3. Jabrlanuvchining qoni bilan aloqada bo‘lganda:
• Agar qo‘lingizga qon teksa, uni iloji boricha tezroq sovun
bilan yuvib tashlang.
• Agar tanangizning biror joyiga, ayniqsa ko‘zingizga qon
yoki boshqa tana suyuqligi sachrasa, uni ko‘p suv bilan yuvib
tashlang.
• Agar teringiz qon tekkan buyum bilan shikastlansa, uni
sovun bilan tozalab yuvib, quruq toza mato qo‘yib darhol tez
yordamga qo‘ng‘iroq qiling.
Agar siz biron bir infeksiya bilan zararlanganingizni gumon
qilsangiz, konsultatsiya va diagnostika uchun tibbiyot xodimlariga
murojaat qiling.
4. To‘kilgan qonni yo‘qotish
To‘kilgan yoki sachragan qon shimib oluvchi mato bilan
yoki latta, qog‘oz salfetka, yoki qipiq bilan tozalab artilishi
kerak va ular polietilen xaltalarga solinib yoqilishi yoki ko‘mib
tashlanishi lozim. Qon tekkan yuza dezinfeksiyalovchi vosita
(gipoxlorid natriy yoki oddiy oqartiruvchi vositaning 5%li
eritmasi) bilan tozalab yuvilishi kerak. Yuzani 10-15 minutdan
so‘ng chayib tashlash lozim. Ifloslangan yuzani tozalashda qon
bilan muloqotda bo‘lmaslik uchun oddiy rezinali xo‘jalik
qo‘lqopi yoki ikki qavat qo‘lqop kiying.
Ularni ishlatib bo‘lgach, polietilen paketga solib yo‘qoting.
Agar qo‘lqop yo‘q bo‘lsa, boshqa to‘g‘ri keladigan vositalardan
foydalaning.
Doimo qon yoki boshqa biologik suyuqliklar bilan muloqotda
bo‘lganingizda qo‘lingizni yuving.
Do'stlaringiz bilan baham: |