Hayot faoliyati xavfsizligining komfort sharoitlari, ishchi о‘rnini ergonomikasini о‘rganish
Psixologik yuklanishni kamaytirish
Download 114.87 Kb.
|
Hayot faoliyati xavfsizligining komfort sharoitlari, ishchi о\'rnini ergonomikasi (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Shin a m ishchi muhitini ta minlash - ishlab chiqarish ziddiyatini yaxsxilash. 3. Ishning qulayligini ta’ minlash
- 4. Ishlab chiqarishni ratsional tashkil qilish
- 6. Fiziologik yuklanishni kamaytirish
1. Psixologik yuklanishni kamaytirish: .
- nazorat tizimlarini avtomatlashtirish; - ishlab chiqarish jarayonlarini stabillashtirish; - ish xavfsizligini ta'minlash; - jihozlar ishining ishonchliligini ta'minlash; - me'yoriy darajagacha ma'lumotlar hajmini kamaytirish; - sozlash va nazoratning qulay (ratsional) tizimlarini tashkil qilish; - nazorat va sozlash tizimlarini markazlashtirish. 2. Shinam ishchi muhitini ta' minlash - ishlab chiqarish ziddiyatini yaxsxilash. 3. Ishning qulayligini ta’ minlash- bunda qulay bo'lgan jihoz, mebel, asbob, maxsus kiyimlarni yaratish va ishiatish, hamma jihozlarni badiiy konstruksiyalarini yaxsxilash kiradi. 4. Ishlab chiqarishni ratsional tashkil qilish: - jihozlarni ratsional joylashtirish; - ishchi zonani to'g'ri tashkil qilish; - tashish va o’tish ishlarini kamaytirish; - ishlash va dam olishni to' g' ri tashkil qilish; - maishiy xizmat qilishni to’ g’ ri tashkil qilish. 5. Kadrlar bilai ishlash: - bunga kasbiy tanlash, instruktaj o’tkazish, tajriba almashish, kasbiy o'qitish va malaka oshirish kiradi. 6. Fiziologik yuklanishni kamaytirish: - shinam havo iqlimini va yorugligini yaratish; - shovqin va titrashga qarshi kurash tadbirlari; - iarayonlarni mexanizatsiyalash va avtomatizatsiyalash hamda jihozlarni yaratish; - ish joyini to’g’ri tashkil qilish; - ishchi zonani to'g'ri ta'minlash; - ratsional harakatlanishni tanlash; - boshqarish qismlarini to’g'ri tanlash va joylashtirish; - boshqarishni markazlashtirish. Ma’lumotlani aks ettiruvchi vositalar (MAAV) ishlab chiqarish jarayonining, hamda alohida jism va mexanizmlar ish rejimining borishi haqida ma’lumotlar qabul qilib turish uchun xizmat qiladi. Bu vositalardan inson agar texnologik jarayonni bevosita o’zi kuzata olmaganda yoki uning sonli va sifatli holatini mustaqil baholay olmaganda foydalanadi. Operatorning sezgi a’zolariga ta’sir qilishga qarab MAAV quyidagi: vizual, akustik va taktik turlarga bo’linadi. MAAVlarga quyidagilar: yozuvli yoki simvolli taxtani yorituvchi cho’g’lanuvchi lampalar, strelkali-shkalali o’lchov asboblari, har xil ko’rsatkichlar, hisoblagichlar, ovozli ohanglar, sirenalar, ekranlar, sxemalar va hokazolar kiradi. Ular o’z prinsipiga ko’ra quyidagi ha- yoq’ degan ma’lumotni berishi mumkin (ya’ni mashina ishlayapti yoki yo’q; birorta o’lcham me’yorida yoki yo’q), ba’zan o’lchamning sonli o’zgarishini ko’rsatadi. Tovush signallari avariya (800-5000Gs chastota, tovush bosimi darajasi 90-100 dB oraliqlarda), ogohlantiruvchi (200-80 Gs, 80-90 dB) va xabar beruvchi (200-400 Gs, 30-80 dB) signallarni berish uchun ishlatiladi. Ogohlantiruvchi va avariya signallari uziluvchan qilib amalga oshiriladi va alohida signallarning eshitilish uzunligiga teng va ular oralig’idagi interval kamida 0,2 sekundgacha bo’ladi. Signal tovushini bosimining darajasi ishlab chiqarish jarayoni shovqin darajasidan kamida 10-16 dB ga baland bo’lishi lozim. Traktorlarda tovush signalining darajasi traktor shovqinidan kamida 6 dB ga kabinasida va traktordan 1 metr masofada 8 dB ga baland bo’ lishi kerak. Ergonomika boshqaruv turadigan post (joy)ini ratsional tashkil qilishning umumiy prinsiplarini, ularda asosiy va qo’shimcha jihozlarning joylashishini belgilaydi. Bu masaladar turkumiga boshqarish joyining tashqi (masalan, alohida qism va devorlarning bo’yalishi) psixologik, fizologik - gigiyenik va estetik talablarni hisobga olgan holda bezatilishi kiradi. Avtomatlashgan boshqarish tizimlarida operator ish joyining asosiy elementiga panel kiradi. U shunday joylashishi kerakki, undagi asboblarning yuza tekisligi operatorni qarash chizig’iga perpendiqo’lyar bo’lishi kerak. Boshqarish pultidagi boshqarish qismlari qulay va qo’l yetadigan bo’lishi lozim. Pultning umumiy balandligi pol sathidan ko’pi bilan 120 sm balandlikda bo’lishi kerak. Unda yozuvlar uchun 10x20 sm dan 30x40 sm gacha o’lchamdagi tekislik ajratiladi. Oyoqlarning erkin joylashishi va harakatlanishiga balandligi - 63 sm, kengligi 50 sm va chuqurligi 45 sm bo'Igan bo'shliq ko'zda tutiladi. Pultda harakatning eng qulay zonasi 70 sm bilan chegaralanadi. Boshqaruv qism (organ)lari boshqarilayotgan ta'sirni insondan mashinaga uzatish: uni harakatga keltirish, ishchi qismlarni to'xtatish, talab qilingan ish rejimini belgilash, ma’lumotlarni kiritish yoki olish va hokazo vazifalarni bajarish uchun xizmat qiladi. Boshqarish qismlari yurituvchi element va ijro qiluvchi qismlardan iborat, shundan yurituvchi elementlarga eng qattiq ergonomik talablar qo'yiladi. Boshqarish qismlarining konstruksiyasi insonning harakatlanuvchi apparatiga mos bo'lgan ruxsat qilingan me'yoriy yuklanishni va uning antropometrik tavsiflariga binoan boshqarishni amalga oshirishda zarur aniqlik va harakat tezligini tez aniqlashni ta'minlashi lozim. Boshqarish qismlari qo’l va oyoq orqali bajariladigan qilib ishlanadi. Qo'l bilan boshqarish ancha aniq bolib, oyoq orqali boshqarishga nisbatan ustun turadi. Boshqarish qismlari ko'p bo'lganda yoki ularni katta kuch bilari ishlatganda, qo'llarni ozod qilish uchun oyoq yuritmalari qollaniladi. Boshqarishni qismlarining yurituvchi elementlari shakli va o'lchamlari qo'l bilan ushlaganda, ishonchli va toymaydigan bolishi, ularning materiallari zaharsiz hamda zarur holatlarda issiqlik, elektr o'tkazmaydigan bo'lishi kerak. Qo'l bilan boshqarish qismlari shunday joylashish kerakki, bunda operator qo'llari 90-135° burchakka bukilgan holda ularni bemalol siljita olsin. Boshqarish pedallari operator gavdasining ko'ndalang o'qiga yaqin joylashtiriladi (100 mm dan katta bo'lmagan qiyalikda). Pedallar orasidagi masofa ikkala oyoq uchun 200-400 mm bo'lishi hamda toymaydigan qilib yasalgan bo'lishi kerak. Boshqarish qismlari qo'l yoki oyoq og'irligi ostida tasodifan qo'sqilib qolish ehtimolini kamaytirish uchun ular yetarli darajada qarshilikka ega bo’lishi kerak.Boshqarish qismlarini harakatga keltirishga sarflanadigan kuch haddan tashqari ko'p yoki kam bo'lmasligi lozim, aks holda u operatorning jismoniy toliqishiga yoki harakat aniqligining yo'qolishiga olib keladi. Qo’lda ko'p ishlatiladigan qismlar minimal kam kuch bilan boshqarilishi kerak. 2.1-jadvalda boshqaruv qism (organ)lariga qo'yiladigan optimal kuch qiymatlari keltirilgan. Boshqarish qismlari va ma'lumotlarni aks ettiruvchi vositalar har xil seziladigan va tez topiladigan joyda o'rnatilgan bolishi lozim. Buning uchun ularga yoki ular joylashgan yerda tushuntirish yozuvlari yoki ma’noli simvollar keltirilishi hamda ularni bar xil olcham, shakl va ranglaida ishlanishi lozim. Download 114.87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling