Hayot faоliyati хavfsizligi fanini maqsad va fazifalari, tarkibiy qismlari
Ishchining baxtsiz hodisa xavfi ostida qolishi
Download 98.14 Kb.
|
xfxning javobi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mehnatni muhofaza qilishning huquqiy asoslari.
Ishchining baxtsiz hodisa xavfi ostida qolishi.
Ma’lumki, ishlab chiqarish korxonalarida texnika xavfsizligi sanoat sanitariyasi va yong‘in xavfsizligi qoida, norma va yo‘riqnomalarining buzilishi ishlovchilarning jarohatlanishiga, zaharlanishiga yoki kasb kasalliklariga olib keladi. Jumladan, shikastlanish, inson tanasining teri yoki boshqa qismlariga tashqi ta’sirlar: mexanik, kimyoviy, issiqlik va elektr ta'sirida yuzaga keladigan talafotdir. Masalan, urilishi natijasida organizmning lat yeyishi, teri kesilishi, suyak sinishi, terining kuyishi sovuq urishi, elektr toki urishi va boshqa inson faoliyatining buzilish hol'atlarini aytish mumkin. Birinchi turdagi jarohatlanishga ishchining ma’muriyat tomonidan buyurilgan ishni bajarish davomida ish joyida oladigan jarohati kiradi. Ikkinchi turdagi jarohatlanishga korxona ma'muriyati topshirig‘i bilan boshqa joylarda ishlarni bajarganda oladigan jarohati kiradi (masalan, ishga borib-kelish vaqtida. xizmat safari vaqtida, boshqa obvektlar-dagi faoliyatda). Birinchi va ikkinchi turdagi jarohatlanishlarga (baxtsiz hodisalarga) ishab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lsa, ma’muriyat javobgar hisoblanadi va jarohatlanish vaqtida yo‘qotilgan ish kunlari uchun haq to‘lanadi. Agar jarohatlanish ishning mehnat xavfsizligi qoida va nor-malariga amal qilmasligi oqibatida kelib chiqqan bo'lsa, u holda ishchi ma’muriyat xodimi bilan javobgar hisoblanadi. Bunda moddiy to‘lov mamuriyat xodimi va ishchining aybdorlik darajasiga qarab belgilanadi. Uchinchi turdagi jarohatlanishga maishiy holatlarda, mast bo'lishi natijasida, davlat mulkini o‘g‘irlash vaqtida, uy sharoitida vujudga kelgan jarohatlanishlar kiradi. Mehnatni muhofaza qilishning huquqiy asoslari.Mehnatni muhofaza qilish quyidagi manbalarda ko‘zda tutilgan:O‘zbekistonRespublikasiningKonstitutsiyasi;O‘zbekistonRespublikasinin«Mehnatnimuhofazaqilish» Qonuni;O‘zbekistonRespublikasining «Mehnatqonunlarikodeksi»;-Texnikaxavfsizligigaoidme’yorlar, qoidalar, standartlar va yo‘riqnomalar. Mehnatni muhofaza qilishning qator masalalari Konstitutsiyada o‘z aksini topgan. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining, IX bobi fuqarolarning iqtisodiy vaijtimoiv huquqlarini himoya qilishga qaratilgan bo‘lib, 36-moddada «Har bir inson qonunda ko‘rsatilgan tartibda mehnat qilish, erkin kasb tanlash, qulay sharoitlarda mehnat qilish va ishsizlikdan himoyalanish huquqiga egadir» deb ko‘rsatib o‘tilgan. Ushbu bobning 37-moddasida «Barcha ishlayotgan fuqarolar dam olish huquqiga egadir, Ish vaqti va haq to‘lanadigan mehnat ta’tilining muddati qonun bilan belgilanadi». 38-moddada esa «Har kim qariganda, mehnat layoqatini yo‘qotganda, shuningdek, boquvchisini yo‘qotganda va boshqa hollarda ijtimoiy ta’minot olish huquqiga egadir. Bunday nafaqalar va ijtimoiy yordamning boshqa turlarining miqdori tirikchilik uchun zarur bo‘lgan maoshning eng kam miqdoridan oz bo‘lishi mumkin emas» deb o‘tilgan. Konstitutsiyaning 39-moddasida «Har bir inson malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqiga ega» deb belgilangan. Bu moddada tibbiyot xizmati bo‘yicha hech bir cheklanishlar yo‘qligi, bunda turli – tuman tibbiyot xizmati korxonalari tashkil etilishi, jumladan, malakali tibbiyot xodimlari o‘z shaxsiy davolash muassasalariga ega bo‘lishi, bu bilan esa davolash sohasida raqobat vujudga keladi, natijada aholi malakali tibbiyot xizmatidan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladilar Download 98.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling