2-bosqich.
Bolani sovuting.
• Bolaning kiyimini yeching.
• Toza havo kirishini ta’minlang.
• Bola sovuq eb qolmasligini nazorat qiling.
3-bosqich.
Bolaning badanini arting.
• Sochiqni iliq suvda ho‘llab bolaning bosh tomondan
pastga qarab arting.
4-bosqich.
Bolani tiklanish holatida yotqizing.
• Jabrlanuvchini tiklanish holatida, hushiga kelmaguncha
ushlab turing.
5-bosqich.
Tez yordam chaqiring
• Bironta odamni tez yordam chaqirishga jo‘nating yoki
o‘zingiz «103»ga qo‘ng‘iroq qiling.
• Tez yordam yetib kelgunicha jabrlanuvchining hushini,
pulsini va nafas olishi bor-yo‘qligini kuzatib turing.
194
Agar bola hushini yo‘qotsa, nafas yo‘llarini oching, hushining
bor-yo‘qligini tekshiring. Yurak-o‘pka faoliyatini tiklash
ishini (reanimatsiyasini) o‘tkazishga tayyor bo‘lib turing.
Do'stlaringiz bilan baham: |