Hayot faoliyati
Download 275.31 Kb.
|
Hayot faoliyati
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tezkor yordam ko‘rsatish.
Ikkilamchi cho‘kish. Jarblanuvchining sovuq suvda cho‘kishi
yoki tushib qolishi yurak to‘xtab qolish holati (sovuq shok) ikkilamchi cho‘kish darajasini anglatadi. Buning asosida nafas olish bo‘g‘iziga yoki quloqning nog‘ora pardasiga zarar yetkazuvchi reflektorli reaksiya mavjud. Ikkilamchi cho‘kish uchun periferik tomirlarning tortilishi xos. O‘pka shishishi kuzatilmaydi.
tezlik bilan suvdan chiqarib olish lozim. Agar jabrlanuvchi behush bo‘lsa, suvning o‘zidayoq og‘izdan burunga sun’iy nafas usulini qo‘llash kerak, biroq buni faqat maxsus tayyorgarlik ko‘rgan kuchli qutqaruvchilargina amalga oshira olishadi. Sun’iy nafas berish quyidagi tarzda o‘tkaziladi: jabrlanuvchining orqa yonboshida turgan holda o‘zingizning o‘ng qo‘lingizni uning o‘ng qo‘li ostiga o‘tkazasiz. O‘ng kaftingiz bilan jabrlanuvchini og‘zini yopib, shu bilan bir vaqtda uning engagini yuqoriga va oldinga cho‘zishga harakat qilasiz. Cho‘kuvchi suvdan qirg‘oqqa yoki qayiqqa chiqarilib olingach, sun’iy nafas oldirish davom ettiriladi, buning uchun iloji bo‘lsa havo yuborish moslamasidan foydalaniladi. Agar uyqu arteriyasida puls bo‘lmasa va yurak urishi eshitilmayotgan bo‘lsa, yurakni to‘g‘ridan to‘g‘ri massaj qilib bo‘lmaydi. O‘pkadagi hamma suvni chiqarib tashlashga ham harakat qilish kerak emas. Haqiqiy cho‘kkanlar tezda qorni bilan yotqiziladi va ko‘krak qafasi ustining yon yuzasiga keskin bosiladi (10-15 soniya), shundan keyin u orqa tomoni bilan yotqiziladi. Og‘iz bo‘shlig‘i har qanday mato o‘ralgan barmoq bilan tozalaniladi. Agar bemor jag‘larini qattiq qisib olgan bo‘lsa, barmoqlar pastki jag‘ining burchagiga bosiladi. Og‘iz bo‘shlig‘ini elektr yoki oyoq yordamida ishlatiladigan so‘rg‘ich bilan tozalash mumkin, biroq o‘pka shishganligi alomatlari bo‘lgan taqdirda og‘izdagi ko‘pikni so‘rib olish kerak emas. Qutqaruvchi jabrlanuvchining yonboshida bo‘lishi kerak va shu holatda bir qo‘li bilan boshini ushlab kafti bilan peshonasini, boshqa qo‘li bilan yengagini bosib og‘zini oson ochadi. Bunda pastki jag‘ni oldinga chiqarish kerak emas. Qutqaruvchi chuqur nafas olganicha bemorning og‘ziga lablarini 89 jipslaydi va keskin nafas chiqaradi. Bu bilan bir vaqtda bemor peshonasiga qo‘yilgan qo‘lining bosh va ko‘rsatkich barmoqlari bilan uning burni siqiladi, shunda yuborilgan havo burun orqali chiqib ketmaydi. Agar jabrlanuvchining og‘zini ochishning iloji bo‘lmasa yoki og‘iz narsalar bilan band bo‘lsa, jabrlanuvchi og‘zini kaft bilan yopib turib, burni orqali havo yo‘llasa ham bo‘ladi. Sun’iy nafas o‘tkazish chastotasi bir daqiqada 12-16 marta nafas yo‘llashdan iborat bo‘lishi kerak. Ba’zan cho‘kuvchilarning nafas yo‘llarida yirik yot jismlar turib qolib, berkitib qo‘yadi, oqibatda nafas yo‘li berkilib qoladi yoki tovush teshiklarida qattiq taranglashish boshlanadi. Bunday holatda nafas o‘tadigan tomoqni kesish kerak bo‘ladi. Bemor qutqaruv stansiyasiga yetkazilganidan keyin ham, hatto u o‘zi nafas ola boshlagan, biroq shishganligi alomatlari bo‘lgan taqdirda jabrlanuvchiga nisbatan jonlantirish choralari (asosan, sun’iy nafas oldirish) davom ettiriladi. Agar jabrlanuvchining nafas olish ritmida buzilish mavjud bo‘lsa (ya’ni nafas olish tezligi bir daqiqada 40 martadan ko‘p bo‘lib, terisi keskin ko‘karib ketgan bo‘lsa) sun’iy nafas oldirish davom ettiriladi. Agar nafas olish bir maromga tushib qolgan bo‘lsa, bemorga nashatir spitri hidlatish kerak. Jabrlanuvchi behuzur bo‘la boshlasa, terisini ishqalash, issiq, quruq odeyalga o‘rab qo‘yish kerak. Hushdan ketish boshlanganda yoki hushi joyida bo‘lmasa gryelka qo‘yish mumkin emas. Nafas olish buzilgan va o‘pka shishgan bo‘lsa, traxeya teshiladi (intubatsiya qilinadi) va bemorning o‘kpasi sun’iy ventelyatsiya qilish aparatiga ulanadi. O‘pkani sun’iy ventelyatsiya qilishni muddatidan oldin to‘xtatish xavfli. Hatto mustaqil nafas olish harakatlari paydo bo‘lishi ham, ayniqsa, o‘pkada shish bo‘lgan taqdirda normal nafas olish tiklanganligini bildirmaydi. Chuchuk suvga cho‘kkan bemorlarning agar terisi ko‘karib, bo‘ynidagi vena tomirlari shishib ketgan bo‘lsa, kasalxona sharoitida qonni chiqarib yuborish tadbiri amalga oshiriladi. Eritrotsitlar nobud bo‘lishi namoyon bo‘lganda venaga plazma 90 yuboriladi. Shishishni kamayritish uchun laziksga o‘xshagan siydik haydovchi vositalar qo‘llaniladi. Organizmda oqsil darajasi kamayib ketganda albumin konsentratsiyasi quyiladi. Arterial gipertenziya holatida o‘pka shishishi kuchaysa tomirga benzageksoniy shuningdek, ko‘p miqdorda gormonlar (gidrokortizon yoki prednizolon) qo‘llaniladi. Og‘ir turdagi cho‘kish holatlarida jabrlanuvchini jonlashtirish (reanimatsiya) bo‘limiga olib borish kerak. Bemorni eltish vaqtida ham o‘pkani sun’iy ventilyatsiya qilish ham davom ettiriladi, bemorni zambilga olish vaqtida uni yonboshlatib, boshini osiltirib qo‘yish kerak. Gidrometeorologik favqulodda vaziyatlar ko‘rinishiga qor ko‘chkilarini kiritish mumkin. Qor ko‘chkisi qor ulkan masasasining harakatga kelishi, o‘pirilishi yoki surilishi bo‘lib, u qiyalik tomon juda katta tezlik bilan harakatlana boshlaydi va yo‘lida mavjud bino va inshootlarni zararlaydi, odamlarni nobud qilishga ham olib kelishi mumkin. Qor ko‘chkilari ulkan qor massasining bir joyda to‘planib qolishi (qorli kunlarning ko‘p bo‘lishi) natijasida biron bir tashqi ta’sir (qorning ko‘p yog‘ishi natjasida o‘z massasini ushlab turolmay qolishi, zilzila, kunlarning keskin isib eruvchanlik ortishi, qor qoplami qatlamining buzilishi va b.) natijasida yuz beradi. Masalan, yurtimizda 1999-yilning 21-noyabr kuni Toshkent-O‘sh avtomobil yo‘lining «Qamchiq» dovonida 8 marta qor ko‘chishi yuz berib, 34 ta turli rusumdagi avtomashinlar qor uyumlari ostida qoldi, 29 odam nobud bo‘ldi. 1200 dan ortiq odam va 400 avtomobil qutqarib qolindi. Qor ko‘chishi xavfini oldindan sezsangiz imkon darajada uning yo‘lidan zudlik bilan chiqib ketishga harakat qiling. Buning uchun Siz harakatingizni gorizontal ko‘rinishda tashkil eting. Tepalik tomon chiqing. Qor ko‘chkisi yaqinlashib, uning yo‘lidan chiqib ketish imkoniyati bo‘lmasa, vahimaga va qurquvga berilmay, qor yuzasida qolishga harakat qiling. Tizzalaringizni qoringa tortib, kafilaringiz bilan yuzingizni qor massasidan muhofaza qiling. Bu og‘iz va burunlarni qor bilan to‘lib qolmasligiga va yuzingiz oldida havo bo‘shlig‘i bo‘lishga olib keladi. Ko‘chki to‘xtagandan so‘ng yuzingiz va ko‘kragingiz 91 oldini kengaytirishga urining. So‘ngra yuqori yoki pastki tomon qayerdaligini aniqlang. Buning uchun so‘lagingizni qo‘lingizga olib oqizib ko‘ring. U oqqan tomon past, teskari tomon yuqori bo‘ladi. Shundan so‘ng yuqori tmonga qarab harakat qiling. Bunday paytda ortiqcha hayajonlarga berilmang, uxlab qolmang. Unutmang sizni qidirishmoqda. Ob-havo o‘zgarishi bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarga shamol bilan bog‘liq tabiiy ofatlarni ham qo‘shishi mumkin. Masalan, dovul, to‘fon turlicha nomlanishi bo‘lib, ularning o‘rtasidagi farq tezligiga bog‘liq. Dovul (tayfun) – qattiq bo‘ron bo‘lib, uning chekkalarida shamol tezligi 30 m/sek ni tashkil qiladi. Bunda shamolning shiddati 7-10 ballni tashkil etadi. Dovul shimoliy yarim sharda soat miliga teskari, janubiy yarim sharda esa soat mili yo‘nalishida esadi. Uning tezligi 120 km/soatdan iborat bo‘lib, u 9-12 sutkagacha davom etishi mumkin. Dovulni mutaxassislar zilzila kabi juda katta halokatlar olib keluvchi ofat, deb hisoblaydilar. Chunki, u binolarni vayronaga aylantirib, ekinlarni payhon qiladi, daraxtlarni ildizi bilan sug‘urib tashlaydi, yengil inshootlarni buzib yuboradi. U odamni bemalol havoga ko‘tarishi mumkin. Dovul xavfi bo‘lganda aholi oldindan ogohlantiriladi. «DIQQAT, BARCHAGA» signali berilgandan so‘ng televizor va radiolarni qo‘yish va u orqali berilayotgan muhofaza tadbirlariga qat’iy amal qilish lozim. Dovul yoki to‘fon davrida ko‘chada bo‘lgan kishi, imkon boricha bino va inshootlardan uzoqroq bo‘lishi va ariq ichiga yotib olishi kerak. Anar yaqin atrofda pana joy bo‘lsa (yerto‘la) o‘sha yerga zudlik bilan kirish tavsiya etiladi. Bu paytda uy ichida bo‘sangiz, oyna va eshiklar oldidan imkon darajasida uzoqlashing, ichki devorlar, kordiorlarga o‘zingizni oling,o‘tiring, o‘zingizni nima bilandir (ko‘rpa, ko‘rpacha, gilam) to‘sing, imkon bo‘lsa shkaf ichiga kirib oling. Ko‘priklar, gaz quvurlari, quvurlar yoki elektr simlari o‘tgan joylardan imkon darajasida uzoqlashish zarur. Shamol to‘xtashi bilan darhol ko‘chaga chiqish tavsiya etilmaydi. Chunki shamol ham qaytarilishi mumkin. U to‘xta92 ganiga ishonch hosil qilingandagina atrofga diqqat bilan qarab, osilib qolgan bino qismlari, simlar hamda boshqa buyumlarni xavfsiz ekanligini bilgan holdagina chiqish mumkin. Gidrometerologik xavfli hodisalardan biri, bu uzoq muddatli yog‘ingarchilik yuz berishi bilan bog‘liq bo‘lgan vaziyatlardir. Masalan, tinimsiz yomg‘irning yog‘ib turishi suv toshqini, sel, yer ko‘chkilari, yoki qorning yog‘ishi qorning qalinlashib piyodalar yoki transport vositalarining yurishiga xalaqit qilishi, yo‘l halokatlarining ortishi, qor ko‘chkilari yuz berishi, elektr simlarining uzilishi, daraxtlar qulab yo‘llarni to‘sib qo‘yishi kabi xavflarni keltirib chiqaradi. Bunday paytlarda maktab yoki ta’lim muassasalariga borish belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Kuchli yomg‘ir yoki qor bo‘lsa u holda mahalliy hokimiyat rahbarligida tegishli tadbirlar beliglanadi. Bunday paytda eng yaxshi usul uyni tark etmaslik.
Download 275.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling