Stenokardiya va miokard infarktida ko‘rsatiladigan birinchi
yordam
• Jabrlanuvchi har qanday jismoniy ishni bas qilishi kerak.
177
• Jabrlanuvchiga qulay joylashib olishda yordam bering.
• Galstugini hamda kamarini bo‘shating.
• Jabrlanuvchiga uning yonida bo‘lgan nitroglitserin tabletkasini
qabul qilishda yordam bering.
• Agar og‘riq o‘tib ketmasa, jabrlanuvchi 5 minutdan so‘ng
ikkinchi nitroglitserin tabletkasini qabul qilishi kerak.
• Agar og‘riq bo‘lsa, yana 5 minutdan keyin oxirgi, uchinchi
nitroglitserin tabletkasini qabul qilishi kerak.
• Ikkinchi tabletkani qabul qilgandan keyin jabrlanuvchining
ahvoli yaxshilanmasa, tez yordam chaqirish lozim.
• Agar jabrlanuvchida stenokardiya yoki miokard infarkti
ekanligiga ishonchingiz komil bo‘lmasa ham tez yordam
chaqiravering.
Bemorning yurak xurujidan so‘ng tirik qolishi ko‘pincha
malakali tibbiy yordam ko‘rsatilishiga bog‘liq bo‘ladi. Bemorning
ahvoli yomonlashib, yuragi to‘xtab qolmasidan, hayallamay
«103»ni tering.
Jabrlanuvchiga yordam ko‘rsatayotganingizda uni
tinchlantirib, taskin berishga harakat qiling. Shunda bemor
xavotirga tushmay, og‘riq biroz bo‘lsa-da, yengillashadi. Tez
yordam yetib kelguncha jabrlanuvchining ahvolini diqqat bilan
kuzatib turing. Bemordagi hayot (tiriklik) belgilarini kuzating,
tashqi o‘zgarishlarni e’tibordan chetda qoldirmang. Yurak
to‘xtab qolishi ehtimoli bo‘lgani uchun yurak-o‘pka faoliyatini
tiklash tadbirlarini o‘tkazishga shay bo‘lib turing.
Yurak to‘xtashi
Do'stlaringiz bilan baham: |