Hayot faoliyati
Download 275.31 Kb.
|
Hayot faoliyati
- Bu sahifa navigatsiya:
- II MAVZU. YONG‘IN VA UNING ZARARLOVCHI OMILLARI. YONG‘INDA HARAKATLANISH TARTIBI
- Yong‘inning oqibatlari
Nazorat savollari
1. «Hayot faoliyati xavfsizligi» fanining o‘qitilishi zaruriyatini so‘zlab bering. 2. Favqulodda vaziyatlar vazirligi vazifalarini gapirib bering. 3. O‘zbekistonda qaysi hokimiyat organi rahbari fuqaro muhofazasi boshlig‘i hisoblanadi? 4. Siz yashayotgan tuman yoki shaharda, ilm olayotgan ta’- lim muassasasida kim fuqaro muhofazasi boshlig‘i hisoblanadi? 5. Siz o‘qiyotgan ta’lim muassasasidagi fuqaro muhofazasi tuzilmalarining vazifalari haqida bilasizmi? 12
Tarixiy manbalarda yong‘inlar katta-katta shaharlarni kulxonaga aylantirgani, ko‘plab odamlarning nobud bo‘lishiga olib kelgani haqida ma’lumotlar uchraydi. Jumladan, eramizning 64-yili Rim shahrida yuz bergan yong‘in natijasida Rimning 14 ta rayonidan 10 tasi yonib kul bo‘lgan, dunyoning yetti ajoyib mo‘jizasidan biri hisoblangan Efosdagi Artemida ibodatxonasi, 391-yilda Aleksandriya shahridagi mashhur kutubxona yong‘in oqibatida kulxonaga aylangan. Insonlar hayotiga tashvish keltirgan bunday tarixiy dalillarni ko‘plab keltirish mumkin. Shu sababdan Ota-bobolarimiz «Olov – bu tilsiz yov», deb bekorga aytishmagan. Biroq, olovsiz hayotimizni tasavvur qilishimiz qiyin. Kundalik turmushimizda, hayotiy faoliyatimizda u biz uchun eng kerakli omil. Demak, olov bizning yashab qolishimiz va hayotimizning go‘zallashib borishi uchun asosiy omillardan biri. Faqat undan to‘g‘ri foydalanishlari zarur. Holbuki, yuqorida keltirilgan yong‘inlarning yuz berishida inson omili asosiy o‘rinda turadi. Shu narsani aytib o‘tmoq joizki, xo‘jalikning qaysi tarmog‘ ini olib qaramang, shu sohada yong‘in xavfsizligini ta’minlash, ular yuz berganda bartaraf etish uchun alohida yondashish lozim hisoblanadi. Shu nuqtayi nazardan olib qaraydigan bo‘lsak, uning oldini olish va unga qarshi kurashning o‘zi bir fan va o‘ziga xos yondashuvni talab etadigan soha hisoblanadi. Ma’lumki, inson olovning o‘zi uchun qanchalik foydali ekanligini anglab etgan kundanoq, uni aziz tutishga harakat qildi. Olov inson hayotiga kirib kelishi bilanoq uning turmush tarzida kuchli o‘zgarishlar yuz berdi. Odamzot olovda pishirilgan taom shirin bo‘lishini bilgani zahoti u turli yuqumli kasalliklarga qarshi kurasha oldi. U inson umrini uzayishida, yovvoyi hayvonlar hujumidan himoyalanishgda, sovuqdan 13 saqlanish uchun eng yaxshi muhofaza omili bo‘ldi. Boshqacharoq aytganda, biz bugun kundalik hayotimizda foydalanayotgan barcha issiqlik manbayi, yoritgichlar va boshqalar vazifasini olov bajardi. Shu sabab, ajdodlarimiz olovni ulug‘ tutib, uni pok saqlashga harakat qilganlar. Shunday ekan, olov nima?
bo‘ladigan hodisa. U inson hayoti uchun zarur, odam tomonidan nazorat qilib bo‘ladigan, unga naf keltiradigan jarayon. U nazoratdan chiqib ketsagina yong‘inga aylanishi mumkin. Yong‘in – bu nazoratsiz yonish jarayoni bo‘lib, insonlar hayotiga zomin bo‘lishi, ularning sog‘ligiga zarar yetkazishi, moddiy va madaniy boyliklarni qisqa vaqtlarda yo‘q qilishi, bino va konstruksiyalarga shikast yetkazuvchi ofat, favqulodda vaziyatdir. Yong‘inning kelib chiqishi uchun uch omilning bir vaqtning o‘zida bir joyda bo‘lishining o‘zi kifoya. Ya’ni: - yonuvchan modda (neft, aseton, qog‘oz, yog‘och va b.); - havo (kislorod); - yonish manbayi (gugurt, uchqun, elektr simining qisqa tutashuvi). Yong‘in va portlashlarga yong‘in xavfsizligi qoidalariga amal qilmaslik, fuqarolarning loqaydligi va e’tiborsizligi, elektr asbobuskunalar va simlarining nosozligi, gaz, ko‘mir va o‘tin bilan isitiladigan vositalardan noto‘g‘ri foydalanish, yonuvchan moddalarning qarovsiz saqlanishi, elektr simlarining qisqa tutashuvi, bolalarning olov bilan o‘ynashlari, qasddan yoqib yuborishlar, o‘z- o‘zidan yonib ketish sabab bo‘lishi mumkin. Ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan yong‘inlar iqtisodiyotga eng ko‘p zarar keltiradigan, insonlar hayoti uchun katta xavf tug‘diradigan favqulodda vaziyatlar hisoblanadi. Chunki, ishlab chiqarish yong‘inlari portlash kabi noxush hodisalarga ham olib kelishi mumkin. Ayrim hollarda yong‘in kelib chiqishining sabablari olov bilan ishlatiladigan ishlab chiqarish uskunalaridan hosil bo‘- ladigan alanga, nur issiqligi, isitish asboblari, elektr va gaz chilangar apparatlari ham bo‘lishi mumkin. 14
Download 275.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling