyabrda Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Bosh assambelyasining 48 sessiyasida qilgan ma'ruzasida jahon hamjamiyatining Afg'oniston muammosini izchil o'rganish va yechishga chaqirdi. Keyinchalik 1998 yilda Prezidentimiz tashabbusi bilan tashkil topgan "6+2" guruhini BMT rahbarligi ostida 1998 - 1999 yillarda olib borilgan faoliyat Afg'oniston terrorchilikka qarshi kurashda katta ahamiyatga ega bo'ldi. Bu guruh Afg'oniston bilan chegaradosh 6 davlat: Hitoy, O'zbekiston, Pokiston, Eron, Tojikiston, Turkmaniston va mintaqa tashqarisidan ta'sir ko'rsatib turgan ikki davlat AQSH va Rossiya vakillaridan tashkil topgan adi.Yurtboshimizning 1999 yilda Evropa Havfsizlik va hamkorlik Tashkilotining (EHHT) Istanbul (Turkiya) da bo'lib o'tgan sammitda 2000 yilning 7 - 8 sentyabr kunlari Nyu-Yo'rkda bo'lib o'tgan BMT bosh assambleyasining "Mingyillik Sammiti"da BMT tuzilmalarida terrorizmga qarshi kurash halqaro markazini tuzish taklifiga hamohang tarzda 2001 yilning 28 sentyabrda BMT doirasida terrorizmga qarshi kurash qo'mitasi tuzildi.O'zbekistonning AQSH chegaraligida tashkil etilgan halqaro terrorizmga qarshi kurash borasida AQSH harbiy havo kuchlarining trasport va vertalyotlariga Afg'onistonda qidiruv - qutqaruv va insonparvarlik yordamini amalga oshirish u4un havo hududi (Honabod tumani)ni ochib terrorizmga vaqtinchalik foydalanishga topshirdi.O'zbekistonning halqaro terrorizmga qarshi olib borayotgan siyosatining maqsadi mintaqada global miqyosda tinchlik, barqarorlikni saqlash, mamlakat mustaqilligi va ravnaqi, halqning erkin farovon hayotini ta'minlashdir. Respublikamiz terrorizmga qarshi qaratilgan ko'plab halqaro shartnomalardan hozirgaHa BMTning 12ta, Yevropa Kengashi doirasida esa 7ta halqaro shartnomalarini imzoladi. Download 98.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling