Hayot faoliyati xavfsizligining madaniyatini shakllantirish asoslari


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/83
Sana18.11.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1785763
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   83
Bog'liq
Hayot faoliyati xavfsizligi madaniyatini shakllantirish asoslari

Rasm.8. Insonning hayot faoliyatidagi ruhiy holatlari . 
Shaxsning xavfsizligi madaniyati eng kamida bir qator qo‗shimcha 
komponentalarni o‗z ichiga oladi - hayot faoliyatini xavfsizligina bo‗lib 
qolmay, balki shaxsiy sabablar, o‗z-o‗zining tajribasini takomillashtirish orqali 
hayot faoliyatini xavfsizligiga tayyorligini ko‗rsatishdir. Bundan shu narsa 
ko‗rinadiki, (shaxsni) ―xavfsizlik madaniyati‖ tushunchasi (insonning) ―hayot
faoliyatini xavfsizligi‖ tushunchasidan kengroqdir. 
Demak, insonning hayot faoliyatini xavfsizligi - xavfsizlik madaniyatining 
shaxsda gavdalanishini asosiy tarkibi hisoblanadi.
Yevropa Hamjamiyatida mehnatni muxofaza qilishga katta e‘tibor bilan 
qaralyapti. Texnik modernizatsiyasini yangilanishiga qarab, faoliyat bilimini 
yangilash va rivojlantirish, jarohatlanishning oldini olish madaniyatini 


16 
tarbiyalash bo‗yicha ishlar to‗xtovsiz olib borilmoqda.
Strasburgdagi (noyabr 2001y.) Konferensiyada mehnatni muxofaza qilish 
bo‗yicha o‗qitishni nafaqat korxonalarda va professional o‗quv markazlarida
balki bevosita maktablarda ham olib borish masalasi ko‗rilgan edi.
«Yevropa Hamjamiyatining mehnatni muxofaza qilish bo‗yicha 2002–2006 
y mo‗ljallangan Strategiyasi» xujjatida mehnat jarayonida ishtirok etuvchilar 
tavakkalning oldini olish asl madaniyatni barpo etish uchun kerakli darajada 
bilimga ega bo‗lishlari kerak deb qayd etilgan. Bunday qarashni amalga 
oshirish uch elementni: mehnatni muxofaza qilish bo‗yicha bilim olish, har 
qanday xolatda tavakkalni yuzaga kelishi mumkinligini anglab yetish
texnikaning yangilanishi yoki ijtimoiy o‗zgarishlar oqibatida yangi tavakkalni 
paydo bo‗lishini avvaldan ko‗ra bilishni uddalash birgalikda olib borish ko‗zda 
tutiladi.
Respublikamiz Prezidenti SH.M. Mirziyoyevning 2016 yil dekabr oyida 
olimlar bilan bo‗lgan uchrashuvida ta‘lim tizimi raqobatbardosh bo‗lishi, aks 
xolda ta‘lim sifati zamonaviy talablardan uzilib qolishi kuzatilishi mumkinligini 
aytdi. Bu tizimning asosiy funksiyalardan biri keltirilgan muammolarni 
yechishda madaniy intellektual ta‘minot bo‗lishi, tazyiq va xavflarga qarshi tura 
olishi kerak. Bu masalani hal qilishda O‗zbekiston Respublikasi FVV o‗z 
faoliyatini boshlaganidan buyon jamiyatda hayot faoliyati xavfsizligining 
madaniyatini shakllantirishga yo‗naltirgan bo‗lib, jamiyatda hayot faoliyati 
xavfsizligi madaniyatini shakllantirish jarayonida aholini barcha guruhlarida 
fuqaro muxofazasi, FVlardan muxofazalanish, yong‗in xavfsizligi va suv 
obektlarida xavfsizlki soxasida bilimlarni berishga adolatli urg‗u berilishi 
zarurdir.
5
Bu tizimning faoliyat ko‗rsatishidan asosiy maqsad Respublika aholisini 
tabiiy, texnogen va harbiy favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda xavflardan 
5
Mirziyoyev SH.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta‘minlash – yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. O‗zbekiston 
Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilinganining 24 yilligiga bag‗ishlangan tantanali marosimdagi ma‘ruza. 2016 yil 7dekabr –
T.:―O‗zbekiston‖NMIU,2016.– 48 b. 


17 
muxofazalanish usullarini o‗rgatishdan iborat.
Zamonaviy informatsion-kommunikatsion texnologiyalardan foydalanishga 
asoslangan respublikamizda yaratilayotgan odamlarning ommaviy yig‗ilgan 
joylarda Umumrespublikaviy aholiga xabar berish va ma‘lumotlashning 
kompleks tizimi (UAXBKT) hayot faoliyati xavfsizligi madaniyatini 
shakllantirish katta ahamiyatga egadir. (rasm 7).
(UAXBKT)—tashkiliy-texnikaviy tizim bo‗lib, aholini fuqaro muxofazasi 
borasida tayyorlash, favqulotda vaziyatlarda muhofazalanish, yong‗in 
havfsizligini ta‘minlash, jamoa tartibini ta‘minlash, o‗z vaqtida aholini 
terroristik aktlarning tazyiqidan xabardor qilish, joylardagi tartib-qoidalar 
ahvolini va zamonaviy texnik vositalar va texnologiyalar asosida
monitoringini o‗z ichiga qamrab oladi.
 
 
Rasm. 9. UAXBKT strukturasi 
(UAXBKT)—tashkiliy-texnikaviy tizim bo‗lib, aholini fuqaro 
muxofazasi borasida tayyorlash, favqulotda vaziyatlarda muhofazalanish, 
yong‗in havfsizligini ta‘minlash, jamoa tartibini ta‘minlash, o‗z vaqtida aholini 
terroristik aktlarning tazyiqidan xabardor qilish, joylardagi tartib-qoidalar 
ahvolini va zamonaviy texnik vositalar va texnologiyalar asosida
monitoringini o‗z ichiga qamrab oladi.

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling