Hayot faoliyati xavfsizligining madaniyatini shakllantirish asoslari
VI.4. Jamiyat -davlat darajasida hayot faoliyati xavfsizligi
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
Hayot faoliyati xavfsizligi madaniyatini shakllantirish asoslari
VI.4. Jamiyat -davlat darajasida hayot faoliyati xavfsizligi
madaniyatini shakllantirish chora-tadbirlari Jamiyat -davlat darajasida hayot faoliyati xavfsizligi madaniyatini shakllantirish chora-tadbirlari quyidagilardir: - Jamiyat -davlat darajasida hayot faoliyati xavfsizligi madaniyatini shakllantirish masalalari bo‗yicha ijtimoiy izlanishlarni olib borish, hayot faoliyatni xavfsizligi soxasida ijtimoiy qadriyatlarni va birlamchilik huquqini o‗rnatish; - hayot faoliyatni xavfsizligi soxasida umummilliy g‗oyalarni shakllantirish va amalga oshirish, ijtimoiy ongni rivojlantirish bo‗yicha dasturiy chora- tadbirlarni ishlab chiqish; - ko‗rsatilgan sohada umummilliy g‗oyalarni ishlab chiqish va amalga oshirish; - hayot faoliyatni xavfsizligi borasida davlat siyosatini mukammallashtirish, bunga taalluqli meyoriy huquqiy bazani rivojlantirish; - turli aholi qatlamlarida oqartuv va tarbiyaviy ishlar olib borish, ularda hayot faoliyatni xavfsizligi soxasida huquqiy anglashning yuqori darajasini tarbiyalash; - atrof muhit bilan o‗zaro ta‘sir natijasida insonga keltirilgan havflarning to‗liq spektrini o‗rganishga mo‗ljallangan hayot faoliyatni xavfsizligi soxasidagi g‗oya va tasavvurlar tizimi nazariyasini rivojlantirish, FVda aholi va hududlarni yong‗indan, avariya va falokatlardan, mehnatni muhofaza qilish, ekologiya yo‗nalishlari bo‗yicha ilmiy izlanishlarni mukammallashtirish; - hayot faoliyatni xavfsizligi borasida O‗zbekiston Respublikasi fuqarolarini tarbiyalash konsepsiyasini ishlab chiqish; - yoshlarni hayot faoliyatni xavfsizligi borasida diniy ahloqiy tarbiyalashni rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish; - Ta‘lim to‗g‗risidagi Milliy dasturning ―Hayot faoliyatni xavfsizligi‖ 158 faniga muvofiq ravishda chora-tadbirlarini adaptatsiya mexanizmini ishlab chiqish; - aholida turg‗un sog‗lom turmush tarzi stereotipini shakllantirishning tarbiyaviy va oqartuv dasturlarini ishlab chiqish; - turli aholi qatlamlarini FM sohasida muhofazalanish uchun o‗qitish maqsadlariga mos ravishda tuzatishlar kiritish; - bilim standartlarini, o‗quv dastur va rejalarni mukammallantirish, ularni oxirgi paytda meyoriy huquqiy bazalariga kiritilgan o‗zgartirishlarga mos ravishga keltirish, yangi taxminiy o‗quv dasturlarini ishlab chiqish; - tarkibni optimallashtirish, o‗quv guruhlarni bir turliligiga erishish, alohida aholi guruhlari tayyorgarligini mukammallashtirish bo‗yicha ishlarni kuchaytirish; - o‗quv tizimi boshqaruvini mukammallashtirish, masalalar tavsifini va tarkibini o‗zgarish tendensiyasini e‘tiborga olgan xolda, turli kategoriyalardagi bilim oluvchilarga yuklatilgan yuqoridagi tizimni rivojlanishini ilmiy asoslangan bashoratlarini berish; - FV bo‗yicha respublika xizmatchilari malakasini oshirish bo‗yicha faoliyatni mukammallashtirish; - O‗zbekiston Respublikasining turli aholi subektlari kategoriyalari xususiyatlarini e‘tiborga olgan xolda bilimlarni ishchi dasturlariga o‗zgartirishlar kiritish; - aholini FV borasida subektlarga bilim berish uchun moddiy bazani mukammallashtirish; - hayot faoliyatni xavfsizligi borasida ta‘lim organlari boshqarmalari bilan O‗zR FVVning hududiy organlari orasidagi o‗qitishni tashkil etish va moddiy ta‘minoti bo‗yicha o‗zaro aloqasini mukammallashtirish; - hayot faoliyatni xavfsizligi borasida aholini davlat va jamoaviy rag‗batlantirish mexanizmini ishlab chiqish; - ijtimoiy muhim (xavfsizlikni ta‘minlash nuqtai nazaridan) daliliy reklama dasturini yaratish; 159 - hayot faoliyatni xavfsizligi soxasida O‗zbekiston Respublikasi subektlarida bilimlarni tashviqot qilishni rivojlantirish bo‗yicha tavsiyalar ishlab chiqish; - turli darajadagi televizion va radioeshittirish dasturlarida hayot faoliyati xavfsizligiga bag‗ishlangan doimiy faoliyat ko‗rsatuvchi rubrik bo‗yicha tele va radioeshittirish sikllarini yaratish; - zamonaviy ommaviy kommunikatsiya vositalaridan foydalanib, hayot faoliyatini xavfsizligi madaniyatini shakllantirish bo‗yicha uslubiy ko‗rsatmalar ishlab chiqish; - yagona global portal doirasida hayot faoliyati xavfsizligi sohasida informatsion resurslarni birlashtirish; - jamiyat -davlat darajasida hayot faoliyati xavfsizligi madaniyatini shakllantirish bo‗yicha xavfsiz turdagi jamiyat ning sifat va xossalarini aniqlash va sonli parametrlash, bu sifat va xossalarga ta‘sir ko‗rsatuvchi turli usul va vositalarning ta‘sirchanligini baholash bo‗yicha ilmiy izlanishlar olib borish, hamda ratsional (samaradorligi va tejamkorligi nuqtai nazaridan) chora-tadbirlar tarkibini asoslash; - hayot faoliyati xavfsizligi madaniyatini shakllantirish darajasini aholiga ko‗rsatilayotgan xizmatlarini, ijtimoiy va global tavakkallar hissasini aniqlash, hayot faoliyati xavfsizligi madaniyatini xissasini baholashda ko‗rsatkichlar tizimini, baholash shkalalarini, uslubiy yondashuvlarni ishlab chiqish. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling