Hayot faoliyati
Yong‘inga qarshi kurashda
Download 275,31 Kb.
|
Hayot faoliyati
Yong‘inga qarshi kurashda quyidagi qoidalarni bajarish
lozim. Olovni o‘z vaqtida o‘chirish, ya’ni zudlik bilan unga qarshi borish va uning manbasini yo‘q qilish juda katta talofatlarning oldini olishi mumkin. Bu esa kishidan 17 chaqqonlik, dovyuraklik, tezda fikrlay olish, vaziyatni baholay bilish hamda xulosa qilishni talab etadi. Xullas: - alangani o‘chirishning iloji bo‘lsa, uni o‘chirgan yaxshi. Imkon bo‘lmasa, bunda uning tarqalish maydonini kamaytirishga va olovni yonuvchi materialar yo‘q joyga «haydash» ga harakat qilish kerak; - imkoniyat bo‘lsa yo‘laklarda, tomda, yerto‘lada harakat qilganda arqonlardan foydalanish lozim, shunda siz orqaga qaytish yo‘lini osongina topa olasiz, chunki tutun, gaz hidi sizni adashtirishi, ko‘rish qobiliyatingizni susaytirishi mumkin; -o‘tni o‘chirib bo‘lmasa, sekin-asta chekinish, biroq o‘tni nazorat ostida ushlab turish kerak; -yonish manbayi yo‘q qilingach, boshqa joylarni tekshirib chiqish kerak bo‘ladi; - binolarni qulab tushishi ehtimolligini ham unutmaslik kerak; -yonayotgan binodan chiqib ketishni imkoniyati bo‘lmasa, polga yotib olish va nafas olish organlarini nam sochiq bilan berkitish kerak, u yerda tutun kam va kislorod ko‘proq bo‘ladi (burchaklarda), tutun va zaharli gaz olovdan ham xavfliroqdir; -eng muhimi vahimaga tushmaslik lozim, o‘ylab qilingan harakat hayotingizni saqlab qolish uchun ko‘proq imkoniyat yaratadi. Download 275,31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling