Kimyoviy avariyadan keyin qanday harakat qilish lozim?
AKXMdan zaharlanishda barcha jismoniy ishlarni chetga surib
ko‘p miqdorda ichimlik (choy, sut) iching va zudlik bilan
shifokorga murojaat qiling. Binoga kirish uchun faqatgina unda
AKXMning mavjudligi borasida nazorat tekshiruvi o‘tkazilgandan
so‘nggina ruxsat beriladi. Agar siz AKXMning bevosita
ta’siriga tushib qolgan bo‘lsangiz birinchi navbatda dush qabul
qiling. Kiyim-kechaklarni yuving, yuvishning iloji bo‘lmasa
tashlab yuboring. Xonalarni tez-tez nam lattada tozalab turing.
Suv quvurlari (quduqlar)dagi suvdan ichmang, tomorqa ekinlari
va mevalari, shuningdek, kimyoviy avariyadan keyin so‘yilgan
chorva mollari va qushlar go‘shtlarini ularning xavfsiz ekanligi
rasman aniqlanmagunicha iste’mol qilmang.
Do'stlaringiz bilan baham: |