Hayot faoliyati
Majburiy yolg‘izlik holatida o‘zini suv bilan ta’minlash
Download 275.31 Kb.
|
Hayot faoliyati
Majburiy yolg‘izlik holatida o‘zini suv bilan ta’minlash
Inson organizmining kam foizda suvsizlanishi uning hayotiy faoliyati buzilishiga, 10 %dan ko‘proq suvsizlanish esa inson ichki a’zolari faoliyatining buzilishiga hamda o‘limga olib kelishi mumkin. Iqlimi nisbatan past haroratli bo‘lgan hududlarda kam jismoniy harakat qilinganida suvga bo‘lgan ehtiyoj 1,5-2 litrdan oshmaydi. Ammo havoning harorati yuqori bo‘lgan hududlar, ayniqsa cho‘l va tropik o‘rmon sharoitlarida suvga bo‘lgan ehtiyoj keskin ortib, sutkasiga 4-6 litr, ba’zan undan ham ko‘proqni tashkil etadi. Majburiy yolg‘izlik holatida havoning yuqori harorati va quyosh radiatsiyasi organizmning tez suvsizlanishiga olib keladigan hududlarda o‘zini suv bilan ta’minlash birinchi darajali muammoga aylanadi. Bunda suv manbalarini shartli ravishda bir qancha guruhlarga bo‘lishimiz mumkin: ochiq suv manbalari (daryo, ko‘l,irmoqlar), yer tagidagi yopiq suv manbalari (buloq, yerosti suvlari), biologik suv manbalari (suvli o‘simliklar, bambuk, kaktus, lianalar), atmosfera suv manbalari (qor, yomg‘ir, muz va hk.). Arktik sharoitlarda yil mavsumlariga ko‘ra suv manbasi sifatida qor, muz, muz ustida yig‘ilgan suvlar, yozgi tundra sharoitida ko‘l, irmoq, botqoqliklar, tayga sharoitida daryo, ko‘l, botqoqliklar xizmat qilishi va insonga ichish, ovqat 52 tayyorlash va xo‘jalik maqsadlarida zarur bo‘lgan suv miqdori bilan ta’minlashi mumkin. Cho‘l sharoitida suv bilan ta’minlash muammosi o‘ziga xos qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi. Chunki bunday sharoitda suv havzalari juda kam uchraydi hamda relyef va o‘simliklarning belgilari kabi zaruriy maxsus bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lmasdan ularni topish juda katta muammo hisoblanadi. Tropik o‘rmon sharoitida suv bilan ta’minlash nafaqat suv havzalari balki bambuk, liana, palma, baobab kabi suvni o‘zida ko‘p saqlaydigan daraxtlar va o‘simliklar kabi biologik manbalar tomonidan ham amalga oshirilishi mumkin. Tog‘ sharoitida esa daryo, irmoq, buloq, qor qatlamidan foydalanish mumkin. Tog‘ va o‘rmon sharoitida buloq, irmoq, daryo suvlarini ichish mumkin. Ammo bir joyda turib qolgan suv havzasidagi suvni ichishdan oldin uni yaxshilab tozalash va zararsizlantirish kerak. Buning uchun bir necha qavatli bintdan filtr yasash yoki bo‘sh konserva bankasining tagidan bir nechta teshiklar qilib bankaning tagiga ozroq qum solish mumkin. Yana suv havzasi qirg‘og‘idan 1-1,5 metr uzoqlikda chuqurcha qazilsa u ozroq vaqtdan keyin toza, tiniq suv bilan to‘ladi. Biroq bir joyda turib qolgan suv havzalaridan olinadigan suvni oddiy tozalash yetarli emas, chunki bunday suvda inson sog‘ligi uchun zararli bo‘lgan oshqozon-ichak kasalliklari, virusli gepatit kabi kasalliklar qo‘zg‘atuvchilari bo‘lib ularni zararsizlantirish kerak. Suvni zararsizlantirish uchun margansovkadan foydalanish mumkin, ya’ni bunda suv margansovka kukuni yordamida oqish pushtirangga kiritiladi. Keyin suv bir soat mobaynida tinitish uchun qo‘yib qo‘yiladi va iste’mol qilinadi. Ba’zan shu maqsadlarda 5 %li yod eritmasidan ham foydalaniladi, ya’ni bir litr suvga 2-3 tomchi yod eritmasi qo‘shiladi. Agarda qo‘l ostida kimyoviy vositalar bo‘lmasa, unda eman, iva kabi daraxt tanasi po‘stlog‘i kabi qo‘lbola vositalardan foydalaniladi. Bunda bir chelak suvga 100-150 gr po‘stloq solinib 30-40 minut mobaynida qaynatiladi hamda 6-7 soat mobaynida tinitish uchun quyib quyiladi. Suvni tozalash maqsadida mingtomir, fialka kabi o‘tlardan foydalanish ham 53 mumkin. Ammo suvni zararsizlantirishning eng oddiy va sinalgan usuli - bu qaynatishdir. Majburiy yolg‘izlik holatida agarda suv havzalari bir-biridan ancha uzoq masofada joylashgan bo‘lsa, suv zaxiralarini tayyorlash mumkin. Agar suv havzalari o‘rtasidagi masofa yaqin bo‘lsa uni o‘sha joyda olish, tozalash, zararsizlantirish hamda iste’mol qilish kerak. Ijtimoiy ko‘rinishdagi favqulodda vaziyatlar ko‘pincha inson jismoniy va ruhiy yolg‘izlanib qolganda yuzaga keladi. Bunda insonning hayotiga, mol-mulkiga, mavqeyiga zarar yetkazishga intilish kuzatiladi. Download 275.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling