Hayot faoliyati xavfsizligining madaniyatini shakllantirish asoslari


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet46/83
Sana18.11.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1785763
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   83
Bog'liq
Hayot faoliyati xavfsizligi madaniyatini shakllantirish asoslari

 
 


155 
VI.3. Korporativ darajada hayot faoliyati xavfsizligi madaniyatini 
shakllantirish chora-tadbirlari 
HFXM korporativ darajada rivojlantirish bo‗yicha perspektiv chora-
tadbirlar quyidagilardir:
- HFXM obektlarini korporativ darajada shakllantirishni yanada 
takomillashtirish, ularning asosiy sifat va xossalarini asoslash;
- bu sifat va xossalarga ta‘sir ko‗rsatishning turli uslub va vositalarni 
ta‘sirchanligini baholash, korporativ darajada hayot faoliyati xavfsizligi 
madaniyatini shakllantirish chora-tadbirlarining ratsional (samaraligi va 
tejamligi nuqtai nazaridan) tarkibini asoslash;
- korxona, tashkilot va muassasalar personalining individual oriyentirli 
qadriyatlarini baholash bo‗yicha ijtimoiy va ekspert savolnomalar o‗tkazish, 
hayot faoliyatni xavfsizligi soxasida yuksak maqsadlar va qadriyatlarni 
shakllantirish bo‗yicha takliflarni ishlab chiqish;
- ishlovchi aholi, qutqaruv xizmatining shaxsiy tarkibini ahloqiy ruhiy 
tayyorgarligining ilmiy uslubiy asoslarini yaratish;
- havfli va favqulotda vaziyatlarda jabrlangan personalni ahloqan va ruhan 
oqlash bo‗yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish;
- hayot faoliyatni xavfsizligi soxasidagi personallarni moddiy va ma‘naviy 
rag‗batlantirish mexanizmini ishlab chiqish;
- kasbiy etika (kasbiy ahloq)ning rivojlanishning ilmiy uslubiy asoslarini
yaratish, korxona, tashkilot va muassasalarning xizmatchilarini namunaviy 
vijdon kodeksini ishlab chiqish;
- mehnat jamoalardagi qulay ahloqiy va ruhiy holatini yaratish (hayot 
faoliyatni xavfsizligi nuqtai nazaridan) bo‗yicha uslubiy takliflarni yaratish;
- hayot faoliyatni xavfsizligi soxasini o‗rganuvchi ishchi, aholi va qutqaruv 
xizmatining shaxsiy tarkibi uchun aniq matematik shakldagi bilim va 
ko‗nikmalar massivlarini, xizmat funksiyalarini, mehnat operatsiyalarini shaklan 
bayon etishini o‗z ichiga olgan zamonaviy ilmiy ishlanmalardan foydalanib,
ishchi dasturlarni yaratish;


156 
- yangi uslub va o‗qitish usullarini, ilg‗or informatsion bilim 
texnologiyalarini rivojlantirish, o‗quv jarayonida multimediali darsliklardan, 
kompyuterli o‗rgatuvchi va o‗yin dasturlaridan foydalanish, faol ilg‗or o‗quv 
shakllarini, shu jumladan, masofaviydan foydalanish;
- o‗quv moddiy bazanirivojlanish darajasini oshirish, kompleks va maxsus 
o‗quv sinflarini, binolarini, shaharchalarini yaratish, zamonaviy texnik, o‗quv 
axborotlarini aks ettirishning audiovizual vositalarini, maxsus (shu jumladan, 
virtual) trenajerlarni tatbiq etish;
- ishlovchi aholi, FVV shaxsiy tarkibi va qutqaruvchilar uchun maxsus 
darsliklar va o‗quv qo‗llanmalar ishlab chiqish;
- tarbiyachiik mahoratni oshirish, o‗qituvchilar, sikl rahbarlar faoliyatini 
rivojlantirish, o‗qish tarkibini ratsional tashkil etishni qidirish va tanlash;
- ishlovchi aholi, FVV shaxsiy tarkibi va qutqaruvchilar, shu jumladan,
havfli va favqulotda vaziyatlarda bilim va ko‗nikmalarining darajalarini 
baholash vaqtida, kriterial apparatni va usullarini rivojlantirish, jarohatlanish 
o‗chog‗idagi sharoitlar o‗quv sharoitlariga mos kelishini qayd qiluvchi 
koeffitsiyentlar tizimini ishlab chiqish;
- hayot faoliyatni xavfsizligi soxasida o‗quv obektlarni, plakatlarni, o‗quv 
dasturlarni darsliklarning mazmuni va tarkibi, ilmiy yondashuvini va 
asoslanishini ratsional ta‘minlash;
- ishlovchi aholi, FVV shaxsiy tarkibi va qutqaruvchilarni havfli va 
favqulotda vaziyatlardan muhofazalashning usul va ko‗nikmalarni bilib 
olishning meyorlar kompleksini ishlab chiqish va amalda qo‗llash;
-havfsiz turdagi korporatsiyaning sifat va xossalarini oydinlashtirish va 
sonli parametrlashtirish;
- HFXM korporativ darajada rivojlantirishni havfsizlik borasida vakolatli
batafsil, sonli baholashni ta‘minlash maqsadida korxona, tashkilot va 
muassasalarni 
xavfsizlik 
borasidagi 
xolatini 
tekshirish 
bo‗yicha 
tavsiyanomalarning kamu-ko‗stini tuzatish;
- HFXM shakllantirish bo‗yicha ishlovchi aholiga ko‗rsatiladigan xizmatlar 


157 
darajasini baholash bo‗yicha ko‗rsatkichlar tizimini, baholash shkalalarini, 
uslubiy yondashuvlarni ishlab chiqish va boshqalar.

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling