I. Kirish Muloqot xulqi haqida umumiy tushuncha. Muloqotda nolisoniy vositalardan foydalanish. Muloqot xulqining ijtimoiy mohiyati. II. Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar tayanch tushunchalar
Download 100.37 Kb.
|
Muloqatning shaxs rivojlanishidagi ahamiyati
- Bu sahifa navigatsiya:
- TAYANCH TUSHUNCHALAR: Muloqot
- Kommunikatsiya
- Kinesika
Muloqatning shaxs rivojlanishidagi ahamiyati. Reja: I.Kirish 1. Muloqot xulqi haqida umumiy tushuncha. 2. Muloqotda nolisoniy vositalardan foydalanish. 3. Muloqot xulqining ijtimoiy mohiyati. II.Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar TAYANCH TUSHUNCHALAR: Muloqot – odamlar o‘rtasida hamkorlik faoliyati ehtiyojidan yuzaga keladigan va axborot almashinuvi Kommunikatsiya – o‘zaro hamfikrlilikka boshlovchi, ikki tomonlama axborot almashinuvi jarayoni. Kooperatsiya - hamkorlik faoliyatini tashkillashtirish, guruh maqsadlariga erishishni ta’minlab beruvchi o‘zaro ta’sir. Verbal kommunikatsiya - inson nutqi belgilar tizimi sifatida qo‘llaniladi Kommunikatsiya - tirik va o‘lik tabiatdagi tizimlar o‘rtasida axborot almashinuvini anglatadi Nutq faoliyati – odam tomonidan ijtimoiy-tarixiy tajribani o‘zlashtirish va avlodlarga berish yoki kommunikatsiya o‘rnatish, o‘z harakatla¬rini rejalashtirish maqsadida tildan foydalanish jarayonidir. Nizo – muloqot ishtirokchilarining har biri muhim bo‘lgan muammoni hal etish vaqtida ular o‘rtasida vujudga kelgan qarama-qarshilik va kurashning keskin kuchayib ketish jarayonidir Kinesika – bu imo-ishoralar, mimika va pantomimikadan iborat bo‘lgan muloqot vositalari tizimi. Paralingvistik tizim – bu vokallashtirish tizimi, ya’ni, tovush sifati, uning ko‘lami, tonalligi. Ekstralingvistik tizim – nutqqa tanaffus va boshqalarni, masalan, tin olish, yo‘talish, yig‘i, kulgu, nutq jadalligini kiritish. KIRISH
Istiqlol tufayli o’z mustaqil taraqqiyot yo’lidan borayotgan Respublikamiz yoshlarini yangicha ijtimoiy muhitga tayyorlash, davr ruhida tarbiyalash - shu kunning dolzarb va ustuvor vazifalaridan biridir. Hozirgi kunda Respublikamizda amalga oshirilayotgan isloxotlarning taqdiri yoshlarning ma’naviy qiyofasiga, shaxsiy barkamolligiga bog’liq. Bu vazifalarni amalga oshirish insoniy o’zaro munosabatlarda demokratik tamoyillarni ongga to’la singdirishni taqozo etadi. Insonlar o’rtasidagi ijtimoiy munosabatlar SHarqda o’ziga xos va har bir millat psixologiyasiga mos holda shakllantirishdir. Ushbu o’quv qo’llanma jamiyatning yangilanishi davrida inson ma’naviyati va ruhiyatida ro’y berayotgan o’zgarishlarning psixologik tabiatini anglashga yordam beradi. Hozirgi kunda ijtimoiy amaliyotda muloqot va shaxslararo munosabatlar muammosi muhim ahamiyat kasb etmoqda. Muloqot va uning asosiy xususiyatlari, samarali muloqotning psixologik aspektlari, muloqotga o’rgatishga oid psixologik mashqlar, samarali muloqotning psixologik vositalarini o’rganish ishbilarmonlik faoliyatida asosiy o’rinni egallamoqda Muloqot qonuniyatlarini bilish hamda uni o’rnatish malakalari va qobiliyatlarini rivojlantirish o’smirlar ta’lim tarbiyasining muxim vazifalari sarasiga kiradi. Har bir o’smirning o’z “Meni” atrofdagilar bilan bo’ladigan muloqot jarayonida shakllanadi, SHaxsning hayot yo’llari avval oilada, bog’cha, maktab, institut, ishxona, keksalar orasida, ya’ni guruh va jamoalarda rivojlanadi. Bizning yuksak ma’naviy ehtiyojlarimizdan biri - bu muloqotga bo’lgan ehtiyojdir. Muloqotga bo’lgan ehtiyoj qondirilmasa, o’smir ongi ham rivojlanmaydi. SHuning uchun biz doimo o’smirning muloqotga bo’lgan ehtiyojlarini qondirishimiz lozim Tilshunoslikda tilning ijtimoiy yashashi va ijtimoiy taraqqiyot sharoitini o’rganuvchi soha sifatida yuzaga kelgan sotsiologlar va tilshunoslarning tobora bir-biriga yaqinlashtirayotgan zamonaviy-sotsilolingvistika shu fan sohasidagi o’ta nazariylik, notiqlik va aynan shuning oqibatida yuzaga kelayotgan ayrim nuqsonlarni ko’rsatib bermoqda. Bunga muloqot jarayonining o’ta murakkab va serqirra ekanligini va xuddi shuning uchun ham alohida bir fanning o’zi bu muammoni yaxlit tadqiq etishga ojizlik qilganligini sabab qilib ko’rsatish mumkin. Natijada, sotsiolingvistika, etnolingvistika, psixolingvistika kabi yangi soha va yo’nalishlar yuzaga keldi, inson nutqini aynan mana shunday tutash nuqtasida tadqiq etish o’ta murakkab jarayon bo’lgan muloqotning asl mohiyatini, uning o’ziga xos qonuniyatlarini atroflicha o’rganish imkonini beradi. Umuman, bugungi kunga kelib, muloqotlar jarayonini kompleks, ya‘ni ijtimoiy-lisoniy aspektda tadqiq etishga ehtiyoj paydo bo’ldi. Muloqot deganda aloqa, fikr almashinish, so’zlashish jarayonida bevosita va bilvosita qatnashadigan tarkibiy qismlar nazarda tutiladi. Ma‘lumki, har qanday muloqotda so’zlovchi va tinglovchi komponentlar sifatida, albatta, ishtirok etadi. Bu muammoga bag’ishlangan ko’pgina adabiyotlarda so’zlovchi, ya‘ni xabar beruvchi, gapiruvchi adresant kommunikator deb, adresantning nutqi qaratilgan shaxs tinglovchi, adresat kommunikant deb muloqotda bevosita ishtirok etuvchi omillar esa ta‘sir birliklari deb yuritiladi. Ta‘sir birliklarini shartli ravishda quyidagi ikki guruhga bo’lib tahlil etiladi: I. Ichki ta‘sir birliklari. Bunga adresant va adresat shaxsi bilan bevosita bog’liq quyidagi belgi-xususiyatlar kiradi,: millati, jinsi, yoshi, ijtimoiy belgilari TB ga yaqinlik darajasi. II. Tashqi ta‘sir birliklari. Bunga muloqotga ta‘sir etuvchi quyidagi tashqi omillar kiradi: I. Muloqot vaqti, vaziyat, holat: ijtimoiy muhit. Yevropalik qator tilshunos olimlar, xususan Amsterdam (Gollandiya) universitetining professori, nufuzli lingvist Tayn A van Deyn MX masalasiga doir keng qamrovli tadqiqotlari bilan muhim ishlar qilgan. Uning fikricha, MX zamonaviy lingvistik grammatika, matn tushunchasi va uning paydo bo’lishida, ommaviy axborot tizimida tilning tutgan o’rni kabi masalalarni ijtimoiy-lisoniy nuqtai-nazardan tadqiq etishda katta ahamiyat kasb etadi. Muloqot xulqi (MX) muammosini milliy xarakter-millat aholisining o’ziga xos urf-odatlari, qadriyat va an‘analari (tashqi TB) ni hisobga olmasdan turib o’rganish mutlaqo mumkin emas. Chunki MX millat xarakterining uzviy bir qismi bo’lib, ular bir-biri bilan chambarchas bog’liqdir. Milliy xarakter deganda, ma‘lum ijtimoiy guruh o’rtasida asrlar mobaynida avloddan-avlodga o’tib kelgan o’ziga xosliklar majmui tushuniladi. Milliy xarakterga mazkur millat aholisi sig’inadigan din, atrof-muhit va ijtimoiy turmush tarzi jiddiy ta‘sir ko’rsatadi va bu ta‘sir o’z-o’zidan MX da namoyon bo’ladi. Nolisoniy vositalarni qo’llashda ham milliy o’ziga xosliklar kuzatiladi. Jumladan, shunday imo-ishoralar borki, ular shartli xarakterga ega bo’lib, milliy xususiyatlar kasb etishi mumkin. Chunki u jamoa tomonidan ma‘lum ma‘noni ifodalashdir. Boshqa bir etnik guruhda esa bu ishora yo hech qanday kommunikativ vazifa bajarmaydi yoki boshqa ma‘noni anglatishi mumkin. Masalan, Amerika, Angliya, Avstraliya va Yangi Zellandiyada bosh barmoqni tepaga qilish, asosan, o’tkinchi mashinani to’xtatish, to’sish uchun qo’llanilsa, Gretsiyada bu ishora-ovozingni o’chir, bas qil ma‘nolarini anglatadi. Dunyo tillarining aksariyatida so’zlovchi suhbatdoshi uchun eng zarur deb bilgan ma‘lumotni, muhim narsa-hodisalarni oldin, uncha zarur bo’lmagan ma‘lumotlarni, qo’shimcha izohlarni, daf‘atan esga kelib qolgan narsa-hodisalarni keyin aytadi. Masalan, -Mehmonlar kelar emish ertaga-. -Ayam berib yubordi qurut... - kabi. Muloqot jarayonida so’zga belgi sifatida munosabatda bo’lish faqat salbiy ma‘no anglatadigan so’zlarga nisbatan bo’lmay, balki har qanday til birligiga nisbatan ham bo’lishi mumkin. Masalan, radio va televidenieda militsiya xodimlari ba‘zan o’z nutqlarida ayrim mulohazalarga ko’ra, -Hozircha jinoyatchilarning ismi-sharifini aytmaymiz- degan jumlani qo’llab yuborishadi. Bundan ma‘lum bo’ladiki, ularning ismi sharifi izofali birikmasining ma‘nosini bilmaydilar. Muloqotda hatto sukut (jim turish, gapirmaslik) ham noverbal informatsiya vositasi, uslubiy figura sifatida ishtirok etadi va situativ, sotsial hamda psixologik faktorlarga bog’liq holda o’ziga xos kommunikativ mazmun ifodalaydi. Jumladan, Sukut- alomati rizo iborasi ruslarning Molchanie-znak soglasiya degan gapi bilan aynan mos kelsa, nemislar nutqida qo’llaniladigan Keyn antvort izot eysh ayn antvort, ya‘ni Javob bermaslikning o’zi ham javobdir. Bu esa Axmoqqa javob-sukut degan o’zbek xalq maqoli mazmuniga ancha mos keladi. Muloqot inson psixologiyasi va fiziologiyasi bilan ancha chambarchas bog’liq hodisadir. Chunki har qanday nutq tafakkur bilan, tafakkur esa ruhiyat bilan bog’liqdir. Tanani ruh boshqarib turadi. Demak, ruhga ta‘sir etgan har qanday narsa tanaga ham ta‘sir etadi. Bularning hammasi muloqotning psixofiziologik aspektini tashkil etadi. Masalan, Mehmonni siylasang, itiga suyak tashla, Mehmonning itini tur dema, Mehmonning oldida mushugini pisht dema kabi turmush tajribalari asosida yuzaga kelgan qator o’zbek xalq maqollaridan ham ma‘lumki, kishining o’ziga bo’lgan munosabatini uning narsaga bo’lgan munosabati orqali ham ifodalash mumkin. O’zbek MX da bunday holat, ayniqsa, juda ko’p kuzatilgan. Xulosa qilib aytganda, muloqot xulqi inson ruhiy kayfiyatining muhim jihatlaridan biri bo’lib, u orqali har bir xalq va millatning o’y-fikri, yashash tarzi, turmushi, urf-odatlari, an‘analari va boshqa ijtimoiy jihatlari aks etadi. Download 100.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling