Hayot faoliyati
Zilzilalar va ular oqibatlaridan muhofazalanish usullari
Download 275.31 Kb.
|
Hayot faoliyati
Zilzilalar va ular oqibatlaridan muhofazalanish usullari
Dunyo bo‘ylab yuz berayotgan, ko‘lami hamda keltirayotgan talofati ortib borayotgan turli tusdagi tabiiy, texnogen va ekologik tusdagi favqulodda vaziyatlar keng jamoatchilikni, davlatlar hamda yuqori nufuzga ega bo‘lgan Xalqaro tashkilotlar e’tiborini tortmoqda. Agarda e’tibor berilsa, zilzila insonlarga unchalik katta xavf solmaydi. Ularning qurbon bo‘lishi va yaralanishiga asosan u keltirib chiqargan ikkinchi turdagi hodisalar sabab. Bu baxtsiz hodisalarga quyidagilar kiradi: * binolar ba’zi qismlarining buzilishi va qulashi, g‘isht parchalari, shiftdagi bezaklar, chiroqlarning tushib ketishi; * oyna parchalarining yuqori qavatdan tushishi; * elektr simlarining yo‘llarga tushishi; * xonadon ichidagi og‘ir buyumlarning tushib ketishi; * qo‘rquv yoki vahima oqibatida insonlarning g‘ayrioddiy xatti-harakatlari; * gaz quvurlarining yorilib ketishi va yong‘inning paydo bo‘lishi ; * kuchli zaharli modda obyektlarining soz holatdan chiqib ketishi; * suv omborlari va boshqa tabiiy ko‘llarning buzilib ketishi; * yuqumli kasalliklarning paydo bo‘lishi va hk. Olimlarning fikriga qaraganda zilzila paytida jabrlanganlarning 10 % zilzila oqibatida qulab tushgan jismlar, ya’ni binolardagi o‘pirilishlar, zinalarning buzilib ketishi yoxud shu kabi omillar sabab jabrlansa, qolgan 90% zilzila davrida qanday harakat qilishni bilmasligi oqibatida jabrlanar ekan. Zilzilalarga tayyorlanish kichik qadamlardan boshlanadi. 59 Zilzilalar yuz berayotgan yoki seysmik faol hududda yashovchi kishilar uchun u doimiy xavf manbasi hisoblanadi. Inson umri davomida hamisha o‘zini turli xavflardan oldindan himoyalashga harakat qilgan. Uning manbasi, kelib chiqish sabablarini o‘rgangan, imkon qadar bunday xavflarni yuz berishini oldini olgan. Buni yuqorida keltirilgan mavzularda ham aytdik. Hayotimizda ko‘plab xavf manbalari bilan tanishmiz va ularning oldini olishga harakat qilganmiz. Masalan, uyimizni begonalardan muhofaza qilish uchun temir eshik, oynalarga panjara qo‘yamiz, signalizatsiya o‘rnatamiz, kuzatuv kameralari qo‘yamiz, mashinamizda xavfsizlik kamarini taqamiz. Bunday ehtiyotkorliklar biz uchun oddiy hol bo‘lib qolgan. O‘z xonadonini zilziladan xavfsiz qilish ham seysmik hududda yashovchi insonlar uchun odat bo‘lishi lozim. Avvalambor biz uyimiz, ishxonamiz, farzandlarimiz o‘qiydigan maktabdagi xavflarni aniqlab, ularni kamaytirishga harakat qilishimiz lozim. Uy, ishxona, ko‘cha va boshqa yerda zilzila sodir bo‘lganida o‘zingizni qanday tutishingizni, nimalar qilishingizni avvaldan o‘ylab oling. Bu saboq sizga favqulodda vaziyatlar paytida juda qo‘l keladi. Download 275.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling