Hayot faoliyati
Birinchi yordam ko‘rsatishda asosiy sanitariya-gigiyena
Download 275.31 Kb.
|
Hayot faoliyati
Birinchi yordam ko‘rsatishda asosiy sanitariya-gigiyena
qoidalari • Yordam ko‘rsatishdan oldin va keyin darhol qo‘lingizni sovunlab yuving, iloji boricha shoshilinch vaziyatlarda qo‘lqop kiying; qo‘lqop kiyishdan oldin va keyin qo‘lingizni yaxshilab yuving. • Iloji boricha inson tanasidagi har qanday suyuqlikdan saqlaning. Ommaviy fojialar paytida nihoyatda ziyrak bo‘ling, yordam ko‘rsatayotganda qo‘lqop kiying. Shikastlangan joyni (yarani) qo‘lingiz bilan bosganda suv o‘tkazmaydigan matodan foydalaning. Agar bir marta ishlatiladigan qo‘lqop bo‘lmasa, Sizning vazifangiz quyidagilardan iborat: • Haqiqatan ham shoshilinch yordamga muhtoj holat yuzaga kelganini aniqlash • Ishga kirishishga qaror qilish • Tez tibbiy yordamni chaqirish • Tez yordam etib kelgunga qadar birinchi yordam ko’rsatish 169 jabrlanuvchining o‘zidan o‘z qo‘li bilan yarani bosib turishni so‘rang yoki qo‘lingizga polietilen xaltacha kiying. • Jabrlanuvchining yonidagi shishadan yoki o‘tkir narsalardan shikastlanishdan saqlaning. • Tig‘li narsalarni ishlatishda, tozalash yoki yo‘qotish chog‘ida o‘zingizni yaralab qo‘ymaslik maqsadida xavfsizlik choralariga rioya qiling. • Shikastlangan terini tozalash va bog‘lam qo‘yishda toza va quruq bog‘lamlardan foydalaning. • Surunkali teri kasalliklari ochiq yara hosil bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Bunday kasalligi bor bo‘lganlar ochiq va qonayotgan jarohatlari bo‘lgan jabrlanuvchilar bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqa qilmasliklari lozim. • Jarohatlangan joyga qarab yo‘talishdan, aksirishdan saqlaning. • Jabrlanuvchilardan ko‘p suyuqlik ajralayotgan bo‘lsa plastmassa ko‘zoynak taqqan ma’qul. • Agar sizga birdan tig‘li narsa kirsa yoki teringiz shilinsa yoki ko‘zingizga suyuqlik sachrasa, darhol tibbiy yordamga murojaat qiling.
Download 275.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling