Nazorat savollari
1. Ichterlama qanday kasallik?
2. Botulizmning qahday belgilari mavjud?
3. Epidemiologik kasalliklar, deganda qanday kasalliklar tushuniladi?
4. Vabo va o‘lat kasalliklarining qanday belgilari mavjud?
5. Quturish kasalligi tashuvchilariga nimalar kiradi?
167
XVIII MAVZU. FAVQULODDA VAZIYATLAR YUZAGA
KELGANDA BIRINCHI TIBBIY YORDAM VA O‘Z-O‘ZIGA
YORDAM KO‘RSATISH
Birinchi yordam ko‘rsatadigan kishining vazifalari
Jarohat olgan yoki kasallikning to‘satdan xuruj qilishidan
qiynalayotgan kishiga tez yordam guruhi kabi malakali tibbiy
yordam yetib kelgunga qadar ko‘mak berishni o‘rgatish sizning
birinchi yordam ko‘rsatish malakasiga ega bo‘lish borasidagi
maqsadingiz hisoblanadi.
Birinchi yordam ko‘rsatuvchi kishi – siz kabi birinchi yordam
kursini o‘tgan biror kishidir; u nima sodir bo‘lganini aniq
tasavvur qiladi va jabrlanuvchiga yordam berishga qaror qiladi.
Asosiy maqsad shuki, baxtsiz hodisa chog‘ida qanday ishlar
amalga oshirilishi lozimligini barcha kishilar bilib olsalar ayni
muddao bo‘lar edi. Ha, birinchi yordam ko‘rsatish hammaning
qo‘lidan kelishi lozim. Birinchi yordam - jarohat olganda yoki
kasallik to‘satdan xuruj qilganda jabrlanuvchiga ko‘rsatiladigan
tezkor yordam, u malakaliroq tibbiy yordam olish imkoni
yaratilgunga qadar ko‘rsatiladi.
Bunda sizning bevosita ishtirokingiz juda muhim, chunki
voqea sodir bo‘lgan joyda yordam bera oladigan yagona kishi
siz bo‘lishingiz mumkin.
Birinchi yordam ko‘rsatish jabrlanuvchining hayotini saqlab
qolish masalasida haqiqatdan ham g‘oyat ahamiyatli bo‘lishi
mumkin. Ko‘pincha o‘z vaqtida ko‘rsatilgan birinchi yordam
jabrlanuvchining to‘la sog‘ayib ketishi yoki umr bo‘yi nogiron
bo‘lib qolishini belgilab beradi.
Qo‘rqmay ishga kirishing - siz har doim o‘z hissangizni
qo‘shishga qodirsiz, hatto oddiy ko‘makka da’vat etish ham
sizning yordamingiz bo‘ladi.
168
Do'stlaringiz bilan baham: |