Hayot faoliyati
Tez yordam qanday chaqiriladi
Download 275.31 Kb.
|
Hayot faoliyati
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yodda tuting!
Tez yordam qanday chaqiriladi
Tez yordamni boshqa odam chaqirgani ma’qul. Shunda siz jabrlanuvchi yonida bo‘lib, birinchi yordam ko‘rsatib turasiz. Tez chaqiruv telefonida markazdagi dispetcher javob beradi. U hodisa ro‘y bergan joyga qanday mutaxassislarni yuborish kerakligini hal qiladi, shuningdek, sizga ungacha birinchi yordam ko‘rsatish bo‘yicha yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsatishi mumkin. Shunday ekan, qo‘ng‘iroq qilgan kishi dispetcherga to‘g‘ri ma’lumot berishi kerak, jumladan: • Hodisa ro‘y bergan aniq joy. Shahar yoki aholi punktining nomini aytgan holda, manzil yoki joyni ma’lum qiling. Yaqindagi kesib o‘tuvchi ko‘chalar (chorrahalar yoki yo‘llar) nomini, mo‘ljallar, bino nomi, qavat yoki xonadon (ofis) raqamini ayting. • Qo‘ng‘iroq qilinayotgan telefon raqami, ya’ni «103»ni kim chaqirayotganligini. • Jabrlanuvchining ism- familiyasi. • Nima sodir bo‘lgan (yo‘l-transport hodisasi, yong‘in va hokazo). • Jabrlanganlar soni. • Jabrlanganlarning ahvoli(ko‘krakdagi og‘riqlar yoki nafas olishining qiyinlashganligi, tomir urishining bor-yo‘qligi, qon oqish va hokazo). • Ko‘rsatilayotgan birinchi yordamning xususiyati. 173 Agar siz shoshilinch yordamni chaqirishni boshqa kishiga topshirgan bo‘lsangiz, unda dispetcherning maslahatiga rioya qilishni tayinlang, qaytib kelib sizga dispetcherning nima deganini aytishini iltimos qiling. Jabrlanuvchi yonida bir o‘zingiz bo‘lsangiz, ovoz berib yordamga chaqiring. Ovozingizni eshitganlar ko‘makka kelishlari va tez yordam chaqirishlari mumkin. Chaqiriqqa javob bo‘lmagan taqdirda, bir minut davomida birinchi yordam ko‘rsatib, so‘ngra o‘zingiz tezlik bilan «103»ga qo‘ng‘iroq qiling. Shundan so‘ng jabrlanuvchiga birinchi yordam ko‘rsatishni davom ettiring.
Download 275.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling