Dekompressiya vaqtida qanday harakat qilish kerak?
Bunday paytda ko‘rsatmani kutmasdan, zudlik bilan kislorodli
niqobni kiyib oling. Niqobni kiymasdan turib, boshqalarga, u
hattoki, farzandingiz bo‘lsa ham, yordam ko‘rsatishga
shoshilmang. Niqobni kiygan zahoti xavfsizlik kamarini taqib,
keskin pasayishga tayyorlaning.
Samolyotda yong‘in sodir bo‘lganda qanday harakat qilish
kerak? Yong‘in sodir bo‘lganda samolyot bortida olov emas,
balki tutun ko‘proq xavf tug‘dirishi doimo yodingizda bo‘lsin.
Iloji boricha paxtali yoki junli kiyimning namlangan bo‘laklari
orqali nafas oling. Chiqish joyigacha egilib yoki emaklab
harakat qiling, chunki salonning pastki qismida tutun kamroq
bo‘ladi. Tanangizning ochiq joylarini mavjud kiyim, sharf va h.
k. yordamida olovning bevosita ta’siridan muhofaza qiling.
Samolyot yerga qo‘nib to‘xtagandan keyin portlash xavfi katta
bo‘lgani uchun zudlik bilan yaqinroqdagi chiqish eshigiga
boring. Agar o‘tish yo‘lidan yurishning iloji bo‘lmasa, kreslolarning
suyanchig‘ini tushirib, ular orqali o‘ting. Evakuatsiya
vaqtida buyumlarni tashlang va ochiq olov yoki kuchli tutun
yaqinidagi lyuklar orqali tashqariga chiqishdan voz keching.
Samolyotdan chiqqaningizdan so‘ng iloji boricha undan
uzoqlashing va portlash ehtimoli bo‘lgani uchun boshingizni
qo‘llaringiz bilan berkitgan holda yerga yotib oling.
Har qanday vaziyatda ham vahimaga berilmasdan, dadil
harakat qiling, bu sizning omon qolishingizga yordam beradi.
99
Do'stlaringiz bilan baham: |