Hayot faoliyati xavfsizligining madaniyatini shakllantirish asoslari


VII.3 Axborotlashtirish funksiyasi uchun UAXBKT samaradorligini


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet51/83
Sana18.11.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1785763
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   83
Bog'liq
Hayot faoliyati xavfsizligi madaniyatini shakllantirish asoslari

VII.3 Axborotlashtirish funksiyasi uchun UAXBKT samaradorligini 
baholash hususiyatlari 
Axborotlash vaqtida tizimning samaradorligi axborotlash vaqtiga va 
aholini qamrab olishiga bog‗liq. UAXBKTning bu funksiyasini amalga oshirish 
uchun ekspertlarning fikricha, barcha turdagi TKdan foydalanish maqsadga 
muvofiqdir.
Axborotlash vaqti yuqorida keltirilgan yondashuv orqali aniqlanadi, farqi 
esa faqat axborotlash vaqtini qisqarish kattaligi hisoblanadi. Bu xolat axborot 
qabul qilish vaqtida ratsional harakatlanish ketma-ketligini tanlashga 
qo‗shimcha vaqt sarf bo‗lishiga bog‗liq bo‗ladi.


167 
Axborotlash 
vaqtida 
aholini 
qamrab 
olish 
TK 
soni, 
ularni 
o‗tkazuvchanlik qobiliyati va yetkazilayotgan axborotni tushunish ehtimoli 
bilan hamohangdir. Bu ko‗rsatkichlar yuqorida keltirilgan yondashuv orqali 
aniqlanadi, bundan mustasnolar quyidagilardir:
- aholini qamrab olish soni har kungi tartibda, FV tartibida va krizisdan 
so‗nggi tartibda aniqlanadi;
- har kungi tartibdagi qamrab olingan aholini soni shunga o‗xshab 
aniqlanadi. FV tartibida va krizisdan so‗nggi tartibda qamrab olingan aholini 
soni TK o‗tkazuvchanlik qobiliyati va axborotni tushunish ehtimolini qayd 
qilgan xolda o‗rnatiladi. Bu ehtimol ekspert yo‗li bilan aholini xolatini va ushbu 
axborot bilan harakat qilish ehtimolini e‘tiborga olgan xolda baholanadi;
- har kungi tartibda, FV tartibida va krizisdan so‗nggi tartibda qaytmas va 
sanitar yo‗qotishlari sonini kamaytirish bo‗yicha ekspert so‗rovlarni 
ma‘lumotlaridan foydalaniladi.
VII.4. Tayyorlash funksiyasi uchun UAXBKTning 
samaradorligini baholash xususiyatlari 
Tayyorlash funksiyasini amalga oshirish tizimini samaradorligi asosan 
aholini qamrab olinganligiga bog‗liq.
Hayot faoliyati xavfsizligi borasida aholining ilm olish jarayonini 
tashxizi shuni ko‗rsatadiki, tayyorlash tizimini darajasi yetarlicha yuqori 
bo‗lishiga qaramay, aholining bilim va ko‗nikmalarini darajasi bilim dasturi 
talablariga to‗laligicha mos kelmaydi. Ko‗rilayotgan tizim funksiyalarini amalga 
oshirish orqali kamchiliklarni katta qismi bartaraf etiladi. Mutahassislarning 
baholashicha, bilimlar va boshlang‗ich ko‗nikmalar darajasini oshirishda 
UAXBKT ning hissasi 50 % gacha bo‗lishi mumkin. Shu bilan birga, ekspert 
baholash shundan dalolat beraliki, aholining tayyorgarligi FV, AQI, avariya va 
yong‗inlarda harakat qilishning samarasi bir xil miqdorda bo‗lmaydi.

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling