Hayot faoliyati
Download 275.31 Kb.
|
Hayot faoliyati
- Bu sahifa navigatsiya:
- OP-10 rusumli dastakli kukunli yong‘in o‘chirgichlari
O‘t o‘chirgichlardan qanday foydalanish mumkin
Birlamchi o‘t o‘chirish vositalari ichida eng faol bo‘lgan vosita bu yong‘in o‘chirgichlardir. Shuning uchun ham yong‘inlarni boshlang‘ich davrida uni bartaraf etishda yong‘in o‘chirgichlarning ahamiyati katta. Tajribalarda yong‘in o‘chirgichlarni amalda qo‘llash, yong‘in xavfsizligi xizmatida bebaho ahamiyatga egaligi tasdiqlangan. Sanoatning ko‘plab sohalarida yong‘in xavfining ortib borishi, vatanimizda va chet davlatlarda yong‘in o‘chirgichlarning sifatini yaxshilash, sonini yanada ko‘paytirish, hamda yong‘in o‘chirgichlarga xizmat ko‘rsatuvchilarni, ulardan foydalanuvchilarni o‘rgatishni yanada yaxshilash, foydalanish tarmoqlarini kengaytirish masalalarini hal etishni talab etmoqda. 19 Yong‘in o‘chirgichlar yong‘inning boshlang‘ich davrida, ya’ni yong‘in o‘chirish qismlari shaxsiy tarkiblari yong‘in joyiga yetib kelguncha qisqa vaqt ichida o‘chirish qobiliyatiga ega ekanligi tajribada aniqlangan.
Hozirgi vaqtda kimyoviy-ko‘pikli, havo-ko‘pikli, karbonat angidridli, kukunli kabi yong‘in o‘chirgichlar mavjud. Yong‘in o‘chirgichlarning asosiy vazifasi yonish o‘chog‘ini havodan cheklash (ko‘pikli), kislorodni yonmaydigan gazlar bilan aralashtirish (karbonat-angidridli va kukunli), yonish o‘chog‘ i haroratini pasaytirish (suv, ko‘pik), alangadagi kimyoviy reaksiya tezligini to‘xtatish (kukunli)dan iborat. Yong‘in o‘chirgichlardan yanada samaraliroq foydalanish uchun quyidagilarni bilish zarur: 1. Yong‘in o‘chirish vositasini bekorga sarflamaslik uchun o‘t o‘chirgichni yonayotgan joyga yaqin joyda ish holatiga o‘tkazish kerak. 2. Tez harakat qilish kerak, chunki yong‘in o‘chirgich qisqa vaqt davomida ish holatida bo‘ladi (ko‘pincha 60-80 soniya, karbonat – angidridli - 25-45 soniya, kukunli 10-15 soniya). 3. Qattiq modda va predmetlarni ko‘pikli o‘t o‘chirgichlar yordamida o‘chirganda, yong‘in alangasi kuchli bo‘lgan joyga 20 oqimni to‘g‘rilash va asta-sekin alangani yuqoridan pastga tomon o‘chirish lozim. 4. Yonayotgan suyuqlikni chetidan o‘rtasiga tomon, astasekinlikda ko‘pik bilan qoplash orqali o‘chiriladi. Yonayotgan moddalarni kukunli yong‘in o‘chirgichlar yordamida o‘chirganda yonish maydoni yuzasini kukun bilan qoplash lozim. Ko‘pikli o‘t o‘chirgich (OR-5) 1m. maydondagi o‘tni o‘chirish uchun mo‘ljallangan. U sig‘imi qariyb 10 litr o‘t uchirish zaryadi bir silindr shakldagi idishdan iborat. O‘t o‘chirgichni shaylash uchun uning dastasini bosib, ko‘pik oqimini yonish o‘chog‘iga yo‘naltirilgan holda ko‘pik tugaguncha ushlab turish lozim. Karbonat kislotali o‘t o‘chirgich (OU-2) turli yong‘inlarni bartaraf etishga mo‘ljallangan. Uning sirt tarafi po‘latdan yasalgan bo‘lib, ustida buraydigan jo‘mragi bor. U suyuq holdagi ko‘mir (karbonat) kislotasini saqlab turish uchun xizmat qiladi. O‘t o‘chirgichni harakatga keltirish uchun iloji boricha yonish o‘chog‘iga olib boriladi, trubka og‘zi o‘tga qaratiladi. Buragichni soat miliga qarshi yo‘nalishda burash lozim.
Bunda, albatta, alangadan xavfsizroq masofada - taxminan 3 metrda bo‘ling. O‘chirgichni yonib turgan joyga yo‘naltirib, dastagini bosing. Asta harakat bilan o‘t chiqqan maydonni to‘la qoplang. O‘chirgich ichidagi modda bug‘idan nafas olmaslikka harakat qiling. Ichki o‘t o‘chirish jo‘mraklari bino ichidagi yong‘inni o‘chirishga mo‘ljallangan. Uni ishga solish uchun yong‘inga qarshi shkafchani eshigini ochib, yong‘in o‘chirish dastasini jo‘mrakka birlashtirib, buragichni soat miliga qarshi burab, suv oqimi yong‘in o‘chog‘iga yo‘naltiriladi. Bino ichidagi issiqlikdan saqlanish uchun sirtqi kiyimlar va to‘shaklarni namlab boshga yopiladi. Xonadagi achchiq tutundan yer bag‘irlab harakat qilib qutulish mumkin.
Download 275.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling