Hayot faoliyati xavfsizligining madaniyatini shakllantirish asoslari
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
Hayot faoliyati xavfsizligi madaniyatini shakllantirish asoslari
162 VII.1. Hayot faoliyatining xavfsizligi madaniyatini rivojlanishidan bo„ladigan ijtimoiy - iqtisodiy samarani taxminiy baholanishi Hayot faoliyati xavfsizligi ta‘minlashni natijaviyligiga madaniyatni ta‘sir ko‗rsatishi haqida obektiv ma‘lumotlar yo‗qligi sababli, boshlang‗ich holatlar sifatida quyidagilar qabul qilinadi: - ekspertlarning fikricha, hayot faoliyati xavfsizligi madaniyati darajasini oshishi hisobiga (shu jumladan, 6- bobda ko‗rilgan perspektiv chora-tadbirlarni amalgan oshirish orqali) FVlarda, yong‗in, yo‗l-transport hodisalarida aholi va moddiy jihatdan qaytmas, sanitar yo‗qotishlarini ikki barobar qisqartirish mumkin; - inson xatolarini aybi tufayli 80 dan 94% avariya va texnogen falokatlar ro‗y beradi. Birinchi boshlang‗ich holatni tashhizi odamlarning vafoti va jarohatlar (yarador bo‗lishi, lat yeyishi) olishini bartaraf etishda HFXM sezilarli hissasi haqida dalolat beradi. Undan foydalanish vaqtida perspektiv chora-tadbirlarni amalga oshirish turli xildagi sarflarni talab qilishi, ulardan ko‗pchiligi pullarda aks etish ehtimoli bor. Shuning uchun, HFXM rivojlanishining ijtimoiy-iqtisodiy samarasini birinchi yaqinlashuvda baholashda insonning etalon hayotini o‗rtacha narhi kabi ko‗rsatkichdan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Bu ko‗rsatkichlar AQShda o‗rtacha 10 - 20 mln dollarni, jarohat va yaradorlikni bartaraf etish bo‗lsa, 4 mln. dollarni tashkil etishi mumkin. Statistik ma‘lumotlarga qaraganda, har yili yuqorida keltirilgan xolatlarda oxirgi paytda 10 ming kishini, jarohat va yaradorlar 12 ming kishini tashkil etmoqda. Shularni e‘tiborga olgan xolda, HFXM darajasini oshishi natijasida odamlarning jarohatlanishi va yarador bo‗lishini oldini olishdan iqtisodiy samara yiliga taxminan 80.0 mlrd. dollarni tashkil etishi mumkin. Har yili yong‗inlar, avariya, FV dan keladigan moddiy zarar o‗rtacha 14.0 mlrd.dollarni tashkil etsa, uning bartaraf etish 7.0 mlrd.dollarni tashkil etadi. Shu sababli, birinchi boshlang‗ich holatni e‘tiborga olgan xolda, HFXM darajasini rivojlanishi natijasida olinadigan iqtisodiy samara 59,5 dan 87.0 163 mlrd. dollar diapazonida bo‗ladi. Ikkinchi boshlang‗ich xolatdan foydalanib, quyidagilar e‘tiborga olinadi: - aholini qaytmaydigan yo‗qotishlari soni tabiiy favqulotda vaziyatlarda texnogen FV larning faqat 0,5% tashkil etadi; - yo‗l harakati qatnashchilarining aybi bilan sodir bo‗lgan yo‗l-transport hodisalarining soni 80% hosil qiladi; - sanitar yo‗qotishlar va FVdagi moddiy zararlar quyidagi rasmlarda keltirilgan. Qayd etilgan vaziyatlarda AQShda har yili insonlar talofoti 52 ming odamni, jarohatlanishi va yarador – 225 ming kishini tashkil etadi. HFXM darajasini rivojlanishi natijasida olinadigan iqtisodiy samara 55,6…126,4 mlrd. dollarni tashkil etadi. Har yilgi moddiy yo‗qotishlarni (ikkinchi boshlang‗ich holatga ko‗ra) e‘tiborga olgan xolda HFXM rivojlanishidan olinadigan ijtimoiy- iqtisodiy yalpi samara 65,0 dan 136, mlrd. dollar diapazonida bo‗ladi. Shunga e‘tibor berish kerakki, bunday baholash inson hayotining o‗rtacha etalon qiymatini kattaligiga sezilarli darajada bog‗liq bo‗ladi. Xususan HFXMni rivojlantirishning ijtimoiy samarasiga quyidagi shartlar qo‗yiladi: - odamlarni bilimdonlik saviyasi nafaqat hayot faoliyati sohasida, balki boshqa bir-biriga bog‗liq fanlar borasida ham oshirish kerak; - jamiyat ni tabiiy (shu jumladan, ekologik), texnogen va boshqa xavflar oldida jipsligini kuchaytirish, aholini turli guruhlari orasidagi ijtimoiy farqlarni yo‗qotish; - yoshlarni diniy ahloqiy va vatanparvarlik tarbiyasi saviyasini oshirish; - aholini hayot faoliyati xavfsizligini ta‘minlovchi mamlakat, davlat xizmatining imidjini oshirish. Bundan tashqari, hayot faoliyati xavfsizligi madaniyatini rivojlantirish effekti orqali ilmni rivojlanishi, ilmiy- informatsion texnologiyalarini, aloqa va telekommunikatsiya tizimini, uskunalar ishlab chiqarish uchun yangi ishchi o‗rinlarini yaratish, axborot kontinentini ishlab chiqish va b. bilan bog‗lash |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling