Maktabgacha katta yoshdagi bolalarda hayot xavfsizligi madaniyatini shakillantirishning psixologik xususiyatlari
Download 0.8 Mb. Pdf ko'rish
|
15-21 (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- MAKTABGACHA KATTA YOSHDAGI BOLALARDA HAYOT XAVFSIZLIGI MADANIYATINI SHAKILLANTIRISHNING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI
“PEDAGOGS” international research journal ISSN: 2181-4027 _SJIF: 4.995 www.pedagoglar.uz Volume-26, Issue-2, January - 2023 15 MAKTABGACHA KATTA YOSHDAGI BOLALARDA HAYOT XAVFSIZLIGI MADANIYATINI SHAKILLANTIRISHNING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI Muratova Munavvar O’rol qizi Nizomiy nomidagi TDPU o’qituvchisi munavvarmuratova1@gmail.com ANNOTATSIYА: Maqolada Maktabgacha ta’lim tashkilotida maktabgacha katta yoshdagi bolalarda hayot xafsizligi madaniyatini shakillantirishda ta’lim muhitini pedagogik loyihalashtirishning amaliyotdagi holati bayon etilgan. KALIT SO‘ZLAR:Pedagog, hayot xavfsizligi, muhit, hamkorlik, faslitator, ta’lim-tarbiya, tashabbuskorlik, rivojlantirish, hamkorlikdagi yondoshuv. ANNOTATION: The article describes the practical situation of the pedagogical design of the educational environment in the formation of the culture of life safety in preschool children in the preschool education organization АННОТАЦИЯ: В статье описывается практическая ситуация педагогического проектирования образовательной среды при формировании культуры безопасности жизнедеятельности у дошкольников в дошкольной образовательной щрганизации. KIRISH Maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, maktabgacha ta’lim muassasalari tarmog‘ini kengaytirish, malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlash, bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash darajasini tubdan yaxshilash, ta’lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarni tatbiq etish, bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida mamlakatimizda tub islohotlar amalga oshirilmoqda. Maktabgacha yoshdagi bolalarning hayoti va sog’ligini muhofaza qilish ularni yetuk va barkamol shaxs sifatida tarbiyalash hozrgi kun zamon talabi hisoblanadi. Maktabgacha ta’lim tizmini takomillashtirish, uni jahon ta’lim standartlari talablari darajasiga olib chiqish davlat siyosatining ustuvor vazifalaridan biri bо‘lib kelmoqda. Rivojlangan mamlakatlar tajribasidan ma’lumki, bolalari kamolga erishgan davlatlar taraqqiyotida bu omil о‘ziga xos о‘rin tutadi. Aql-zakovatli, yuksak ma’naviyatli kishilarni tarbiyalay olsakkina, oldimizga qo’ygan maqsadlarga erisha olamiz, yurtimizda farovonlik va taraqqiyot qaror topadi. Zamonaviy ta’lim konsepsiyalari asosida ta’lim- tarbiya jarayonini yuksaltirish, milliy g‘oyani ro‘yobga chiqaradigan barkamol avlodni voyaga yetkazish davlatimizning eng muhim vazifalaridan biri ekanligini ko‘rsatadi. Download 0.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling