Hayot faoliyati
Majburiy yolg‘izlik holatida oziq-ovqat topish va ularni tayyorlash
Download 275.31 Kb.
|
Hayot faoliyati
Majburiy yolg‘izlik holatida oziq-ovqat topish va ularni tayyorlash
Majburiy yolg‘izlik holatida eng asosiy muammoli vazifalardan biri o‘zini oziq-ovqat bilan ta’minlashdir. Bunda albatta birinchi navbatda qo‘l ostida bo‘lgan va o‘zini o‘rab turgan muhitdagi mavjud narsa, ashyo va jismlardan foydalaniladi. Oziq-ovqat sifatida daraxt va o‘simliklar barglari, novdalarini ular gullamasidan oldin yig‘ish va iste’mol qilish mumkin. Ular yumshoqroq, to‘yimliroq, oson hazm bo‘ladi. Gullagandan keyin o‘simliklarning yer ustidagi qismi qo‘pollashadi hamda o‘zining oziqa moddasi sifatidagi qimmatini yo‘qotadi. Oziq modda sifatida ayniqsa yangi barglar, novdalar katta qiymatga ega. Daraxt va butalar soyasidagi o‘simliklar va novdalar iste’mol qilish uchun yumshoqroq va qimmatliroq hisoblanadi.Qari daraxt va o‘simliklarning yangi novdalari va barglari iste’molga yaroqli hisoblanadi. Tayyorlangan yashil massani oqayotgan suvda yuvib, xom holatida iste’mol qilish mumkin. Iste’mol uchun qazib olingan ildizlar, o‘simlik piyozlari, yovvoyi mevalarni tuproqdan tozalab yuviladi, chirigan yaroqsiz joylari olib tashlanib so‘ngra oziq modda sifatida foydalanish mumkin. Majburiy yolg‘izlik holatida yovvoyi hayvonlarni tutish, iste’molga yaroqli ildiz yoki o‘simliklarni izlab topish ularni keyinchalik qayta tayyorlashga nisbatan osonroq bo‘lishi mumkin. Chunki bunday holatdagi kishida oddiy idishlar ham yo‘q bo‘lib, bir sutkada bir marta issiq ovqat tayyorlash ham katta muammoga aylanadi. Ammo kulinariyaning hech qanday idish va tovalarni talab qilmaydigan usullarini o‘zlashtirsak bu muammoni ham oson hal qilish mumkin. O‘simliklarning ildiz va novdalari, baliq va mayda yovvoyi hayvonlarni idishtovoqsiz, cho‘g‘ning o‘zida ularni loy yoki o‘simlik barglaridan tayyorlangan qobiqqa o‘rab pishirish mumkin. Kichkina yovvoyi hayvonlar, qushlarni terisini shilmasdan va patlardan tozalamasdan sixda tayyorlash mumkin. Six sifatida daraxt novdalari olinadi. Tayyorlab bo‘lgandan keyin kuygan teri va patlar hamda ichki a’zolar olib tashlanadi. Shuningdek, ovqatni olov tagida tayyorlash usuli ham qulay hisoblanib bunda yerda 51 chuqurligi 30-40 sm chuqurcha kovlanib unga barg va o‘to‘ lanlar to‘shaladi. So‘ngra go‘sht yoki tayyorlanayotgan boshqa narsalar chuqur tagiga qo‘yilib 1,5-2 sm qalinlikdagi tuproq bilan ko‘miladi va tepasida olov yoqiladi. 30-40 minutdan keyin ovqat tayyor bo‘ladi. Shuningdek, go‘shtni oldin barg, o‘to‘ lanlar so‘ngra loyga o‘rab qizigan toshlarda pishirsa ham bo‘ladi. Ovqatning tayyorligini uning ta’mi va hidiga qarab bilsa bo‘ladi. Ammo inson ovqatsiz ham uzoq muddat yashashi mumkin. Agarda inson yaxshi jismoniy va ruhiy tayyorgarlikka ega bo‘lsa 10-12 kungacha ovqat iste’mol qilmay ham yashashi mumkin. Inson o‘z organizmining ichki resurslariga tayanib 30 sutkagacha chidashi mumkin. 55-60 sutka inson organizmi imkoniyatlarining chegarasi hisoblanadi. Download 275.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling