Hayot faoliyati xavfsizligi” kafedrasi qo‘l yozma huquqida Xolnazarov Ravshan Nurmahamat o'g'li


Elektr tokidan sikastlanishning asosiy sabablari


Download 1.32 Mb.
bet10/17
Sana17.06.2023
Hajmi1.32 Mb.
#1535189
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17
Bog'liq
rosahn tayor1 (2)

2.2 Elektr tokidan sikastlanishning asosiy sabablari

Elektr qurilmalarini ishlatish xavfligini taxlili inson tanasidan o’tayotgan tokni meyorida, turli holatida kuchlanish ostida qolishi va turli tarmoqdagi turli factor va parametrlarini ulanib qolishi ta’sirini baholashiga keltiradi. Elektr tarmoqlar o’zgaruvchan va o’zgarmas tokli bo’ladi. O’zgaruvchan tok bir fazali va ko’p fazalilarga ajratiladi. O’zgaruvchan tokni uch fazali tarmoqlar turi eng ko’p qo’llaniladi. Transformator yoki generator neytral rejimi bo’yicha, uch fazali tarmoqlar izolyasiyalangan yoki mustahkam yerga ulangan bo’lishi mumkin. Agar generator yoki transformator yerdan izolyatsiyalangan bo’lsa, yoki katta qarshilik orqali yerga ulanilgan bo’lsa, izolyatsiyalangan neytral (kuchlanish transformatorlar, kompensasiyalovchi g’altaklar va boshqalar) deb ataladi. Agar yerga ulash qurilmalariga to’g’ridan-to’g’ri, yoki kichik qarshilik aparatlar orqali yerga ulangan bo’lsa mustahkam yerga ulangan neytral (tok transformatorlari va boshqalar) deb ataladi.





2-rasm.Elektr tokidan shikastlanish

Elektr uskunalariga xizmat ko‘rsatuvchi xodim xavfsiz ish bajarilishini ta’minlovchi barcha zarur himoya vositalari bilan ta’minlangan bo‘lishi shart.


Himoya vositalari inventar sifatida taqsimlovchi uskunalar, elektrostansiya sexlari, elektr tarmoqlarini taqsimlovchi punktlari va transformator podstansiyalarida saqlanishi yoki tezkor harakatdagi brigada, markazlashgan ta’mirlash brigadasi, ko‘chma laboratoriya va hokazolarning inventar mulkiga kiritilishi hamda shaxsiy foydalanish uchun berilishi mumkin.
Inventar himoya vositalari ishlatishni tashkil qilish sistemasi, mahalliy sharoitlar va keltirilgan komplektlash me’yorlari asosida obyektlar, tezkor chiqadigan brigadalar va boshqalar o‘rtasida taqsimlanadi.
Himoya vositalarining saqlanish joyini ko‘rsatgan holda ushbu taqsimlanish ro‘yxatlarda qayd etilgan bo‘lishi va u korxona bosh muhandisi yoki tuman elektr tarmoqlari boshlig‘i tomonidan tasdiqlanishi kerak. Xodimlarni o‘z vaqtida himoya vositalari bilan ta’minlash va elektr uskunalarini me’yorlariga muvofiq sinovdan o‘tkazilgan himoya vositalari bilan komplektlash, ularni to‘g‘ri saqlashni tashkil qilgan va zarur zaxirani hosil qilish, muntazam kuzatuv va sinovlarni o‘z vaqtida olib borish, yaroqsiz himoya vositalarini chiqarib tashlash hamda himoya vositalarini hisobga olishni tashkil qilish javobgarligi sex, xizmat joyi, podstansiya, elektr uzatish tarmoqlari uchastkasi boshlig‘i va uchastka ustasi zimmasida bo‘ladi, umumiy korxona bo‘yicha esa mas’uliyat bosh muhandisga yuklatiladi.
Elektr jarohatlanishi - insonni tanasini ayrim joylarini shikastlanishi, elektr kuyishi, elektr belgilari va terini metallanishini ko’rinishlariga ega.
Inson tanasidan tok o’tishi natijasida tanani qizishi -elektr kuyish deb ataladi. Tanani ichki va tashqi qismi kuyishi mumkin. Jarohat olish sharoitlariga ko’ra kontakt, yoyi va aralash kuyishlarga ajratiladi.

3-rasm.Elektrdan kuyish



Inson tanasidan tok o’tishi natijasida tanani elektr kuyishi Teri yuzasidagi kul yoki oq-sariq rangli dog’lar elektr belgilar deb ataladi. Shu dog’lar tanani elektr o’tkazgich qismlar bilan tutashgan joylarda hosil bo’ladi. Ular ko’pincha og’riqsiz bo’ladi, vaqt o’tishi bilan o’tib ketadi.
Alohida elektr uskunalari uchun berilgan himoya vositalari yaroqsiz bo‘lib qolganligi aniqlangan taqdirda, ushbu uskunani ishlatuvchi xodim himoya vositasini ishlatishdan darhol chiqarib tashlashi, 1.2.3-bandda ko‘rsatilgan shaxslardan biriga ma’lum qilishi va himoya vositalari qayd etiladigan jurnalga yoki operativ hujjatlarga yozib qo‘yishi zarur. Himoya vositalarini yakka o‘zi ishlatish uchun olgan shaxslar ushbu himoya vositalarini to‘g‘ri ishlatishga va o‘z vaqtida yaroqli-yaroqsizligini aniqlashga javob beradilar. Himoya vositalarini saqlash tartibi.
Himoya vositalarining sozligi va ishlatishga yaroqliligi ta’minlanadigan sharoitda saqlash va tashish zarur. Shuning uchun ular namlikdan, ifloslanishdan va mexanik buzilishlardan himoyalangan bo‘lishi kerak. Himoya vositalari berk xonalarda saqlanishi zarur. Rezinadan qilingan himoya vositalari maxsus shkaf, tokcha, quti va hokazolarda alohida saqlanishi kerak. Ular yog‘, benzin va rezinani emiradigan boshqa moddalardan hamda to‘g‘ridan to‘g‘ritushadigan quyosh nuri va isitkich asboblari ta’sirini himoyalangan bo‘lishi lozim. Ombordagi zaxiraga olib qo‘yilgan rezinadan tayyorlangan himoya vositalarining harorati 0 - 25° S bo‘lgan quruq xonalarda saqlanishi kerak. Izolatsiyalovchi shtanga va qisqichlar xona devorlariga tegmaslik hamda egilmaslik choralari ko‘rilgan holatda saqlanishi zarur. Kuchlanish ko‘rsatgichi va elektr o‘lchovchi qisqichlar jild yoki g‘iloflarda saqlanishi lozim.
Ko‘chma yerga ulagichlarni saqlashga mo‘ljallangan maxsus joylarga tartib raqami qo‘yiladi, ularning raqamlari ko‘chma yerga ulagichlardagi raqamlarga mos kelishi kerak. Protivogazlar maxsus sumkalarga joylangan bo‘lib, quruq xonalarda saqlanishi shart. Ishlatilayotgan himoya vositalari maxsus ajratilgan joylarda, odatda, xonalarning kirish joylarida va elektr uskunalarini boshqaruv shitlarida joylashtiriladi. Ushbu joylarda himoya vositalarining ro‘yxati bo‘lishi kerak. Saqlanish joylarida shtangalar, qisqichlar, ko‘chma yerga ulagichlar, xavfsizlik plakatlari va belgilari uchun kronshteyn yoki ilgaklar bo‘lishi, shuningdek, dielektrik qo‘lqop, dielektrik kalish, dielektrik etik, dielektrik gilamcha, dielektrik qalpoq, izolatsiyalovchi taglik va qoplama, qo‘lqop, himoya belbog‘i va arqonlari, himoya ko‘zoynagi, protivogaz va kuchlanish ko‘rsatgichlar va boshqalar uchun shkaflar hamda tokchalar bilan jihozlangan bo‘lishi zarur. Tezkor chiqadigan va ta’mirlash brigadalari, laboratoriyadagi yoki shaxsiy foydalanishda bo‘lgan elektr himoya vositalari quti, sumka yoki jildlarda saqlanishi lozim. Kuchlanish ostida ta’mirlash ishlarini olib borishda ishlatiladigan izolatsiyalovchi vositalar quruq va havosi shamollatiladigan xonalarda saqlanishi, ularni tashqarida va ochiq havoda vaqtinchalik saqlaganda jildlarga solingan bo‘lishi zarur. Izolatsiyalovchi qurilmalar va moslamalarni ishlatishdan oldin quruq latta bilan artish, ishlatish mobaynida namlanishiga yo‘l qo‘ymaslik talab qilinadi. Izolatsiyalovchi vositalar namiqqan bo‘lsa, ularni quritish va navbatdan tashqari elektr sinovidan o‘tkazish darkor. Himoya vositalari holatini nazorat qilish va ularning hisobini olib boorish.Raqamlanishi zarur bo‘lmagan gilamchalar, tagliklar hamda xavfsizlik plakatlari va belgilaridan tashqari, ishlatilayotgan barcha izolatsiyalovchi himoya vositalari, himoya belbog‘lari ham raqamlangan bo‘lishi zarur. Elektrostansiya, elektr tarmoqlari va podstansiyalarda har bir himoya vositasi uchun alohida raqamlanadi. Inventar raqamlar bevosita himoya vositasiga yozib qo‘yiladi.
Agar himoya vositalari bir necha bo‘laklardan iborat bo‘lsa (kuchlanish ko‘rsatgichlari, izolatsiyalovchi shtangalar va hokazolar), ushbu vosita uchun umumiy bo‘lgan raqam jami bo‘laklarga alohida yozilishi zarur. Himoya vositalarining raqami barcha bo‘laklarda bir xilda bo‘lsa, zavod raqamini ko‘llash mumkin. Elekrostansiya sexlari, podstansiya (markazlashtirilgan xizmat ko‘rsatilganda bo‘lim va uchastkada), laboratoriya, qurilish-montaj tashkilotlari uchastkalari va boshqa joylarda himoya vositalarini hisobga oluvchi va holatini nazorat qiluvchi, ularning nomi va raqami qayd qilingan, saqlanish joyi ko‘rsatilgan, vaqti-vaqti bilan sinash va ko‘rikdan o‘tkazish muddati ko‘rsatilgan qayd etish jurnali olib borilishi zarur. Jurnal tavsiya qilingan shaklda to‘ldirilib borilishi va har 6 oyda bir marta himoya vositalari holatiga javobgar ma’muriy texnik xodim tomonidan nazorat qilib turilishi zarur. Shaxsiy foydalanishda bo‘lgan himoya vositalari ham, himoya vositalarini hisobga olish va saqlash jurnalida qayd qilinishi, ularning berilgan vaqti va xodimning vositani olganligi to‘g‘risidagi imzosi bo‘lishi zarur.
Himoya vositalari tayyorlangandan so‘ng har bir himoya vositasi namunasini qabul qilish va topshirish, davriy (vaqti-vaqti bilan) va namunaviy sinovlardan o‘tkazish talab qilinadi (GOST 16504-81). Ishlatilayotgan himoya vositalari davriy va navbatdan tashqari (ta’mirlashdan keyin o‘tkaziladigan) sinovlardan o‘tkazilishi lozim. Izolatsiyalovchi tagliklar, dielektrik gilamchalar, ko‘chma yerga ulagichlar, to‘siqlar, plakat va belgilardan tashqari, zavodlardan yoki omborlardan ishlatish uchun olingan hamma himoya vositalari ishlatish sinovlari me’yorlari bo‘yicha sinovdan tekshirilishi shart.
Izolatsiyalovchi dastakli uskuna va 1000 V gacha bo‘lgan kuchlanish ko‘rsatgichlaridan tashqari, sinovga bardosh bergan barcha himoya vositalariga quyidagi shakllarda keltirilgan shtamplardan biri qo‘yilishi zarur.



Download 1.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling