Ishni bajarish tartibi. 1-amaliy mashg‘ulot “O‘zbekiston Respublikasida hayot faoliyati xavfsizligining huquqiy asoslar” mavzusida hisobot yozish bilan tugaydi. Hisobot uchta asosiy qismlardan tashkil topadi: 1-qismi. 1993 yil 6-mayda qabul qilingan (yangi tahrirdagisi 2016 yil 22 sentabrda) “O‘zbekiston Respublikasi mehnatni muhofaza qilish to’g’risidagi” qonunning qisqacha mazmuni, uning tarkibi va bu qonunda belgilangan kafolatlar haqida yoziladi. 2-qismi. 1995 yil 21-dekabrda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi mehnat kodeksining vazifasi, mazmuni va tarkibi haqida qisqa yozma ma’lumot berish. 3-qismi. Talaba o‘ziga berilgan vazifa bilan bog‘lagan holda Mehnat kodeksining tegishli boblari va bandlari bilan tanishib, ularning qisqacha matnini keltirish. Mehnat kodeksini o‘rganish vaqtida uning ayrim bandlari umumiy qilib yozilganligiga e’tibor qaratib, unga hayotdan misollar keltirishga harakat qiling. Mazkur bandlar bo‘yicha o‘z shaxsiy fikringizni bildirsangiz yanada yaxshiroq bo‘ladi. Hisob oxirida xulosa chiqariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |