Hayot faoliyati xavfsizligi reja: Mehnatni muhofaza qilishda ergonomikaning ahamiyati
Fuqaro muhofazasi (FM) tadbirlarini moddiy-texnik ta’minlash, moddiy-texnik tizimlar vazifalari
Download 43.14 Kb.
|
HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalaniladigan adabiyotlar ro’yxati
3. Fuqaro muhofazasi (FM) tadbirlarini moddiy-texnik ta’minlash, moddiy-texnik tizimlar vazifalari
FM tadbirlarining oldiga qo‘yilgan masalani muvaffaqiyatli amalga oshirishda har tomonlama va zamonaviy moddiy-texnikaviy ta’minoti (MTT) bilan ta’minlash asosiy shartlar hisoblanadi. Moddiy ta’minlash FM tuzilmalarni muhofaza texnik vositalari, aloqa vositalari bilan, radiatsion va ximiyaviy razvedka asboblari, yonilg‘imoylash materiallari, dori-darmonlar, oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-kechak mollari va boshqa vositalari bilan, FM tadbirlarini o‘tkazish uchun kerakli hajmda, o‘z vaqtida ta’minlashni tashkil etishdan va amalga oshirishdan iborat. Texnik ta’minlash FM vazifalarini hal qilishga jalb etiladigan texnikadan to‘g‘ri foydalanish, unga xizmat ko‘rsatishni, uni tuzatish va evakuatsiya qilishni tashkil etishdan va amalga oshirishdan iborat bo‘ladi. FM ni moddiy ta’minlashning vazifalari. - moddiy ta’minlash rejalarini ishlab chiqish va ularga tuzatish kiritib turish; - kerakli muhofaza vositalari maxsus texnika, asboblar va boshqa narsalar zahirasini yaratish; - tuzilmalarni texnika va buyumlar bilan ta’minlash; - oziq-ovqat va boshqa boyliklarni FV dan muhofaza qilinish vositalarini takomillashtirish; - moddiy ta’minot tuzilmalarini FV sharoitida ishlashga tayyorlash. «Fuqaro muhofazasi to‘g‘risida» qonunda FM MTT ga e’tibor berilgan bo‘lib, uning 9, 10, 11 moddalarida Vazirliklar, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari va tashkilotlar o‘z vakolatlari doirasida FM moddiytexnika, tibbiy va boshqa har xil vositalar zahirasini yaratadilar, ularning to‘planishi, saqlanishi, yangilab borishi va shay holatda saqlab turishi ustidan nazoratni amalga oshiradilar va unga javob beradilar. Texnik ta’minotni vazifalari. - ishdan chiqqan texnikani ta’mirlashni tashkil etish; - mashinalarga belgilangan muddatlarda va to‘liq hajmda texnik xizmat ko‘rsatish; - ta’minlash korxonalari va tizimlariga zahira qismlar va ta’mirlash materiallarini yetkazib berish; - buzilgan texnikani ularni to‘plash punktlariga yoki muqim ta’mirlash korxonalariga jo‘natish; - texnikani ta’mirlash va evakuatsiya qilish kuch va vositalarini tayyorlash. FV bartaraf etish uchun Respublika Vazirlar Mahkamasi moliya zahira fondi. FV bartaraf etishda birinchi navbatda bajariladigan ishlar uchun moddiy vositalar bazasi zahirasi, davlat tarkibidagi zahiraga yig‘ilgan respublika byudjeti mahsulotlari ishlatiladi. Favqulodda vaziyatlar talafotlarini bartaraf etish uchun birinchi navbatda safarbarlik ehtiyojlarini ta’minlash va iqtisodiy turg‘unlashtirish maqsadida 1996 yil 26 avreldagi №159-31 raqamli O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori asosida O‘zbekiston Respublikasi Davlat zahirasida qimatbaho mahsulotlarni saqlashning hajmi va tasnifi tasdiqlangan. Unda: - respublikada moliyaviy va moddiy mahsulotlar zahirasi ministrlik va tarmoq mahsulotlari hisobidan; - mahalliy hokimiyat organlari moliyaviy va moddiy mahsulotlar zahirasi-mahalliy hokimiyat organlari byudjeti mahsulotlari hisobidan; - ob’ekt moliyaviy va moddiy mahsulotlar zahirasi-korxona va tashkilotlarning xususiy mahsulotlari hisobidan; - tabiiy ofatdan zarar ko‘rganlarga qizil yarim oy aholiga yordam ko‘rsatish jamiyatining omborlari va zahira mahsulotlari hisobidan yaratiladi deyilgan. Zahirada saqlanadigan qimmatbaho materialar hajmi shartli ravishda ikkiga bo‘linadi: 1 guruh - FV sharoitida zarar ko‘rganlarga birinchi navbatdagi yordam ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan. 2 guruh - qayta tiklash uchun FV talofatlarini bartaraf etish uchun mo‘ljallangan. Birinchi guruhga quyidagilar: maxsus kiyim, oyoq kiyim, tuzilmalarni ta’minlash uchun qurol-aslaha, asbob-uskuna; palatkalar, harakatlanuvchi elektrostansiya va elektr uzatgich uskunalari; adyol, yostiq, ko‘rpa-to‘shaklar; aloqa apparatlari va uskunalari; 3-5 sutkaga mo‘ljallangan mahsulot va kiyim kechaklar; birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish uchun dori-darmon zahirasi va uskunalari. Ikkinchi guruhga quyidagilar kiradi: qurilish mahsulotlari, 10 kunga mo‘ljallangan oziq-ovqat mahsulotlari; gazsizlantirish va harakatsizlantirishni o‘rnatish uchun materiallar va asbob, uskunalar; yoqilg‘i va moylash mahsulotlari injenerlik texnikasi va mexanizmlari. Moddiy mahsulotlar zahirasi hajmini to‘g‘ri tashkil etishni aniqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi FVV tarmoq sohalari joylashgan hududlarida bashorat qilinishcha bo‘lishi mumkin bo‘lgan tabiiy ofatlar natijasida FV dan ogohlantirish va bartaraf etish uchun zarur bo‘lgan moddiy mahsulotlar, katastrofa avariya sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan ob’ektlar hisob-kitobini qilinishini tavsiya etadi. Hisob-kitoblar ob’ektlardagi ishchilar, xizmatchilarni, atrofda ishlovchi aholini bashorat qilinayotgan sanitariya holati buzilishini, talafot yo qurbonlarsiz bo‘lishini ta’minlab berishi kerak. Hisob-kitoblarda moddiy mahsulotlar zahirasini tashkil etish, chiqim xarajatlariga kerak bo‘ladigan zaruriy pul miqdorini ajratish ko‘zda tutilishi lozim. Uzdavzahiraning yozma bayonnomasisiz ob’ektlardagi moddiy texnika zahira mahsulotlarini FVlarni bartaraf etish uchun ishlatish man’ etiladi. FM tadbirlarini olib borishni moddiy ta’minlash uchun quyidagi xizmatlar ishlatiladi: 1. Savdo va oziq-ovqat bilan ta’minlash xizmati; 2. Moddiy texnik ta’minot xizmati; 3. Yoqilg‘i, moylash materiallari bilan ta’minlash xizmati. Savdo va oziq-ovqat bilan ta’minlash xizmati kooperativ savdosi tegishli organlari, umumiy ovqatlanish boshqarmasi va uning tarkibidagi restoranlar, oshxonalar, savdo korxonalari, baza va omborlar negizida tashkil etiladi. Bu xizmatning vazifalari: - shaxsiy tarkibni issiq ovqat yoki suxoy payok bilan ta’minlash; sanitariya yuvish punktlari va 1-chi tibbiy yordam otryadlarini almashib kiyiladigan kiyim bosh, ich kiyim va poyabzal bilan ta’minlash; FV sharoitida ishlaydigan korxanalarni eng ko‘p sonli smenalari uchun, boshqarish punktlarining va aloqa uzellarini shaxsiy tarkibi uchun 3 kunlik oziq-ovqat zahirasini g‘amlab qo‘yish; oziq-ovqat, buyum va boshqa mol-mulklar zahirasini radioaktiv va ZM dan muhofaza qilish tadbirlarini o‘tkazish. Bu xizmat boshlig‘i xizmatni tezlikda boshqarish uchun quyidagi guruhlarni tashkil etish mumkin: - tezkor rejalashtirish va oldindan ta’minlash guruhi; - ko‘chirish (evakuatsiya) guruhi; - barqarorlik (chidamlilik) guruhi; - aloqa va boshqarish guruhi; - ishchi va xizmatchilarni muhofaza qilish guruhi; - moddiy va shaxsiy muhofazalanish bilan ta’minlash guruhi. Tashkil etilgan guruhlarning har biriga sharoitga qarab aniq vazifalar yuklatiladi va ular quyidagilardan iborat: a) tezkor rejalashtirish va oldindan ta’minlash guruhiga: - FM ahvolini yaxshilash yuzasidan rahbariyat hujjatlarini rejalashtirish va ishlab chiqiщ, sharoit haqidagi ma’lumotlarni yig‘ish va umumiylashtirish, FM tadbirlarini ta’minlashni tashkil etish yuzasidan takliflar tayorlash; - xizmat tuzilmalarini hisobga olib borish; - rejalash, tezlik bilan bajarilishi zarur bo‘lgan va hisobot hujjatlari loyihalarini tayorlash; - xizmat kuchlari va vositalari boshqarilishni, shuningdek FM boshqa xizmatlari bilan o‘zaro hamkorlikni tashkil etish av amalga oshirish; - xizmat ob’ektlari bardoshligini oshirish masalalarini ishlab chiqish; - xizmat tuzilmalarini sonini, texnik ahvolini, jihozlanganligini, shuningdek ushbu xizmat ishchi va xizmatchilari shaxsiy muhofaza vositalarini hisobga olib borish. b) ko‘chirish (evakuatsiya) guruhiga: - evakuatsiya qilinishi yoki taqsimlanishi kerak bo‘lgan ishchi xizmatchilar, ular oila a’zolarini hisobga olib berish; - ob’ektlardagi evakuatsiya qilinishi kerak bo‘lgan odamlar ro‘yxati tuzilib borishini nazorat qilish; - ishchi, xizmatchilar, ular oila a’zolarini evakuatsiya bo‘ladiganlar yig‘ilish punktlari (EYP)ga yig‘ilishni tashkil etish va ularni evakuatsiya qilishga rahbarlik qilish; - xizmtalarni oziq-ovqat mahsulotlarni, masalliqlarni va boshqa moddiy vositalarni bo‘lib-bo‘lib yuborish va evakuatsiya qilish. v) barqarorlik (chidamlilik) guruhiga: - ob’ektning ishlashi barqaror bo‘lishi o‘rganishga qaratilgan ishlarni va tadbirlarni rejalashtirish va bajarish; - ob’ektlar ishlashi natijalarini tahlil etish, umumiylashtirish va barqarorligini oshirish tadbirlarini ishlab chiqish; - xizmat ob’ektlari va boshqarish tizimi ishlashi barqarorligini oshirish tadbirlarini rejalashtirish. g) aloqa va boshqarish guruhiga: - xizmatning xabar berish va ob’ektlar bilan aloqa qilish rejasini ishlab chiqish, unga tuzatishlar kiritib borish; - boshqarish va aloqa vositalarini ishlab chiqish, takomillashtirish; - boshqarish punktlari ish qoidalarini, rejimini ishlab chiqish va ular bajarilishini nazorat qilish; - tinchlik va urush harakatlari paytida xizmat ob’ektlariga rahbarlik qilishni o‘rganish, takomillashtirish. d) ishchi va xizmatchilarni muhofaza qilish guruhiga: - mavjud pana joylar, yashirinish joylarini hisobga olib borish, ularni radiatsiyadan yashirinish joylariga moslashtirish uchun tadbirlarni bajarish, ularni qurilishini nazorat qilish; - xizmatga tegishli ob’ektlarda FM shaylik holati o‘rnatilgan zahoti ob’ektlardagi yetishmay turgan yashirinish joylari qurilishiga rahbarlik qilish va uni nazorat qilish. ye) moddiy va shaxsiy muhofazalanish vositalari bilan ta’minlash guruhiga: - ko‘chma tuzilmalarni texnik va moddiy jihozlanishni tashkil etish, ularni oziq-ovqat va mol-mulk zahiralari bilan to‘ldirib borilishini rejalashtirish; - xizmat va ko‘chma tuzilmalarni FM vazifalarini bajarishi qanday bo‘layotganligi nazorat qilish; - harbiy xarakatlar vaqtida toifalangan shaharlarga keladigan yuklar manzilini o‘zgartirib, yangi joyga yuborish; - moddiy boyliklarni normadan ortiq zahiralarini toifalangan shaharlardan tashqari zonaga transportda tashishini tashkil etish. Moddiy texnik ta’minot xizmati. FM vazifalarini bajarishga jalb qilingan moddiy-texnika vositalaridan foydalanish tadbirlarini amalga oshirishdan, shikast o‘chog‘larida ishlayotgan harbiylashmagan tuzilmalar vaqtida ta’minlashning tashkil etishdan iborat. Bunda FM tuzilmalari shaxsiy muhofaza vositalari, maxsus asboblar va texnika qurilish materiallari, degozatsiya moddalari va maxsus kiyim bilan o‘z vaqtida to‘liq ta’minlanadi. Ushbu xizmat vazifalari: - ta’minot bazalari, omborlar tarmog‘larni takomil-lashtirish, kengaytirish; - moddiy vositalarini OQQdan muhofaza qilish usullarini takomillashtirish; - FM tuzilmalari shaxsiy tarkibini shaxsiy himoya vositalari, kimyoviy razvedka va dozimetrik nazorat asboblari bilan ta’minlash. - mahalliy moddiy resurlarini tashish, hisobga olish, shahardan tashqari zonada moddiy zahiralar va texnik vositalar tashkil etish; - xizmat shaxsiy tarkibini alohida sharoitdagi hatti-harakatlarga tayorlash; - bazalarning, omborlarning zaharlanganlik darajasini nazorat qilish hamda ularni zaharsizlantirish ishlarini olib borish; - xizmat kuch va vositalarini FM tadbirlarini moddiy ta’minla vazifalarini hal etishga tayorlash. FM tadbirlarini ta’minlash uchun MTT xizmatiga tegishli kuch va vositalar baza, ombor, do‘kon va ob’ektlar noharbiy tuzilmalaridan iborat bo‘lib ular tarkibida: - mexanizatsiya va yuk ortish-tushirish bo‘limi; - yuk tashish uchun avtomobil karvonlari tashkil etilishi mumkin. FMni yonilg‘i moylash materiallari (YoMM) bilan ta’minlash xizmatini vazifalari hal etishga jalb qilingan maxsus texnika va transportni YoMM bilan to‘liq va vaqtida ta’minlashdan iborat. FMni YoMM bilan ta’minlash xizmatlari tegishli shahar, tuman hokimligining qaroriga asosan tashkil etiladi. YoMM bilan ta’minlash xizmatini asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: - o‘ziga qarashli ob’ektlardagi ishchi va xizmatchilarni, uskuna va moddiy boyliklarni OQQ dan muhofaza qilish; - xizmatlarning ob’ektlarda ishlashi barqarorligini oshirish, ularda FM harbiylashmagan tuzilmalarni tashkil etishga rahbarlik qilish, ularni tayyorligi va shayligini nazorat qilish; - FM tadbirlari uchun va xalq xo‘jaligi shoshilinch ehtiyojlari uchun zarur neft mahsulotlarini belgilangan zahiralarini yaratish, saqlash va FM tadbirlarini YoMM bilan uzluksiz ta’minlash; - FM tadbirlarini ta’minlashga xizmatning kuch va vositalarini va shuningdek ko‘chma tuzilmalarini tayyorlash; - FM va urush vaqtida neft bazalari xo‘jaligi ishonchli boshqarilishini ta’minlash tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish; - xizmatning ob’ektlarida shoshilinch maxsus avariya qayta tiklash ishlari o‘tkazilishini ta’minlash. FM tadbirlarini YoMM bilan ta’minlash xizmatining kuch va vositalariga neft bazalari, ularning filliallari va YoMM omborlari; avtoyonilg‘i qo‘shish shoxobchalari; ko‘chma avtoyonilg‘i qo‘yish shoxobchalari kiradi. Foydalaniladigan adabiyotlar ro’yxati Introduction to Health and Safety at Work. Phil Hughes, Ed Ferrett. The Boulevard, Langford Lane, Kidlington, Oxford OX5 1GB, UK. ISBN: 978-0-08-097070-7. Ҳаёт фаолияти хавфсизлиги ва экология менежменти (чизмалар, тушунчалар, фактлар ва рақамларда): дарслик / А.Нигматов, Ш.Мухамедов, Н.Хасанова. – Т.: Наврўз. 2014. – 199 б. Ҳаёт фаолияти хавфсизлиги ва экология. Сапаев М.С., Қодиров Ф.М. Ўқув қўлланма, Тошкент-“Алоқачи”-2019, 276 б. Download 43.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling