Yodingizda bo‘lsin:
Jabrlanuvchi o‘z tanasining harakatini nazorat qila olmasligi
yodingizda bo‘lsin! Jabrlanuvchini to‘xtatib qolishga yoki biron
tarzda tutib turishga urinmang. Odatdagidek, birinchi yordam
ko‘rsatishning asosiy tamoyillariga amal qiling! Tortishishda
birinchi yordam ko‘rsatish jarohat olishdan saqlanishga va nafas
olish yo‘llari o‘tkazuvchanligini ta’minlashga qaratilgan bo‘lishi
lozim.
Hushdan ketish
Hushdan ketish – miyaga qon oqimi vaqtincha kamayishi
natijasida qisqa vaqt hushni qisman yoki to‘la yo‘qotish. Hushdan
ketish emotsional ta’sir ostida, masalan, qon ko‘rganda yuz
berishi mumkin. Ba’zan og‘riq tufayli, tibbiy xususiyatga ega sabablar
(masalan, yurak xastaligi), bir joyda uzoq vaqt turib qolish
yoki toliqish natijasida sodir bo‘lishi mumkin. Ayrim odamlar,
masalan qariyalar, homilador ayollar tanasining holati keskin
o‘zgarishi: o‘tirgan holatdan to‘satdan turib yurib, dastlabki
qadamlarni tashlashi yoki yotgan holatdan jadal oyoqqa turishi
natijasida ham hushdan ketishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |