Hayot faоliyati хavfsizligi fanini maqsad va fazifalari, tarkibiy qismlari


Hayotiy faoliyat xavfsizligining uchta o`zaro bog`liq masalasi.HFX - uchta o`zaro bog`liq masalani xal etadi


Download 98.14 Kb.
bet2/20
Sana18.01.2023
Hajmi98.14 Kb.
#1099495
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
xfxning javobi

Hayotiy faoliyat xavfsizligining uchta o`zaro bog`liq masalasi.HFX - uchta o`zaro bog`liq masalani xal etadi:1. Xavflarni birday deb hisoblash, ya'ni ularning qiyofasiga qarab, koordinati va miqdoriy xususiyatlarini ko`rsatish.2. Sarf harajatlari va foydasini solishtirish asosida xavflardan himoya qilish.3. Paydo bo`lishi mumkin bo`lgan salbiy (xavfning qoldiq deformatsiyasidan kelib chiqqan) xavflarni yo`qotish.HFX masalalari bilan qadim zamonlardan beri ko`p ulug` allomalar shug`ullanib kelishgan. Masalan, Gippokrat, Aristotel, nemis tabibi, olimi va muhandisi Agrikola. Italyan tabibi Ramatssini Mehnat muhofazasidan risola yozgan. M.V. Lomonosov tog` konlarida mehnat muhofazasi to`g`risida monografiya yozgan. XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab sanoatda texnika rivojlanishi munosabati bilan,bir guruh olimlar xavfsizlik muammosi bilan shug`ullanganlar: Nikolskiy D.P., Levitskiy V.A., Kaplun va boshqalar.Ulug` o`zbek hakimi Abu Ali Ibn Sino o`z ishlari bilan bundan 1000 yil muqaddam gigiyena faniga asos solgan. Texnosferani rivojlanishiga xavfsizlik muammosi rivojlanishiga akademik Legasov V.A. o`z ilmiy ishlarini bag`ishlagan.
Xavflar taksonomiyasi.Xavf-xatar hayotiy faoliyat xavfsizligining markaziy tushunchasi bo`lib, odam sog`lig’iga bevosita yoki bo`shqa yo`llar bilan zarar yetkazadigan; ya'ni ko`ngilsiz hodisalar, oqibat yaratuvchilar tushuniladi.Taksonomiya - bu murakkab hodisalarning tushunchalarini, kishi faoliyatiga qaratilgan narsalarni turkumlash (klassifikatsiya) va sistemalash to`g`risidagi fandir. 1. Kelib chiqishi bo`yicha xavflar tabiiy, texnik, ekologik va aralash bo`ladi.2. Rasmiy standartga asoslanib xavflar xili bo`yicha fizik, kimyoviy, biologik va ruhiy turlarga bo`linadi.3. Salbiy oqibatlarning ro`y berish vaqti bo`yicha xavflar impulsiv (beixtiyor harakat) va kumulyativ (to`satdan keluvchi) larga bo`linadi.4. Xavflarning tarqalishiga yo`l qo`ymaslik bo`yicha (lokalizatsiya) - litosfera, gidrosfera, atmosfera va koinot bilan bog`liq bo`ladi.5. Xavflar kelib chiqadigan oqibatlari bo`yicha - charchash, kasallanish, jarohatlanish, halokatlar, yong`inlar va o`limga olib boradigan sabablar.6. Xavflar keltiradigan zarari bo`yicha - ijtimoiy, texnik, ekologik va h.k.7. Xavfni namoyon bo`ladigan muhiti bo`yicha – maishiy, sport, yo`l transport, ishlab chiqarish va harbiy.8. Odamga ta'siri bo`yicha xavf - aktivva passiv, o`ta ta'sirchan (zaharlar, kislotalar) va sust (narkotik moddalar, aroq, sigareta) bo`ladi. Passiv xafga odamning o`zi sababchi bo`ladi.

Download 98.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling