Hayot faoliyati xavfsizligining madaniyatini shakllantirish asoslari
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
Hayot faoliyati xavfsizligi madaniyatini shakllantirish asoslari
155 VI.3. Korporativ darajada hayot faoliyati xavfsizligi madaniyatini shakllantirish chora-tadbirlari HFXM korporativ darajada rivojlantirish bo‗yicha perspektiv chora- tadbirlar quyidagilardir: - HFXM obektlarini korporativ darajada shakllantirishni yanada takomillashtirish, ularning asosiy sifat va xossalarini asoslash; - bu sifat va xossalarga ta‘sir ko‗rsatishning turli uslub va vositalarni ta‘sirchanligini baholash, korporativ darajada hayot faoliyati xavfsizligi madaniyatini shakllantirish chora-tadbirlarining ratsional (samaraligi va tejamligi nuqtai nazaridan) tarkibini asoslash; - korxona, tashkilot va muassasalar personalining individual oriyentirli qadriyatlarini baholash bo‗yicha ijtimoiy va ekspert savolnomalar o‗tkazish, hayot faoliyatni xavfsizligi soxasida yuksak maqsadlar va qadriyatlarni shakllantirish bo‗yicha takliflarni ishlab chiqish; - ishlovchi aholi, qutqaruv xizmatining shaxsiy tarkibini ahloqiy ruhiy tayyorgarligining ilmiy uslubiy asoslarini yaratish; - havfli va favqulotda vaziyatlarda jabrlangan personalni ahloqan va ruhan oqlash bo‗yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish; - hayot faoliyatni xavfsizligi soxasidagi personallarni moddiy va ma‘naviy rag‗batlantirish mexanizmini ishlab chiqish; - kasbiy etika (kasbiy ahloq)ning rivojlanishning ilmiy uslubiy asoslarini yaratish, korxona, tashkilot va muassasalarning xizmatchilarini namunaviy vijdon kodeksini ishlab chiqish; - mehnat jamoalardagi qulay ahloqiy va ruhiy holatini yaratish (hayot faoliyatni xavfsizligi nuqtai nazaridan) bo‗yicha uslubiy takliflarni yaratish; - hayot faoliyatni xavfsizligi soxasini o‗rganuvchi ishchi, aholi va qutqaruv xizmatining shaxsiy tarkibi uchun aniq matematik shakldagi bilim va ko‗nikmalar massivlarini, xizmat funksiyalarini, mehnat operatsiyalarini shaklan bayon etishini o‗z ichiga olgan zamonaviy ilmiy ishlanmalardan foydalanib, ishchi dasturlarni yaratish; 156 - yangi uslub va o‗qitish usullarini, ilg‗or informatsion bilim texnologiyalarini rivojlantirish, o‗quv jarayonida multimediali darsliklardan, kompyuterli o‗rgatuvchi va o‗yin dasturlaridan foydalanish, faol ilg‗or o‗quv shakllarini, shu jumladan, masofaviydan foydalanish; - o‗quv moddiy bazanirivojlanish darajasini oshirish, kompleks va maxsus o‗quv sinflarini, binolarini, shaharchalarini yaratish, zamonaviy texnik, o‗quv axborotlarini aks ettirishning audiovizual vositalarini, maxsus (shu jumladan, virtual) trenajerlarni tatbiq etish; - ishlovchi aholi, FVV shaxsiy tarkibi va qutqaruvchilar uchun maxsus darsliklar va o‗quv qo‗llanmalar ishlab chiqish; - tarbiyachiik mahoratni oshirish, o‗qituvchilar, sikl rahbarlar faoliyatini rivojlantirish, o‗qish tarkibini ratsional tashkil etishni qidirish va tanlash; - ishlovchi aholi, FVV shaxsiy tarkibi va qutqaruvchilar, shu jumladan, havfli va favqulotda vaziyatlarda bilim va ko‗nikmalarining darajalarini baholash vaqtida, kriterial apparatni va usullarini rivojlantirish, jarohatlanish o‗chog‗idagi sharoitlar o‗quv sharoitlariga mos kelishini qayd qiluvchi koeffitsiyentlar tizimini ishlab chiqish; - hayot faoliyatni xavfsizligi soxasida o‗quv obektlarni, plakatlarni, o‗quv dasturlarni darsliklarning mazmuni va tarkibi, ilmiy yondashuvini va asoslanishini ratsional ta‘minlash; - ishlovchi aholi, FVV shaxsiy tarkibi va qutqaruvchilarni havfli va favqulotda vaziyatlardan muhofazalashning usul va ko‗nikmalarni bilib olishning meyorlar kompleksini ishlab chiqish va amalda qo‗llash; -havfsiz turdagi korporatsiyaning sifat va xossalarini oydinlashtirish va sonli parametrlashtirish; - HFXM korporativ darajada rivojlantirishni havfsizlik borasida vakolatli, batafsil, sonli baholashni ta‘minlash maqsadida korxona, tashkilot va muassasalarni xavfsizlik borasidagi xolatini tekshirish bo‗yicha tavsiyanomalarning kamu-ko‗stini tuzatish; - HFXM shakllantirish bo‗yicha ishlovchi aholiga ko‗rsatiladigan xizmatlar 157 darajasini baholash bo‗yicha ko‗rsatkichlar tizimini, baholash shkalalarini, uslubiy yondashuvlarni ishlab chiqish va boshqalar. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling