Hayot faoliyati
Majburiy yolg‘izlik holatida signal berish vositalari va signal
Download 275.31 Kb.
|
Hayot faoliyati
Majburiy yolg‘izlik holatida signal berish vositalari va signal
berish tartibi Favqulodda holatlarda qiyin vaziyatda qolgan odamlarni izlab topishda qidiruv ishlarining juda katta hududda olib borilishi qiyinchilik tug‘diradi. Agar qidiruv ishlari qiyin obhavo sharoitlarida tog‘, o‘rmon sharoitida olib borilayotgan bo‘lsa ularni yuqoridan ko‘rish yanada qiyinroq hisoblanadi. Shuning uchun ham qidirilayotgan kishilar qidiruv ishlarida qatnashayotgan transport vositalarini ko‘rganlarida yoki ovozini eshitganlarida qo‘l ostida bo‘lgan har qanday ashyo va jihozlardan foydalangan holda o‘zlarining turgan joylarini ko‘rsatuvchi signallarni berishlari zarur. Bunda maxsus signal vositalaridan foydalaniladi. Birinchi navbatda bunday vositalarga PSND patroni kirib, uning «kunduzgi» tomoni 30 sekund davomida yorqin sarg‘ish rangda yonib turuvchi aralashma bilan to‘ldirilgan. PSND patronining «Tungi» tomoni ochiq pushti rangda yonib belgi beradi. PSND patronini qo‘llash uchun uni chap qo‘lga olib, o‘ng qo‘l bilan saqlovchi qalpoqcha buraladi hamda chuqurchadan zapal shnuri olinadi. So‘ngra shamolga qarama-qarshi turib, 48 patronni xiyol bukilgan qo‘lda ushlab o‘ng qo‘l bilan shnur keskin harakat bilan yuqoriga tortiladi. Ochiq joyda signal ancha uzoq masofadan ko‘zga tashlanadi. Ayniqsa tunda signalni 10-12 km masofadan ko‘rish mumkin. O‘rmon yoki daraxtzor sharoitida oldin daraxt kam yoki siyrak o‘sgan joylarni, o‘rmon chetini, tepaliklarni, suv havzasi qirg‘oqlarini topib, shundan so‘ng patronni qo‘llash kerak. Bo‘lmasa tutun daraxtlar orasida qolib ketishi va yaxshi ko‘rinmasligi mumkin. Bundan tashqari signal berish uchun signal raketalaridan keng foydalaniladi. Signal raketasidan qanday foydalanish tartibini uning o‘ramidagi yo‘riqnomadan bilish mumkin. Shuningdek, signal berishda signal oynalaridan samarali foydalanish mumkin. Insonga xos qotib qolgan fikrga ko‘ra oyna radio, pirotexnika va elektronika vositalari bilan tenglasha olmaydi. Ammo bu fikrni to‘g‘ri, deb bo‘lmaydi. Ayniqsa cho‘l sharoitida va suvda oynadan signal berishda samarali foydalanish mumkin. Agar qo‘l ostida maxsus signal vositalari bo‘lmasa, unda ajdodlarimiz qadimdan keng foydalanib kelgan qo‘lbola usul, olovdan foydalanishimiz mumkin. Hozirgi kunda ham olov signal berishning samarali vositasi sifatida qo‘llaniladi. Signalni o‘z vaqtida, ya’ni transport vositalari ko‘rinishi bilan berish uchun olov uchun yoqilg‘i va joy oldindan tayyorlanib quyilgan bo‘lishi zarur. Olov uchun ochiq joy, tepalik, suv havzasi qirg‘og‘i tanlanishi kerak. Agarda shunday joy tanlanmasa tutun daraxtlar orasida qolib ketishi va ko‘zga tashlanmasligi mumkin. Tutun qalin va qoraroq bo‘lishi uchun olov yonganidan so‘ng unga yashil o‘tlar, o‘simlik va daraxt barglar, hamda boshqa jismlarni tashlash mumkin. Cho‘l sharoitida yoqilg‘i ashyolari topilmasligi mumkin. Bunda olov o‘rniga yonilg‘i quyilgan qum bilan to‘ldirilgan bankalardan samarali foydalanish mumkin. Signal uchun olov qidiruv ishlarida ishtirok etayotgan transport vositasi ko‘ringanida, uning ovozi eshitilganida yoki uning bilan radioaloqa o‘rnatilganda yoqiladi. Qish vaqtida olovni qo‘lbola vositalar bilan qor va yomg‘irdan to‘sish zarur. 49 Agarda boshqa imkoniyati bo‘lmasa havo transporti ekipaji a’zolarining diqqatini joyni qayta niqoblash yo‘li bilan o‘zi turgan joyga jalb etish mumkin. Masalan, qorda geometrik figuralarni tepkilab chizish, butazorlarni kesish, suv havzalari qirg‘oqlarida va ochiq joylarda «SoS» signalini juda katta o‘lchamdagi harflar bilan yozish va hk. Zilzilada inshoot va binolar qulaganida ba’zan inson majburiy yolg‘izlik holatida qolishi mumkin. Bunday vaziyatlarda kishilar birinchi navbatda ruhini tushirmasligi zarur. Atrof qorong‘i bo‘lsa ham gugurt va boshqa yondiruvchi moslamalardan foydalanmang, chunki tabiiy gaz tarqalishi xavfi mavjud. Agar shikastlanmagan bo‘lsangiz ham ortiqcha harakatlar qilishdan saqlaning, chunki tezda ko‘p kuch yo‘qotasiz. Imkoni bo‘lsa metall jismlarga biror bir narsa bilan urib tepadagilarga signal berishga harakat qiling. Inson suvsiz va ovqatsiz ham ancha muddat yashashi mumkinligini unutmang. Qutqaruvchilar sizni izlayotgani va albatta yordamga kelishlarini doimo yodda tuting. Lift eshiklari ishlamay qolganida birinchi navbatda eng yaqin qavat tugmasini bosish, agarda lift ishlamasa lift navbatchisini chaqirish tugmasini bosish zarur. Agarda bu ko‘rilgan choralar yordam bermasa, unda uyali aloqa vositasi orqali yordam so‘rash kerak. Uyali aloqa vositasi bo‘lmagan holatda baland ovoz hamda lift eshiklariga qo‘l yoki biror bir jism bilan urib atrofdagi kishilarning e’tiborini jalb etish zarur. Majburiy yolg‘izlik holatida mavjud har qanday ashyo, vosita va imkoniyatlardan to‘g‘ri, tejamkorona va oqilona foydalanish yashab qolish imkoniyatlarini oshiradi. Bunda mavjud har bir ashyo, narsa yoki vositaning to‘g‘ridan to‘g‘ri vazifasidan tashqari ikkilamchi vazifalari bo‘lishini ham e’tiborga olishimiz shart. Masalan: oyna signal berish, klenka suvni yig‘ish yoki yog‘ingarchiliklardan himoyalanish, spirtli ichimliklar jarohatni tozalash, qo‘l soati kompas vositasi sifatida qo‘llanishi mumkin. Eng asosiysi biz sarosimaga tushmasdan, ruhiy bosiqlik bilan mavjud vaziyatdan chiqish yo‘llarini izlashimiz kerak. 50
Download 275.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling