Hayot faoliyati
VII MAVZU. ZILZILALAR VA ULARDA HARAKATLANISH
Download 275.31 Kb.
|
Hayot faoliyati
VII MAVZU. ZILZILALAR VA ULARDA HARAKATLANISH
TARTIBI. ZILZILA OQIBATLARIDAN MUHOFAZALANISH USULLARI Tabiiy ofatlar orasida eng ko‘p talofat olib keladigan hodisa zilzila hisoblanadi. Chunki u o‘zi bilan boshqa turdagi halokatlar va avariyalarni keltirib chiqarishi mumkin. Zilzilalar qadimdan inson hayotiga xavf solib keluvchi tabiat hodisasi hisoblangan. Bu hodisadan juda ko‘plab shahar va qishloqlar vayronaga aylangan, insonlar nobud bo‘lgan. Kuchli zilzilalarning doimiy takrorlanib turishi natijasida mumkin bo‘lgan talofatlarni kamaytirish maqsadida turli xil choralar va tadbirlar amalga oshirib kelingan. Mutaxassislarning ta’kidlashicha dunyoda uchta seysmik kamarlar mavjud bo‘lib, zilzilalarning asosiy qismi shu hududlarda yuz beradi. Bular Tinch okeani, Atlantika okeani osti tog‘laridagi, O‘rtayer dengizi-Osiyo seysmik kamarlari hisoblanadi. Markaziy Osiyo, shuningdek, O‘zbekiston O‘rtayer dengizi – Osiyo seysmik kamarida joylashgan bo‘lib, bu kamarda dunyo bo‘ylab yuz berayotgan zilzilalarning 15% to‘g‘ri keladi. 1 O‘rtayer dengizi – Osiyo seysmik kamari G‘arbda Atlantika qirg‘oqlaridan boshlanib, O‘rtayer dengizi, Kavkaz, Markaziy Osiyo mintaqalari orqali Janubi-sharqiy yo‘nalishida davom etib Tinch okeani bilan tutashadi. Markaziy Osiyoda yuz berayotgan zilzilalar qobiq zilzilalar hisoblanib, ular 70 km gacha bo‘lgan chuqurliklarda yuz beradi. Bu zilzilalar asosan gorizantal ko‘rinishga ega. Mintaqada yuz berayotgan zilzilalarning kelib chiqishiga asosiy sabab Janubdan Shimolga qarab harakat qilayotgan Hind plitasi bilan Yevroosiyo plitalarining to‘qnashuvidir.2 Tarixga e’tibor berib qaralsa O‘rtayer dengizi – Osiyo seysmik kamari yo‘nalishida joylashgan davlatlar va xalqlar 1ЎзР ФВВ «Сейсмик жараёнлар», Т -2007 й. 16- бет. 2Ўша манбада, 22- бет. 55 kuchli zilzilalar asoratidan aziyat chekib kelganlar. Plitalarning surilishi natijasida yosh tog‘larning paydo bo‘lishi zilzilalarning xavfli tus olishiga sabab ham bo‘lmoqda. O‘tgan 100 yil davomida mintaqa mamlakatlarida yuz bergan 1887-yilning 28- maydagi Verniy (Olma-ota), 1897-yil 5-sentabrdagi O‘ratepa, 1907-yil Hisor tizma tog‘ida yuz bergan Qoratog‘, 1911-yildagi Sarez, 1911-yil 4-yanvardagi Kebin, 1929-yil 1-maydagi Ashxabod, 1946-yildagi Chotqol va boshqa kuchli zilzilalar og‘ir oqibatlarga olib kelganligi ma’lum. Download 275.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling