Hayot faoliyati
Tez yordamni qachon chaqirish lozim
Download 275.31 Kb.
|
Hayot faoliyati
Tez yordamni qachon chaqirish lozim
Ba’zida muayyan holatda tez yordam chaqirish-chaqirmaslikni bilmay qolasiz. Uning ustiga jabrlanuvchi iymanib, sizdan tez yordam chaqirmaslikni iltimos qilishi mumkin. Yoki ba’zida jabrlanuvchining ahvoli kasalxonaga yuborish darajasida og‘irligini bilmaysiz. Umumiy qoida sifatida quyidagi vaziyatlardan birortasi sodir bo‘lganda tez yordam chaqirish zarur: • hushsizlik holati ro‘y berishi yoki es-hushi o‘zgarib tursa; • nafas olishda muammolar (og‘ir nafas olish yoki nafas olmaslik) paydo bo‘lishi; • ko‘krakda uzliksiz og‘riq bo‘lishi yoki ko‘krakda bosim his qilinishi; • tomir urishi yo‘qligi; • kuchli qon oqishi; • qorinda kuchli og‘riq bo‘lishi; • qon qusish yoki qonsimon ajralma(siydik, balg‘am va hokazolar) chiqishi; • zaharlanish; • tortishish, kuchli bosh og‘rig‘i yoki noaniq so‘zlash; • bosh, bo‘yin yoki orqa tomonning shikastlanishi; • suyaklarning singanlik ehtimoli; • harakatning to‘satdan buzilganligi. Tez yordam yoki avariya xizmati yoki ichki ishlar xodimlari quyidagi holatlarda chaqiriladi: 172 • yong‘in yoki portlashda; • zaharli moddalarning sirqishida; • yuqori kuchlanishli elektr simlari uzilganda; • ishlab chiqarishdagi falokatda; • yo‘l transport hodisalarida; • o‘q yoki pichoq orqali jarohatlash sodir etilganda. Qolgan holatlarda o‘z ichki hissiyotingizga ishongan holda haraqat qiling. Shoshilinch vaziyat yuz berdi, deb hisoblasangiz, qimmatli vaqtni ketkazib, do‘stlaringiz yoki oila a’zolaringizdan maslahat so‘rash uchun qo‘ng‘iroq qilib yurmang, zudlik bilan tibbiy yordamni chaqiring. Qolgan muammolarni tez yordam brigadasi hal qilib beradi.
Download 275.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling