Jabrlanuvchining boshini shikastlanishdan himoya qiling.
• Jabrlanuvchini olov, balandlik va suv bilan bog‘liq
bo‘lgan xavf-xatardan ehtiyot qilishga harakat qiling.
• Jabrlanuvchining boshi tagiga bironta yumshoq narsa,
masalan, taxlangan kiyim qo‘yib, uni shikastlanishdan himoya
qiling.
• Bo‘yinbog‘ini va bo‘yindagi tugmalarini bo‘shating.
3-bosqich.
Jabrlanuvchini tiklanish holatiga keltiring
• Jabrlanuvchining og‘zida so‘lak, qon yoki qusuq massasi
ko‘p bo‘lsa, ular oqib chiqib ketishi uchun jabrlanuvchini
yonboshlatib yotqizing.
• Jabrlanuvchining tishlari orasiga biron narsa qo‘yishga
urinmang, chunki tilni yoki lunjni tishlab olgani bilan qattiq
qon ketmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |