Hayot faoliyati xavfsizligi fanidan 14-topshiriq
Terrorchilik faoliyati sabablari bo‘yicha terrorizm turlari
Terrorchilik faoliyati sabablari bo‘yicha terrorizm quyidagi mustaqil turlarga bo‘linadi:
1. Siyosiy terrorizm: tarafdorlari uni siyosiy kurash metodlaridan biri, deb hisoblashadi. Ushbu metodning mohiyati siyosiy dushmanlarni bartaraf etish, hokimiyat tuzilmalarini muayyan ishni qilishga yoki qandaydir ishni qilmaslikka majburlash maqsadida amalda o‘ta zo‘ravonlik choralarini ko‘rish yoki shunday qilish bilan tahdid solishdan iborat.
2. Mafkuraviy terrorizm: tub ichki ijtimoiy-siyosiy mojarolar negizida shakllanadi hamda so‘l va o‘ng terrorizmda namoyon bo‘ladi (uning sub’ektlari dunyoni, mamlakatni o‘z mafkuraviy konsepsiyalariga muvofiq ijtimoiy qayta qurishning turli variantlarini olg‘a surishadi).
3. Millatchilik terrorizmi: etnik belgilarga ko‘ra amalga oshiriladi. Ayrim millatlar va etnoslarning huquq hamda manfaatlari chinakam yoki soxta buzilishiga qarshi kurashdek nomonand shaklda bo‘ladi. Lekin terrorning bu turi, siyosiy maqsadlarga - mavjud konstitutsiyaviy tuzumni, mamlakatning davlat tuzilishini, ma’muriy-hududiy tuzilmalarni va sh.k.ni zo‘ravonlik bilan o‘zgartirishga ham yo‘naltirilgan bo‘ladi.
4. Dunyoqarash bilan bog‘liq terrorizm: hukmron normalar va munosabatlar bilan mutlaqo kelishmaslik sabablariga ko‘ra amalga oshiriladi. Bu turga diniy terrorizm kiradi. Diniy fanatizm “kofirlarni” o‘ldirgan kishi jannatga tushadi, degan mutlaq e’tiqodga asoslanadi.
Test savollari va javoblari.
1. Terrorchilar faoliyatining xususiyatiga ko‘ra terrorizm turlari?
A) ichki, transmilliy, xalqaro terrorizm
B) siyosiy, mafkuraviy, millatchilikka oid, diniy terrorizm
C) telefon terrorizmi, kiberterrorizm, ruhiy terrorizm
D) yadroviy, kimyoviy, biologik terrorizm
2. Terrorchilik faoliyati sabablari bo‘yicha terrorizm turlari?
A) ichki, transmilliy, xalqaro terrorizm
B) siyosiy, mafkuraviy, millatchilikka oid, diniy terrorizm
C) telefon terrorizmi, kiberterrorizm, ruhiy terrorizm
D) yadroviy, kimyoviy, biologik terrorizm
3. Terrorning namoyon bo‘lish shakli asosida terrorizm turlari?
A) garovga olish, transport va portlovchi qurilmalardan foydalanish
B) telefon terrorizmi, kiberterrorizm, ruhiy terrorizm
C) yadroviy, kimyoviy, biologik terrorizm
D) hamma javoblar to‘g‘ri
4. Terrorchi bu - .......
A) terrorchilik faoliyatini amalga oshirishda ishtirok etayotgan shaxs.
B) terrorchilik faoliyatini tugatgan shaxs
C) terrorchilik faoliyatini yoqlab chikkan shaxs
D) terrorchilik faoliyatini tark etgan shaxs
5. O‘zR “Terrorizmga qarshi kurash to‘g‘risida”gi qonuni?
A) 26 may 2000 yilda qabul qilingan, 4 ta bo‘lim, 23 moddadan iborat
B) 15 dekabr 2000 yilda qabul qilingan, 6 ta bo‘lim, 31 moddadan iborat
C) 31 avgust 2000 yilda qabul qilingan, 5 ta bo‘lim, 28 moddadan iborat
D) 20 avgust 1999 yilda qabul qilingan, 5 ta bo‘lim, 27 moddadan iborat
A 2. B 3. D 4. A 5. B
Do'stlaringiz bilan baham: |